Yuridik psixologiya



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə97/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Tintuvni ikki kishi ishtirokida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki bir odam ko’rmagan narsalarni ikkinchi odam ko’rishi va kamroq hatolarga yo’l qo’yishi e’tibordan xoli emas.
Tintuvga hozirlangan tergovchi jinoyatchining ayyor, mohirligini nazarda tutish lozim. U bir qator psixologik harakterga ega omillarni ishlata oladi. Masalan, tuynuklar va saqlash uchun kerakli bo’lgan sirli joylarni qidirib topish paytida tergovchi jinoyatchining maqsad va harakatlariga tushunib yetishga intiladi. Shaxsning xonadonini tintuv qilish davomida baqirchaqir, haqoratlashlar kabi nizoliy vaziyatlar namoyon bo’ladi. Bu tabiiy hol. Albatta, har qanday odamni shaxsan tintuv qilish va qo’lga olish uning huquq va burchlarini poymol qilish, oila a’zolariga shikast yetkazish bilan teng xatti-harakat deb hisoblanadi. Shuning uchun tergovchi eng avvalo tintuv paytida o’zini bosib olish, og’irvazminlik bilan o’ylab ish tutishi va his-tuyg’ularga berilib ketmasligi kerakdir.
Tergovchining nutqi – uning ichki holati va qidirilayotgan obyektlarga bo’lgan munosabatlarini ko’rsatib berishi mumkin. Shuning uchun berilayotgan savollar aniq bo’lishi lozim. Ayblanuvchining ishonchini oqlash uchun qilmishining noto’g’ri va to’g’riligiga ishontira olish kerak bo’ladi.
Tintuv keng tarqalgan tergov harakatidir. Tergovchi qandaydir joyda, boshqa yerda yoki biror shaxsda jinoyat quroli, predmeti, jinoiy yo’l bilan orttirilgan boyliklar yoki ishga aloqador boshqa predmet va hujjatlar borligiga yetarli asoslari bo’lsa, ularni topish va olish uchun tintuv o’tkazadi. Tintuv shuningdek, qidirilayotgan shaxsni yoki murdani topish uchun ham o’tkazilishi mumkin.
Tintuv obyektning xususiyatlari va qidiruv ishlarining o’ziga xos turlariga ko’ra bir necha turga bo’linadi: turar joylarda va boshqa imoratinshootlarda; ochiq joyda; takroriy; kechiktirib bo’lmaydigan vaziyatlarda prokurorning sanksiyasisiz «shoshilinch» tintuv; bir vaqtli (uni yana «guruhli» deb ham atashadi), ya’ni biror bir jinoiy ish doirasida yagona reja asosida va birdaniga bir necha tintuvlarni o’tkazish, diplomatik vakolatxona binolari va hududida shaxsiy tintuv.
Qidiruv harakatlarining majburiy ko’rinishga ega ekanligi va bu bilan bog’liq tintuv qilinayotgan shaxsning, ba’zan boshqa shaxslarning ham, shaxsiy manfaatlari doirasiga kirilishi tintuvni boshqa tergov harakatlaridan, jumladan, hodisa yuz bergan joyni ko’zdan kechirishdan tubdan farq qiladi.
Hodisa bo’lgan joyni ko’zdan kechirishda, masalan, sayhon yoki o’rmonli joyda ko’milgan murda, jinoyat quroli va boshqa ashyoviy dalillarning qidiruv ishlari o’tkazilishi mumkin. Ammo bunday vaziyatda qidiruv ishlarining fuqarolarni shaxsiy manfaatlariga daxli yo’q.
U yoki bu shaxsning subyektiv huquqlarini cheklash bilan bog’liq holatlarda esa (masalan, bedarak yo’qolgan shaxsning turar joyida jinoyat izlarini qidirish) ular mazmun jihatidan ko’zdan kechirish doirasidan tashqariga chiqadi va ularni amalga oshirish qonun tomonidan tartibga solingan bo’lishi zarur.
Jinoyat-prosessual qonunda tintuvning qonuniyligini ta’minlovchi qoidalar bor. Bu narsa avvalambor tintuvning asosliligini nazarda tutadi. Qonunda ko’rilayotgan jinoiy ish bo’yicha tintuv qilishning «yetarli asoslari» mazmuni ochib berilmagan. Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon ostidagilar va ayblanuvchilarning buyumlari ishga aloqador hujjat yoki predmetlar biror shaxsda ekanligi to’g’risida guvohlik beruvchi boshqa manbalar to’g’risidagi har qanday ma’lumotlar tintuv uchun yetarli asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, tezkorqidiruv faoliyatining materiallari ham shu kabi ma’lumotlar manbalari bo’la oladi.
Tintuv qilish to’g’risidagi fikrni tergovchi uni amalga oshirish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qiladigan qaror shakliga tushiradi.
Qarorda qayerda tintuv o’tkaziladigan bo’lsa uning shaxsi, qidiruv harakatlari chegarasi (turar joy, tomorqa, ish joyi, mehmonxonadagi xonasi va boshqalar); iloji boricha topilishi va olib qo’yilishi lozim bo’lgan buyum va hujjatlar ro’yxati tuziladi va umumiy shaklda tintuv uchun asos bo’lib xizmat qilgan ma’lumotlar ko’rsatib o’tiladi.
Tintuvga prokuror sanksiya bergan bo’lishi shart. Faqat istisno hollarda, ya’ni dalillarni yashirish yoki yo’q qilish xavfi bo’lsa, shuningdek, jinoyat ishini tergov qilishda jiddiy chigalliklarga olib kelishi mumkin bo’lsa, qonun prokurordan sanksiya olmay tintuv o’tkazishga yo’l qo’yadi, ammo o’tkazilgan tintuv haqida prokurorga bir sutka davomida yozma shaklda ma’lumot berilishi lozim.
Yuqoridagi asoslar bo’yicha tintuv o’tkazishga hattoki tungi paytda ham ruxsat beriladi.
O’tkazilayotgan jinoiy ish bo’yicha tintuv o’tkazishning zarurligini sezib va bu haqda qaror qilgandan so’ng, tergovchi mazkur tergov harakatining rejasini tuzishga kirishadi.
Har bir tintuv taktik jihatdan individualdir. Uni tayyorlash va amalga oshirishga har bir jinoiy ishning o’ziga xos xususiyatlari, tintuv qilinayotgan insonning shaxsi, qidirilayotgan buyumlarning xarakteri, tintuv qilinayotgan obyektning xususiyatlari va yana boshqa bir qator omillar ta’sir o’tkazadi. Shu bilan birga, tintuvni amalga oshirishda tergovchiga samarali natijalarga erishish uchun yordam beradigan bir qator tavsiyalarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Shunday qilib, tergovchi tintuv qilishdan avval tintuvni amalga oshirish joyi haqida aniq tasavvur hosil qilishi shart. Tintuv joyi haqidagi ma’lumot qidiruv harakatlarining hajmi haqidagi masalani hal etishga yordam berib, tintuv yeridagi harakatlar ketmaketligini belgilashda hamda kerakli texnik vositalarini tayyorlashda qo’l keladi.
Tintuv yeri haqida ma’lumot olish uchun tergovchi tegishli turarjoy organidan binoning qavatmaqavat sxemasini talab qilishi, tintuv qilinishi yoki qidiruv ishlari mo’ljallanayotgan joy bilan shaxsan tanishishi mumkin.
Jinoyat ishi materiallari va tezkorqidiruv tadbirlari o’tkazish jarayonida to’plangan axborotlar asosida tergovchi tintuv qilinuvchining va uning oila a’zolarining shaxsi, turmush tarzi, faoliyati va kun tartibi haqida tasavvur hosil qila olishi lozim.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin