optimal variantini tanlash, y a’ni butun logistik zanjirda jam i
chiqimlarni kamaytirish imkoni paydo bo‘ladi.
3. Universal texnologik va ko‘tarish - tushirish qurilmalaridan
voz kechish. Aniq sharoitga mos keluvchi qurilmalardan foydala-
nish.
4. Zamonaviy mehnat sharoitini yaratish.Logistik tizimlarning
asosiy elementlaridan biri kadrlardir. Shunday logistik tizimlarni
yaratish kerakki, ularda ishlovchilarning nufuzi boshqalamikiga
qaraganda yuqoriroq bo‘lsin.
5. Logistik servisni rivojlantirish. Bozorni egallash uchun:
- tovar sifatini oshirish;
- yangi tovami ishlab chiqish;
- logistik servis darajasini ko‘tarish.
Bu uchta shartdan ko‘rinib turganidek uchinchi shart kapital
m ablag‘larni jalb etilishini talab etmaydi.
Bu shartlar bajarilganda, logistik tizimning optimal variantini
tanlash, ya’ni butun logistik zanjirda jam i chiqimlarni kamaytirish,
ya’ni logistika zaxiralar darajasini 30-50% ga, mahsulotlar harakat
vaqtini esa 25-40% qisqartirish imkonini beradi.
Logistik tizimlarni boshqarishni ta’minlovchi zvenolariga
kiruvchi eng asosiy zvenolardan biri (axborot bilan ta’minlash
tizimi) uning oborot ta’minotidir. Shuning uchun axborot oqimi
logistikaning asosiy tushunchasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: