FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI CHET TILLAR FAKULTETI XORIJIY TIL VA ADABIYOT YO’NALISHI III BOSQICH
15.50-GURUH TALABASI DIYORA QOSIMOVANING
2017-2018 O’QUV YILIDA O’TKAZGAN MALAKAVIY AMALIYOT DAVRIDA INGLIZ TILI FANIDAN OYLIK
MAVZULAR UCHUN TAYYORLAGAN DARS ISHLANMALARI
Farg’ona shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-“E” sinfining iqtidorli o’quvchisi Karimjonova Muxlisa Sardorbek qiziga
Tavsifnoma
6-“E” sinf o’quvchisi Karimjonova Muxlisa bilimga chanqoq, a’lochi ijodkor, jamoatchi va boshqalarga nisbatan iqtidorli o’quvchi. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi va a’lo baholarga o’qiydi. Shuningdek, jamoat ishlarida, maktabda o’tkaziladigan tadbirlarda ham faol qatnashadi, jamoa bilan ishlash qobiliyati yuqori bo’lganligi uchun sinf sardor etib saylangan. Yoshligidan tillarga bo’lgan qiziqishi yuqori bo’lganligi uchun o’z ona tilidan tashqari ingliz, rus tillarini o’rganish jarayonini davom ettirmoqda. O’z ustida doimiy ravishda ishlashi tufayli so’z boyligi tengdoshlariga nisbatan yuqori. O’qituvchilar va sinfdoshlari bilan yaxshi aloqada, tarbiyali o’quvchi. Dars jarayonlari bilan cheklanib qolmay, tikish, to’qish, rasm chizish kabi qobiliyatlarga ham ega. Qiz bola bo’lishiga qaramay sport sohasida ham ko’plab yutuqlarga erishgan.
Ingliz tili bilan ko’p vaqt shug’ullanganligi va bu fanga yuqori qiziqishi tufayli, ingliz tilida o’qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish qobiliyati sinfdoshlariga qaraganda yuqori. O’zi mustaqil ravishda mavzularni o’zlashtiradi va darsni tashkillay oladi. Faqatgina ingliz tili fanida emas, boshqa fanlarda ham bilimli o’quvchi.
Mas’uliyatli o’quvchi sifatida o’z kelajagi haqida qayg’uradi va intiladi. Ingliz tilini yaxshi o’zlashtirib oliy o’quv yurtida o’qishini davom ettirishni xohlaydi.