Axborot oqimlari moddiy oqimlardan oldinda, ular bilan bir
vaqtda yoki kechikib harakatlanishi mumkin. Bunda axborot oqimi
moddiy oqim bilan bir tarafga yoki qarama- qarshi tarafga
y o ‘nalgan bo‘lishi ham mumkin.
Oldinda oquvchi axborotlarga avvaldan beriladigan buyurtmalar
va yukning yetib borish vaqti kabi m a’lumotlar misol bo‘la oladi.
Moddiy oqimlar bilan bir vaqtda harakatlanadigan axborot oqim-
lariga transportirovka qilinayotgan yuklar haqidagi m a’lumotlar
kiradi. Yuklar qabul qilib olinganligi, ularning miqdori, sifati va
yetkazib berish bo‘yicha e’tirozlar to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar undan
kechikib harakatlanadigan oqim hisoblanadi.
Axborot oqimlari quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi va
boshqariladi:
- paydo bo‘lish manbai;
- oqimning harakat yo‘nalishi;
- uzatilish va qabul qilib olish tezligi;
- oqimning jadalligi va boshqalar.
Logistik tizimlarda axborot oqimlarini quyidagi yo'llar bilan
boshqarish mumkin:
- oqimning yo‘na!ishini o ‘zgartirish;
- xabarlarni uzatish tezligini uni qabul qila olish imkoniyati
darajasigacha sekinlashtirish;
- alohida olingan tugun (zveno) yoki axborot o ‘tkazish kanali
boMagining o ‘tkazish qobiliyati darajasigacha axborot oqimi
miqdorini kamaytirish.
Dostları ilə paylaş: