Farg’ona viloyati Rishton tumani Xalq ta’limiga qarashli 3-sonli umumiy o’rta
ta’lim maktab direktori : Nigora Pattayeva Farg’ona davlat universiteti Chet Tillar fakulteti filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi III-bosqich 16.55-guruh talabasi Yusupov Firdavsning Malakaviy amaliyot davri
Hisoboti
Men Yusupov Firdavs 01.07.2018dan 29.07.2019gacha Farg’ona viloyati Rishton tumanidagi 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim.
Amaliyotim davrida ingliz tili o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Ingliz tili o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi.
Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’piroq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim.
Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo’l-yo’riqlari yordam berdi.
Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tkan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida o’qituvchilarimga yordam berdim. O’zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim. Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va o’quvchilarning yordamlari katta madad bo’ldi.
Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.