Yuridik psixologiya


Jinoiy guruh orasida ma’lumot tarqatishning o’ziga xos usullari mavjud



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə94/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Jinoiy guruh orasida ma’lumot tarqatishning o’ziga xos usullari mavjud:
1. To’liq tizim orqali (har bir a’zo bir-birlari bilan aloqa o’rnatadilar va ma’lumot beradilar);
2. Doira shaklidagi tizim yordamida (ma’lumotning yo’nalishi chapdan o’nga, yoki o’ngdan chapga);
3. “Zanjir doiraning bo’linishi” shakli orqali (birinchi shaxs ikkinchi shaxsga ma’lumot beradi, uchinchi shaxs ma’lumotni kim tarqatganligini bilmaydi – ya’ni birinchi shaxs kimligini bilmaydi, shu bois ikkinchi shaxs to’rtinchi odam to’g’risida ham hyech narsa bilmaydi ya’ni uchinchi shaxsdan keyin kimga ma’lumot tushishi nomalum, ?23?);
4. “Doira o’zagi bilan” shakli yordamida – boshliq guruhning bitta a’zosi bilan bog’liq, demak u a’zo hamma bilan bog’liq;
5. Kombinasiya tizimi – boshliq guruh a’zolariga ma’lumot yetkazish uchun ikkita yoki uchta shaxslar bilan bog’lanadi;
6. Murakkab tizim – boshliq ikkita yoki uchta kichik guruhlar bilan bog’lanadi, ular o’z navbatida boshqa kichik, katta guruhlar bilan bog’langan bo’ladi;
7. Ko’p tarmoqli tizim orqali yetakchi bir necha boshqa shaxslar orqali jinoiy guruhlar bilan bog’lanadi va ular o’zining himoyasini ta’minlaydi. Ulardan olingan ma’lumotlar mahsulotni jo’natish, transport, buxgalteriya masalalariga oid bo’lishi mumkin.
Uyushgan jinoyatchilik tizimida yuqori darajada turadigan sardorlar ikkita qismga bo’linadi:

  1. Katta talontaroj ishlarni bajaruvchi ishbilarmonlar;

  2. Jinoyatchilar.

Jinoiy guruhlarni tashkil qiluvchilari shaxslar quyidagi hukumdorlik vakolatiga ega:
taqdirlanish hukmi (ya’ni, qo’yiladigan shartlar bevosita bajarib kelingan bo’lishi lozim);
bo’ysundirish, jazo hukmi (jazo olish, undan xalos bo’lishi);
etalon hukmi (guruh a’zosi yetakchiga o’xshash uchun intilishi);
normativ hukmi (tartibqoida, urfodatlarga bo’ysunish);
bilarmonlik hukmi (yetakchining obro’e’tibori, uning bilimi, malakasining ahamiyatliligi);
ma’lumot hukmi (yetakchi shaxsan o’zi ma’lumot olishga qodir).
Hozirgi zamon sharoitida pastgi bo’g’inda joylashgan guruh a’zolari o’zlarining boshliqlari (yetakchilari)ni bilmasliklari mumkin (konspirasiya tufayli).
Uyushgan jinoiy guruh (jamoa)larning shakllanishiga sobiq spotchilar uyushmasi manba bo’lib hisoblanishlari mumkin (ayniqsa reket jarayonida). Bunga ijtimoiy-psixologik asoslar sabab bo’lishi mumkin: “katta sportni” tashlab ketgan sportchilar kelgusida o’zining ichki zahiralarini yo’qotgan, ma’lum bir kasbda bilim va malakalarini qo’llay olmasliklari, moddiy ta’minoti yo’qligi jinoiy guruhlarga a’zo bo’lib qolishlariga imkon yaratadi.
Jinoiy jamoalarning uyushganligi ma’lum bir xudud, davlatlarda kriminogen sharoitlarni yaratadi.
Ushbu jinoiy olamga ko’pgina yosh yigitlar jalb qilinadi. Jinoiy jamoa ularga kattakatta moddiy rag’batlantirish va’dalarini beradi, “tuzoqqa ilintirish” texnikasidan foydalangan xolda o’z jinoiy g’oyalarini amalga oshiradi, jamoaning kengayishi va yanada chuqur bo’lishiga imkoniyat yaratadi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin