Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʼyicha Shаrtnomа “ 07 ” 11 2023 yil 15/1114



Yüklə 28,49 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü28,49 Kb.
#173047
1   2   3   4
лотинча шартнома

IV. IShLАRNI BАJАRISh MUDDАTLАRI.
4.1.“Buyurtmachi”tomonidan oldindan avans toʼlovi amalga oshirilishi shartnomaning 1.1 – bandida koʼrsatilgan ishlarni boshlashga asos boʼladi.
4.2.“Buyurtmachi”ni elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash muddati oldindan toʼlov amalga oshirilgan kundanboshlab 18 kunni tashkil etadi.


V. QURILIShI YaKUNLАNGАN OBЪEKTNI QАBUL QILIB OLISh.
5.1.Qurilishi yakunlangan obʼektni topshirish “Pudratchi”tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 256 – sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatishning maʼmuriy Reglamenti” asosida amalga oshiriladi.
5.2.Ishlarni kafolat muddati tomonlar oʼrtasida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab 6 (olti) oy etib belgilanadi.


VI. TOMONLАRNING HUQUQ VА MАJBURIYaTLАRI.
6.1. “Pudratchi”ning huquqlari:
a) shartnomada koʼzda tutilgan bajarilgan ishlar uchun toʼlovlarni talab qilish;
b) elektr qurilmalarini tarmoqqa ulash uchun zarur sharoitlarni yaratib berishni “Buyurtmachi”dan talab qilish;
v) ishlarni bajarish jarayonida subpudrat asosida loyihalashni, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etish.
6.2.“Pudratchi”ning majburiyatlari:
a) “Buyurtmachi”ni pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subPudratchilar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma predmeti, subPudratchining nomi va manzili toʼgʼrisida habardor qilish;
b) ishlarni bajarish vaqtidaatrof muhitni muhofaza qilish boʼyicha zarur tadbirlar bajarilishini taʼminlash;
v) “Pudratchi” oʼzi yoki subPudratchilar tomonidan obʼektni elektr tarmoqlariga ulash ishlarida qoʼllaniladigan qurilish materiallari, asbob- uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruktsiyalar sifati, loyiha hujjatlarida koʼrsatilgan spetsifikatsiyalarga, texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq boʼlishini hamda ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli sertifikatlarga, texnik pasportlarga yoki boshqa hujjatlarga ega boʼlishini kafolatlash;
g) “Buyurtmachi”va “Oʼzdavenergonazorat” inspektsiyasining hududiy boʼlinmasiga obʼektning foydalanishga tayyorligi toʼgʼrisida xabarnoma yuborish;
d) obʼekt topshirilgandan soʼng 6 (olti) oy muddat ichida bajarilgan ishlar boʼyicha aniqlangan nuqson va kamchiliklarni “Pudratchi” hisobidan 5 ish kuni davomida bartaraf etish.
6.3. “Buyurtmachi”ning huquqlari:
a) mazkur shartnomaga asosan “Pudratchi”dan obʼektni elektr tarmoqlariga ulash ishlarini shartnomada belgilangan muddatlarda topshirishni talab qilish;
b) “Pudratchi”dan bajarilgan ishlar boʼyicha aniqlangan nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilishni talab qilish;
v) bajarilgan ishlarni barcha turlari bilan tanishish va ishlarning sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshirish uchun texnik auditor yollash;
g) obʼektni loyiha boʼyicha elektr tarmoqlariga ulashda talab etiladigan, sertifikatlangan yangi materiallarni oʼzi hisobidan taqdim etish.
6.4. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:
a)mazkur shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda “Pudratchi” tomonidan bajarilgan ishlar uchun toʼlovlarni oʼz vaqtida amalga oshirish;
b)“Pudratchi”ga ishlarni bajarish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish.

VII.TАRАFLАRNING ShАRTNOMА MАJBURIYaTLАRINI BАJАRMАGАNLIGI UChUN JАVOBGАRLIGI.


7.1. Taraflarning biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda aybdor taraf ikkinchi tarafga yetkazilgan zarar miqdorini qoplaydi.
7.2. Mazkur shartnoma boʼyicha bajarilgan ishlar uchun toʼlovlar amalga oshirilmaganda yoki oʼz vaqtida amalga oshirilmaganda “Buyurtmachi” “Pudratchi”ga kechiktirilgan har bir kun uchun jismoniy shaxslar0,1 foiz, yuridik shaxslar 0,4 foiz miqdorida penya toʼlaydi, bunda penya kechiktirilgan toʼlov summasining 50 foiz dan oshmasligi kerak.
7.3. “Pudratchi” shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmaganda, yoki lozim darajada bajarmaganda, majburiyatlar bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun bajarilmagan ishlar qiymatining 0,5 foiz miqdorida “Buyurtmachi”ga penya toʼlaydi, bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan majburiyatlarqiymatining 50 foiz dan oshmasligi kerak.
7.4. Neustoykani toʼlash taraflarni bir-biriga yetkazilgan zarar va boy berilgan foydani qoplashdan hamda shartnoma majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.
7.5. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan taraflarning javobgarligi amaldagi qonunchilik asosida hal etiladi.



Yüklə 28,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin