10-MAVZU : SO’ROQ QILISh PSIXOLOGIYASI (2 SOAT) REJA: 1.Gumonlanuvchi va ayblanuvchini so’roq qilish psixologiyasi. 2.Qarshilik ko’rsatish vaziyatida so’roq qilishning individual psixologik xususiyatlari. 3.So’roq qilinuvchi shaxslarning psixologik dinamikasini yuzaga chiqarish va foydalanish. 4.Jabrlaiuvchini so’roq qilish psixologiyasi. Jinoyat sodir yetilgan jarayonda jabrlanuvchini o’zini tutish holatini aniqlash. 5.Voyaga yetmagan jabrlanuvchini so’roq qilishning alohidaligi. 6.Guvohlarni so’roq qilish psixologiyasi. 7.So’roq jarayonida psixologik yordam berish (psixodiagnostika, psixoanaliz, psixokorreksiya) usullari. 8.Yuzlashtirish psixologiyasi.Yuzlashtirish so’roq qilinuvchilardan to’g’ri ko’rsatma olish maqsadida o’tkaziladigan psixologik aloqaning tarkibiy qismi sifatida. So’roq paytida tergovchi va ayiblanuvchi o’rtasida tortishuv, munozara va boshqa qarama-qarshi fikr yuritishlar namoyon bo’ladi. Shuning uchun so’roqni suhbat tarzida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda ishtirokchilar ko’proq birbirlarini tushinishga, hamkorlik o’rnatishga intila boshlaydilar.
So’roq qilish davomida tergovchidan amaldagi qonun hujjatlarini yaxshi bilishi, prosessual qonunga ko’ra harakat qilishi, etik normalariga rioya qilishi talab qilinadi. Suhbat paytida tergovchi so’roq qilinuvchining ichki ruhiy dunyosiga e’tiborini qaratishga, unga to’g’ri keladigan “kalitni” topishga harakat qiladi.
Tergovchining mohirligi tufayli aytilmagan gaplar, yashirilgan narsalar astasekinlik bilan yuzaga keladi. Tergovchi so’roq jarayonini bosqichmabosqich amalga oshiradi. Ushbu bosqichlar 6 ta asosiy belgilarda namoyon bo’ladi tashqi va ichki psixologik omillar bilan bog’liq:
1-bosqich – tayyorgarlik darajasida, so’roqning maqsadi va rejasi, kimni va qachon so’roq qilish, uning vaqti va joyi belgilanadi;
2-bosqich – kirish qismida, tergovchining tashqi ko’rinishining ta’sir kuchi va birinchi ta’surotlarning samaradorligini ta’minlanadi;
3-bosqich – psixologik aloqa o’rnatiladi;
4-bosqich – asosiy qismda, so’roqning maqsadiga erishiladi haqiqatning qaror topishi, katartis holati yuzaga keladi;
5-bosqich – ko’rsatmalarni tuzatish, olingan ma’lumotlarni taqqoslash, qarama-qarshi fikrlar va noaniqliklarni bartaraf qilish jarayoni ishga tushadi;
6-bosqich qo’lga kiritilgan ma’lumotlarni qonuniy hujjatlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
So’roq davomida tergovchi va ayiblanuvchi o’rtasida ma’lumotlar almashuvi namoyon bo’ladi.
Bu jarayon ikki turga bo’linadi: