1. Quyida keltirilgan tarkib bo‘yicha himoyalovchi kosmetik krem texnologiyasini keltiring:
Rux oksidi 30,0
Fenilsalitsilat 3,0
Vazelin 65,0
Atirgul moyi 1-2 tomchi
2. Quyidagi tarkib bo‘yicha tozalovchi krem texnologiyasini keltiring:
Asalari mumi 6,0
Bura 0,5
Shaftoli moyi 27,5
Tozalangan suv 16,0
3. Yuz terisini tozalash uchun loson texnologiyasini keltiring:
a. Moychechak losoni
Tarkibi: Moychechak damlamasi 100 ml
Etil spirti 70% 2,5 ml
b. Loson «Qayin suvi» :
Tarkibi: Qayin kurtagi damlamasi 100 ml
Etil spirti 70% 3,0 ml
Berilgan topshiriqlar “Loyiha” va “Aqliy hujum” pedagogik texnologiya usullari yordamida muhokama qilish tavsiya etiladi.
IX. Vaziyatli masalalar 1. “Yuvinish uchun qanday haroratdagi suvni ishlatish kerak?” – degan savolga talaba: “40-50° S haroratdagi yumshatilgan suv” – deb javob berdi. Bu to‘g‘rimi?
2. “Massaj uchun krem tayyorlashda uning tarkibiga kiruvchi komponentlarni qaysi ketma-ketlikda qo‘shish kerak?” – degan savolga talaba: “Modda eriydiganlarni moyda, suvda eriydigan moddalarni – suvda eritib qo‘shish kerak” – deb javob berdi. Javob to‘liqmi?
Asalari mumi 20,0
Bura 1,5
O‘simlik moyi 300,0
Tozalangan suv 100,0
3. “Quruq terini tozalash uchun mo‘ljallangan loson tarkibida qanday konsentratsiyadagi etil spirti qo‘shilishi mumkin?” - degan savolga talaba: “25-30% atrofida bo‘lishi kerak” – deb javob berdi. Javob to‘g‘rimi?
4. Quyida keltirilgan tarkib bo‘yicha kosmetik sovun tayyorlash uchun talaba barcha keltirilgan komponentlarni xona haroratidagi tozalangan suv bilan aralashtirdi. Sovun to‘g‘ri tayyorlandimi?
Bolalar sovuni 100,0
Osh tuzi 1,0
Ammiak eritmasi 2,0
Bura 1,0
Tozalangan suv 250,0
Borat kislotasi 1,0
5. “Rasmlarni to‘g‘ri joylashtir” metodi bo‘yicha keltirilgan tarkibdagi oziqlantiruvchi kremning texnologik jarayoni tasvirini to‘g‘ri keltiring.
Tarkib: Natriy tetraborat 0,5 g
Asalari mo‘mi 3,0 g
SHaftoli moyi 20,0 g
Tozalangan suv 10,0 g
Tirnoqgul nastoykasi 0,5 g.
1-bosqich. Tarkibiy moddalar va asvob-uskunalarni tayyorlash (sterillash)