yib ketsin. Talab kamayib ketganida zaxiralarga buyurtma berishda
teskari reaksiya vujudga keladi. Har bir zveno talab nisbatan
kamroq, 10% o ‘miga 5%, 15% o ‘miga 10% va hokazo buyurtma
beradi. Birinchi holatda omborlarda zaxiralar, demale, uni saqlash
xarajatlari ortib ketgan bo‘lsa, ikkinchi holatda zaxira miqdori
kamayib ketishi oqibatida talab to ‘liq qondirilmay qolishi mumkin.
Endi iste’molchilarning talablarini qondirishga (moddiy oqim
larni boshqarishga) logistika nuqtayi nazaridan qaraylik. Bunday
yondoshuvda boshqaruv obyekti alohida olingan zvenolar emas,
balki butun zanjir bo‘yicha harakatlanayotgan moddiy oqim bo‘ladi.
M oddiy oqimlarni logistik boshqarishda logistik yondoshuvning
an ’anaviy yondoshuvdan farqi shundaki, bunda boshqarishning
yagona funksiyasi yuzaga keladi. M oddiy oqimlarni samarali
boshqarishni ta’minlovchi moddiy oqimni o ‘tkazuvchi zanjirning
alohida bo‘g ‘inlari texnik, texnologik, iqtisodiy va metodologik
jihatdan yagona tizimga keltiriladi (4 - rasm).
Dostları ilə paylaş: