Yuridik shaxslardan olinadigan egri soliqlar va ularning korxonalar moliya – xo’jalik faoliyatiga ta`siri reja


YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN AKSIZ SOLIG’I VA UNI KORXONA XO’JALIK FAOLIYATIGA TA`SIRI



Yüklə 20,96 Kb.
səhifə3/3
tarix06.02.2023
ölçüsü20,96 Kb.
#83046
1   2   3
OZODA MUSTAQIL ISH

YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN AKSIZ SOLIG’I VA UNI KORXONA XO’JALIK FAOLIYATIGA TA`SIRI

O‘zbekistonda aksiz solig‘i 1992- yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi. Aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Aksiz solig‘i Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi, jumladan, davlat budjetining soliqli daromadlari tarkibida 2000- yilda 22,8 foizni, 2001-yilda 26,3 foizni, 2002-yilda 28,8 foizni, 2003-yilda 31,1 foizni tashkil etgani holda 2006-yilgi davlat budjeti daromadlarida uning ulushi 19 foizni, 2009- yilda esa 14,4 foizni tashkil etishi prognozlashtirilgan.
Aksiz solig‘ini davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushining pasayish tendensiyasiga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son «Bozorni iste’- 152 Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o‘rni mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «O‘zDEUavto» aksionerlik jamiyatining ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, iste’mol tovarlarining assortimentini ko‘paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi.
Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining ulushi davlat budjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aksiz solig‘i to‘liq respublika budjetining daromadlar qismiga kelib tushadi va uning soliq yuki iste’molchilar zimmasida bo‘ladi.
Aksiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning qanday tartibi o‘rnatilganligidan qat’i nazar aksizosti tovarlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aksiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida molmulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu molmulk bilan javob beradigan, shuningdek, mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida korxonalar tushuniladi. Soliq kodeksining 230-moddasiga ko‘ra quyidagi operatsiyalar aksiz solig‘i solinadigan obyekt hisoblanadi: 1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: — tovarni sotish (jo‘natish); — garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirish; — aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish; — aksiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida 153 Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq obyekti va bazasi nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish; — aksiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish; 2) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish; 3) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek, oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish; 4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek, ulush qo‘shish asosida xomashyo va materiallarni, shu jumladan, aksiz to‘lanadigan xomashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish; 5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun topshirish; 6) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish. Tekinga beriladigan aksizlanadigan mahsulot bo‘yicha quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lib hisoblanadi: — aksiz solig‘ining qat’i stavkalari belgilangan alkogolli mahsulot, tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, vino bo‘yicha — sotilgan mahsulot hajmi natura ifodasida; — boshqa aksizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha soliq to‘lovchida tovarni berish paytida shakllangan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan, biroq mazkur aksizlanadigan tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha haqiqatda shakllangan xarajatlardan past bo‘lmagan qiymat.


XULOSA
Mamlakatimizda hudularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qarailgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari va byudjet loyihasi mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga, barqaror yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishiga, iqtisodiyot va jamitya ijtimoiy hayotini muvozanatli rivojlantirishga, aholining farovonligi va turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan mamlakatda yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat doiraisda ishlab chiqilgan.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi.
Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. Soliqlar va soliqqa tortish: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik / A.V. Vahobov, A.S. Jo‘rayev; O‘zR oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Moliya in-ti, — Toshkent: Sharq, 2019. — 448 b.

  2. Gadoev E. Bilvosita soliqlar: qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i. –T.:
    “NORMA”, 2021

  3. Jo’raev A., Toshmatov Sh., Abduraxmonov O. Soliqlar va soliqqa tortish.
    O’quv qo’llanma, –T.: “NORMA”, 2019.

  4. Toshmurodova B. Soliq munosabatlarini optimallashtirish. –T.: “IQTISOD-
    MOLIYA”, 2019.

  5. Zavalishina I.A. Soliqlar: nazariya va amaliyot. – T.: “Iqtisodiyot va huquq
    dunyosi” nashriyot uyi, 2017

  6. Almardonov M., Kuzieva N. Soliqlar va soliqqa tortish. –T.: “IQTISOD-
    MOLIYA”, 2017

  7. Vahobov A. Byudjet-soliq siyosati yaxlitligi. //O’quv qo’llanma. -T.:
    “IQTISOD-MOLIYA”. 2019


INTERNET SAHIFALAR

  1. www.my.soliq.uz

  2. www.Lex.uz

  3. www.unilibrary.uz

  4. www.Fayllar.org

  5. www.corsehero.com

Yüklə 20,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin