masalalari hal qilinayotganida uning uchun sarflanadigan xarajatlar
va olinadigan foyda qiyoslanishi kerak. Bu yerda yana shuni ham
eslatib o ‘tish joizki, murakkab investitsion logistik tizimlarni ishlab
chiqayotganda to ‘plangan axborotlarni saqlash xarajatlari ham
chetda qolib ketmasligi kerak, ayniqsa, tavakkalchilik xarajatlari-
ning miqdori juda kam bo‘lsa.
Olinayotgan axborotlar faqat tizimni boshqasigagina emas,
bozordagi boshqa raqobatchilarning kuchli va nozik tomonlari
haqida hamda qabul qilinayotgan yechimlardagi tavakalchilik
darajasini ham baholash imkonini berishi kerak. Raqobat hozirgi
zamonda xo‘jalik yuritishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Shuning uchun raqiblarni to‘g ‘ri baholash korxonani rivojlanishi-
ning asosiy garovidir.
Logistika axborot tizimlari mahsulotlarni g‘amlab qo‘yish,
jo 'natish, omborga joylash, moliyaviy oqimlarini
ta ’minlash
masalalarini samarali hal etishda xizmat qiladi. Logistik axborot
oqimlari belgilariga qarab bir necha turga bo‘linadi (11 - rasm ).
Dostları ilə paylaş: