Yuza qavatlarining



Yüklə 19,81 Kb.
tarix13.11.2019
ölçüsü19,81 Kb.
#29575
Tuproq

Tuproq

Tuproq(qum) — litosfera yuza qavatlarining suvhavo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilmaYer poʻstining yuza va unumdor qatlami. T.ning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (qarang Tuproq unumdorligi). T.ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. T. hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.

Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt utishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimita va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz miqdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak katlam — T. paydo boʻladi. Iklim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning T. hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos T. tiplari vujudga keladi. Mas., tayga zonasida chimli podzol T., dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir T.lar va b (qarang Tuproq zonasi).

Odamning xoʻjalik faoliyati qam T. hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va boshqa bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda T. hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.

T. qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli T.lardagina emas, balki bir T. tipining har xil qatlamlarida ham turlicha. T. qattiq qismini mineral moddalar tashkil kiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar T. massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliklarning umumiy yigʻindisi T. gʻovakligi deyiladi. T. gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli T.ning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostruktura elementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng . T.ning mineral qismidagi govakligi 40—60%, botqoqi va gleylangan Tlarda esa 27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik T.ning solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq. Kovaklarda T.ning suyuq qismini tashkil qiluvchi, tarkibida erigan moddalar — pguproq eritmasi boʻlgan tuproq nami hamda T.ning gaz holatidagi qismini tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. T. tarkibidagi suv va havo miqdorining nisbati atmosfera yogʻinlari, sugʻorish va grunt suvlari hamda suvning sarflanishi, yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari orqali shimilishi va boshqa bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi. Mana shu sharoitlar tuproqning suv va havo rejimini belgilaydi. T.dagi havo tarkibi atmosfera havosidan (O220,96%, SO20,03%) farq qiladi (tuproq hajmiga nisbatan % hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot miqsori deyarli teng .

T.ning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik boʻlib, T. tuzilishi, strukturasi va suvga chidamligiga bogʻliq.

T.ning solishtirma massasi maʼlum hajmli T. qattiq qismi ogʻirligining 4° da olingan xuddi shunday hajmdagi suv ogʻirligiga boʻlgan nisbati bilan belgilanadi. T. mineral qismlarining solishtirma massasi mineralogik tarkib va undagi organik moddalar tarkibiga bogʻliq (2,50— 2,80 g/sm3 gacha boʻladi). Krvushmasi buzilmagan T. zichligi deb tabiiy holatdagi 1 sm3 T. ogʻirligining gramm hisobidagi vazniga aytiladi va T.ning gʻovakligi va qattiq fazaning oʻrtacha zichligi bilan belgilanadi. Unumdorlik darajasini belgilovchi tuproqning kimyoviy tarkibi, fizikkimyoviy, fizikmexanik va boshqa xususiyatlari maʼlum darajada undagi singdiruvchi kompleks tabiati va tarkibiga bogʻliq. Tuproqning ana shu singdiruvchi kompleksi xususiyatlariga qarab yerlarni yaxshilash tadbirlari belgilanadi.

T.ning tirik tarkibiy kismi tuproq mikroorganizmlari (qarang Mikroflora), umurtqasiz hayvonlarning koʻpgina guruhlari — eng sodda hayvonlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, hasharotlar vakillaridan hamda yerni oʻyuvchi umurtqalilar (yumronqoziq, sichqon, kalamush) va h.k.dan tashkil topgan.

Moddalarning tabiatda aylanishi hamda qayta joylanishi asosida T. morfologiyasi, tarkibi va xususiyatlari profil boʻylab yuqoridan pastga tomon maʼlum qonuniyatga binoan oʻzgarib boradi va tuproq gorizontlarining navbat bilan almashinishida namoyon boʻladi. Shuning uchun bu jarayonlarni bilmay turib insonning hayot kechirish muhitini tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan T. qoplamidan notoʻgʻri foydalanish tuprok eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va botqoqlanishiga olib keladi. T.ning ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq xoʻjaligi.da pestitsidlardan foydalanish qoidalari joriy qilingan (yana q. Tuproq macnifiTu prokunumdorligi).



Agrofizika, agronomik fizika – o‘simliklarning hayot sharoitlarini fizik usullar bilan tadqiq etish va ular hayot faoliyatining fizik jarayonlari haqidagi fan. Agrofizika ekinlarining hosildorligi va tezpisharligini oshirish uchun tashqi muhitning fizik xususiyatlarini o‘rganadi va ularni boshqarish usullarini ishlab chiqadi. A.ning bo‘limlari: tuproq fizikasi (tuproq havosi fizikasi, tuproq gidrofizikasi, tuproqning qattiq qismi fizikasi, issiqlik va boshqalar); havoning yer atrofi qatlami fizikasi (aerodinamik, radiatsion va boshqa ko‘rsatgichlar); o‘simliklar radiobiologiyasi va yorug‘lik fiziologiyasi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarining o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay tabiiy sharoitlar yaratish maqsadida ekinlarga hamda tashqi muhitga faol ta’sir ko‘rsatadigan agrofizik usullar, vositalar. A. fan sifatida 20-asrda shakllangan va hozirgi zamon tabiatshunosligi, ayniqsa, biofizika, shuningdek, mat., elektronika, kibernetika va boshqa fanlarning nazariy yutuqlari negizida rivojlandi, natijada o‘simliklarning o‘zida va tashqi muhitda sodir bo‘ladigan 169jarayonlarni miqdoriy baholash imkoniyatlari yaratildi. A.ni rivoj-lantirishda K. A. Timiryazev, D. N. Pryanishnikov, N. A. Kachinskiy, A. A. Rode (Rossiya), E. Rassel (Buyuk Britaniya), V. Shou (AQSH) va boshqa katta hissa qo‘shgan. Agrofizik tadqiqotlarda vegetatsion va dala usullari qo‘llaniladi, tashqi muhit sharoitlarini o‘rganish uchun aniq o‘lchov asboblari ishlatiladi. Tadqiqot natijalaridan tuproqning suv, havo, issiqlik rejimlarini yaxshilashda, optimal ekish usullari va muddatlarini, tuproqqa ishlov berish, sug‘orish me’yorlari va boshqalarni belgilashda foyda-laniladi. A. tadqiqotlari xulosalari, ayniqsa, ekinlarning hosildorligini programmalashda va dala ishlari sifa-tini baholashda katta ahamiyatga ega. Fitotron, oranjereya, issiqxonalarda iqlimni boshqarish, tuproq issiqlik ba-lansipi, o‘simlik transpiratsiyasi, ularga oziq moddalar va suvning shimilishi tezligini o‘lchaydigan asboblar yara-tilgan. Agrofizik asboblarni qo‘llash yirik omborxonalarda kartoshka va me-valarni saqlash jarayonlarini avtomat-lashtirish, nobudgarchilikni kamaytirish, mahsulot sifatini buzmay saqlash, chiqindilar miqdorini ka-maytirish imkoniyatini beradi. Dehqonchilik va o‘simlikshunoslikning fizik muammolari Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti, oliy o‘quv yurtlari kafedralarida o‘rganiladi.Abdurahim Ermatov.

Tuproq haqida umumiy tushuncha.

Bundan bir necha milliard yillar ilgari er qattiq tosh va qoyalardan iborat bo'lgan. Unga suv, shamol, issiq va sovuq havo harorati ta'sir etib emirgan va tuproqqa aylantirgan. Hosil bo'lgan erda o'simliklar, hayvonlar paydo bo'lgan. Chunki o'simliklar erdan erigan mineral tuzlarni ildizi orqali surish xususiyatiga ega.

Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi. Demak, tuproq deb, uniumdorlik hususiyatiga ega bo'lgan er yuzasining ustki, g'ovak qatlamiga aytiladi.

Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko'ra 3 asosiy qatlamga ajratiladi: A- eng ustki gumus (chirindil) qatlam; V-mineral va organik birikmalar to'planadigan gorizont; S –tuproq vujudga keladigan ona jinsi. Tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo'lib o'zgaruvchidir. 1 gramm tuproqda 1 mln. dan ortiq sodda hayvonlar va tuban o'simliklar uchraydi. Ma'lumki, sog'lom unumdor 1 gektar erdagi tuproqda 3-3,5 milliard tonna mikro va mikroorganizmlar bo'lib, ular 8-12 tonnani tashkil etadi. Bularga dala sichqonlari, tuproqda yashovchi xilma-xil hasharotlar, yomg'ir chuvalchanglari kabilar kiradi. Ayniqsa, yomg'ir chuvalchangining tuproq strukturasini yaxshilashdagi roli juda kattadir. Yomg'ir chuvalchangi erda 1 metrga qadar chuqurlikda “kanalchalar” qazib, ular orqali o'simlik ildizi tashqaridan nafas olishi va suv, oziq moddalar so'rishi imkonini beradi. Ular yilida ovqat hazm qilish organlari orqali 300-400 tonna tuproqni o'tkazib, tuproq unumdorligini oshiradi. Yomg'ir chuvalchangining er unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini hisobga olib AQSh va ba'zan G'arbiy YEvropa mamlakatlarida uni ko'paytirib sotuvchi maxsus fermalar ishlab turibdi. Bunday ishlar respublikamiz va viloyatimizda ham tashkil etilmoqda.

Inson paydo bo'libdiki, uning hayoti er bilan bog'liq. Chunki u erni yashash makoni, tirikchilik manbai va ishlab chiqarish vositasi sifatida qabul qilgan.

Yеr yuzida turli qobiqlar o'rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi, tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi, litosfera bilan atmosfera o'rtasida moddalarning o'zaro aloqasini sodir etadi.



Tuproq xalqning bebaho tabiiy boyligi va insonning yashashi uchun zarur bo'lgan hayot manbaidir. Chunki inson yashashi uchun kerak bo'lgan oziq-ovqat energiyasining 88% ini tuproqdan, 10% ini o'rmon va o'tloqlardan, 2% ini okeandan olmoqda. Tuproqning kishilik jamiyati uchun ahamiyati shundaki, o'z-o'zidan tozalash xususiyatiga ega bo'lib, tabiatdagi iflos moddalarni biologik yo'l bilan tozalaydi va neytrallashtiradi.

Yеr yuzasining 2/3 (361 mln. km2) qismini suvliq, 1/3 (149 mln. km2) qismini tashkil etadi. Quruqlikning 13% i (1,9 mlrd. ga) haydab ekin ekiladi, 14% ini sug'oriladigan ekin maydonidagi erlar tashkil etadi.
Yüklə 19,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin