Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə2/97
tarix07.01.2024
ölçüsü2,11 Mb.
#208836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva

Taqrizchilar:

Do’smatov A.F. O’zR SSV Farmakopеya Qo’mitasi raisi, farm.f.d


Xaydarov V.R. Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi mudiiri,


farm.f.n., dotsent
O’quv qo‘llanma Toshkent farmatsevtika institutining Ilmiy Kengashida
muhokama etilgan va tasdiqlangan (2016 yil 15 sentyabr, 2- sonli majlis
bayoni)
MUNDARIJA:




Kirish…….............................................................................…

4

Mavzu 1:

Bolalarga mo’ljallangan suyuq va qattiq dori turlari texnologiyasi………………………………………………….

8

Mavzu 2:

Yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun mo’ljallangan dori turlari texnologiyasi………………………………………………….

47

Mavzu 3:

Kosmetik vositalar texnologiyasi……………………………..

75

Mavzu 4:

Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi…………………………………………………..

126




Glossariy……………………………………………………….

166




Ilovalar…....……………………………………………………

178



KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2016 yilni «Sog‘lom ona va sog’lom bola yili» deb e’lon qilishi munosabati bilan ushbu yil uchun qabul qilingan Davlat dasturini e’lon qilishda davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ulkan maqsad sari safarbar etdilar: “Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy etuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak”. Bugungi kunda ushbu maqsadni amalga oshirish bo‘yicha Respublikamizda juda ko‘p ijobiy ishlar amalga oshirildi, shuningdek bu borada hali bajariladigan ishlar ko‘p. Sog‘lom avlodni voyaga etkazishda albatta ona va bolaning salomatligini kafolatlaydigan sog‘liqni saqlash tizimining bir qismi bo‘lmish farmatsevtika sohasida ham kompleks chora-tadbirlar bugun amalga oshirilmoqda. Bunda bolalar hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dori preparatlari texnologiyasini yaratishga va ishlab chiqarishga qodir mutaxassislarni tayyorlash sohamizning muhim ahamiyatga ega vazifalardan hisoblanadi.
Uslubiy qo’llanma «Pediatriya amaliyotida ishlatiladigan suyuq va qattiq dorilarni tayorlash asoslari», «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar texnologiyasi», «Kosmetik vositalar texnologiyasi», «Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi» mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotlari zamonaviy talablarga binoan o’tkazish, bugungi kunda dorixonada ko’p uchraydigan retseptlar misolida bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo’ljallangan dori turlarni tayyorlash, ushbu dori vositalarga korrigentlar q’oshish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni hosil qilish, sifatiga baho berish, jihozlash va saqlash kabi ma'lumotlarni o’zlashtirishga yordam beradi.
Yoshiga qarab beriladigan dori turlarga bolalar va keksalar uchun mo‘ljallangan dori preparatlarni kiritish mumkin.
Yoshiga qarab beriladigan dori turlari muammosi zamonaviy biofarmatsevtik nazariyasining asosini tashkil etuvchi qator omillarga bog‘liq bo‘lib, jumladan, inson yoshini inobatga oladigan fiziologik omillar ham dori vositaning terapevtik samaradorlikni belgilovchi muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.
Ko‘p sonli tajribalar isbotlashicha, bola organizmi o‘ziga xos anatomik, fiziologik va psixosamatik xususiyatlarga ega. Bolalar organizmi (dori vositalarning metabolizmiga javob beruvchi) ko‘pgina ferment ishlab chiqaruvchi tizimlarning hali rivojlanmaganligi, bola psixikasi o‘zgaruvchanligi, masalan, og‘riq va achchiq ta’mni o‘ta sezuvchanligi bilan tavsiflanadi. Bu esa go‘daklarning dori preparatlarni qabul qilishida o‘zgacha noxush reaksiyani namoyon etishiga sabab bo‘ladi. Bu hol yosh bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus dori vositalarni yaratilishiga asos bo‘ladi. Bunda dori vositaning tarkibi va texnologiyasini ish‘lab chiqishda faqatgina dozasini kamaytirish bilan cheklanmasdan, balki yoshiga qarab qabul qilinishi qulay va turli yoshdagi bemorlar organizmining xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Bu masalalarni hal etishda bir qator fiziologik, texnololgik va biofarmatsevtik masalalarni hisobga olish lozim. Chunki ko‘p yillar mobaynida ushbu masalaga noto‘g‘ri yondoshilib kelingan va yoshiga qarab beroiladigan dori vositalar faqatgina dozasi bilan farqlangan. Biofarmatsiya fan yutuqlariga asoslanib, so‘ngi o‘n yil mobaynida yoshiga qarab beriladigan dori preparatlarga alohida ahamiyat berilmoqda va shu sababli xali ushbu preparatalar nomenklaturasi nisbatan katta emas.
