3-jadval
Efir moylarini ta’m tuzatuvchi xususiyatini solishtirma baholash natijalari (Sulfadimezin 3% suspenziyasi)
Sreda
|
Son indeksining ko‘rsatkichi
|
Sulfadimezin suspenziyasini turli muhitlardagi ta’mi
|
Sulfadimezin suspenziyasini asosiy ta’mi
|
Tozalangan suv
|
2,0 /0,10
|
2,05/0,05
|
Tozalangan suv, qand, efir moyi
|
2,7 /0,09
|
2,9/ 0,09
|
Toz. suv, qand, lavanda efir moyi
|
2,5/ 0,17
|
2,8/ 0,08
|
Toz. suv, qand, kashnich efir moyi
|
2,45/ 0,18
|
2,85/ 0,10
|
Toz. suv, qand, limon efir moyi
|
2,45/ 0,16
|
2,8/ 0,13
|
Toz. suv, qand, limon efir moyi
|
3,0/ 0,14
|
3,05/ 0,08
|
Toz. suv, qand, qalampirmunchoq efir moyi
|
3,35/ 0,15
|
2,9/ 0,14
|
Toz. suv, qand, yalpiz efir moyi
|
3,35/ 0,15
|
2,9/ 0,14
|
Toz. suv, qand, arpabodiyon efir moyi
|
4,05/ 0,16
|
3,75/ 0,09
|
Toz. suv, qand, apelsin efir moyi
|
4,05/ 0,16
|
3,85/ 0,08
|
Xushbo‘y suvlar (Aquae aromaticae) – bu tarkibida efir moyini saqlovchi suvli-spirtli eritmalar yoki suvli mikrogeterogen tizimlar
Xushbo’y suvlarni asosiy vazifasi dori preparatlarning, ayniqsa bolalar uchun mo‘ljallangan dorilarni, ta’mini va hidini tuzatishdir. Bundan tashqari ular o‘zi ham terapevtik faollikga ega, masalan, antiseptik, so‘lak hosil qiluvchi va boshqa ta’sirlar. Bu holni xushbo’y suvlarni korrigent sifatida qollashda albatta hisobga olish zarur.
Qandlar sifatida saxaroza, glyukoza, fruktoza, laktoza, shuningdek ularni saqlovchi ozuqaviy mahsulotlar (shokolad, asal, kakao, kofe) dori vositalarni ta’mini tuzatish uchun ishlatiladi.
Shirinlashtirgichlar. Bugungi kungacha dori vaositalarni ta’mini tuzatish uchun asosan qand (saxaroza) ishlatilib kelingan, shuningdek u to‘ldiruvchi, konservant va solyubillovchi yordamchi modda sifatida ham ishlatilgan. Biroq, uning shirinlashtirish potensiali deyarli katta bo‘lmaganligi sababli, dori vositalar tarkibiga katta miqdorda qo‘shilishi lozim. Masalan, dimedrolning achchiq ta’mini tuzatish uchun dimedrolning massasiga nisbatan saxaroza 50 – 100 marta ko‘p qo‘shilishi kerak. Olib borilgan biofarmatsevtik izlanishlar natijasi bo‘yicha ayrim hollarda dori vosita tarkibida qand miqdorini ko‘payishi ta’sir etuvchi dori moddaning so‘rilishiga (kalsiy tuzlarini saqlovchi preparatlar) salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ayrim hollarda ularning zaharliligi ortishi (nitrofuranlar) isbotlangan. Shuningdek, qandli diabet, diatez va shu kabi boshqa kasalliklarda qandni yordamchi modda sifatida ishlatish mumkin emas.
Fruktoza barqaror birikma emas, uning tarkibida tarang oksidlangan halqasimon furanozli sikl bo‘lib, u eritmalarga jigarrang rang beruvchi furfurol, gumin va boshqa moddalar hosil qilishi mumkin, bu esa dorilarni turg‘unligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda mahalliy farmatsevtika korxonalarida korrigentlar sifatida maltoza, laktoza, invertlangan qand, limon kislotasi, glitserin, saxarol; xorijda esa dulsin, saxarin, sorbitol, tabiiy va sun’iy asal, karboksimetilsellyuloza, metilsellyuloza, mannitol, shuningdek sintetik shirinlashtirgichlar - siklomatlar (siklogeksilsulfamin kislotasining natriy va kaliyli tuzlari) ishlatiladi, ular shirinlik indeksi bo‘yicha qanddan 30 marta shirinroq (4-ilova).
Dostları ilə paylaş: |