Bolalar uchun mo‘ljallangan dori vositalar yoshiga hos dozada, ta’mi niqoblangan va yuqori samaraga ega hamda qollash uchun qulay jihozda bo‘lishi kerak.
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning yoshiga qarab beriladigan dori turlari texnologiyasi ikkita bo‘limdan tashkil topgan:
1. Bolalarga mo‘ljallangan suyuq va qattiq dori turlari texnologiyasi.
2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dori turlari texnololgiyasi. Bolalarga mo‘ljallangan yumshoq dori turlari texnologiyasi.
O‘quv qo‘llanmada taklif etilgan dori vositalarning tarkiblari dorixona amaliyotida keng uchraydigan bolalar uchun mo‘ljallangan retseptlar asosida tuzilgan va keltirilgan texnologiyalar zamonaviy me’yoriy xujjatlar talabiga to‘la mos keladi. O‘quv qo‘llanmada korrigentlarni qollash asoslari va ularni sifatini baholash bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Maxsus dori turlari texnologiyasida kosmetik va veterinar dori vositalarning texnologiyasi ham muhim ahamiyatga ega. Kosmetik preparatlar dorixonada tayyorlanadigan dori vositalar assortimenti ichida mustahkam joy egallaganlar va bugungi kunda ularga zeb beruvchi mahsulot emas, balki turli kosmetik nuqsonlarni bartaraf etuvchi gigienik-profilaktik vositalar sifatida qaralmoqda. Shu sababli farmatsevtlar kosmetik va veterinar dori vositalar texnologiyasi bo‘yicha maksimal ravishda ma’lumotlarni olishga intilishadi. Bunda ular kosmetik vositalarni imkon qadar sifatli va bezarar bo‘lishini ta’minlaydilar. Bugungi kunda samarador, teri va organizm uchun mutlaqo bezarar fitokosmetik vositalarga talab katta.
Uslubiy qo’llanmada kosmetik vositalar texnologiyasi va veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasiga oid so’ngi ilmiy yangiliklar bilan bir qatorda hozirgi kunda ta'lim jarayonida keng qo’llaniladigan interaktiv metodlar va innovatsion texnologiyalarni o’quv jarayonida qollashni ko’zda tutadi. Zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar o’quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga emas, balki bilimlarni o’zlari qidirib topishlari va tеgishli xulosalarni ham o’zlari kеltirib chiqarishga o’rgatadi. Qo’llanma ilg’or pеdagogik tеxnologiyalar printsipida tuzilgan: mavzuni o’rganishdan maqsad, mavzuning ahamiyati, talabalar vazifasi, uslubiy ta'minot va mashg’ulotni jihozlanishi, vaziyatli maslalar («Mummoli vaziyat» pеdagogik tеxnologiya mеtodidan foydalangan holda muhokama qilish tavsiya etiladi), mustaqil tayyorlanish uchun savollar va bajariladigan topshiriqlar («Aqliy hujum» pеdagogik tеxnologiya mеtodidan foydalangan holda o’tkazish tavsiya etiladi), uslubiy ko’rsatmalar, talabalarni o’zlashtirishini tеkshirishda tеst savollari va talabalarni umumiy fikr doirasini kеngaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishiga qaratilgan «Tarmoqlar» mеtodlari asosida topshiriqlar bеrilgan.
Uslubiy qo’llanmadani tuzishda zamonaviy horijiy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlardan keng foydalanildi. Jimladan, «Pediatriya amaliyotida ishlatiladigan suyuq va qattiq dorilarni tayorlash asoslari» va «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar texnologiyasi» mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotlarida Dr. Jaime Cortina “Pediatria para todos (Spanish Edition)”, Loyd V. Allen, Jr.,Nicholas G. Popovich, Howard C. Ansel.Ansel’s “Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Delivery Systems” va Michael E. Aulton, Kevin M.G. Taylor “The Design and Manufacture of Medicines”, «Kosmetik vositalar texnologiyasi» mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotlarida Baki Gabriella and Kenneth S. Alexander “Introduction to Cosmetic Formulation and Technology” va Andre´ O. Barel, Marc Paye, Howard I. Maibach “Handbook of cosmetic science and technology”, «Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi» mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotlarida Steven B. Kayne, Michael H. Jepson “Veterinary Pharmacy” adabiyotlardan foydalanildi.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin