Nazorat savollari:
1. «Teskari aloqaga ega axborot tizimi» tushunchasi nima uchun
xizmat qiladi?
2. Teskari axborot tizimlari qanday tamoyillarga asoslanadi?
3. Bosqichma- bosqich yaratish tamoyili deganda nimani
tushinasiz?
4. Axborot tizimlarida EHM nima uchun kerak?
50
4.3. Logistik axborot tizimining infrastrukturasi va axborot
texnologiyalari
Transport logistikasi axborot ta’minotining (AT) moddiy-
texnologik bazasini transport-logistik operatsiyalarni tezkor bosh
qarish, natijalami nazorat qilish va baholash uchun zarur bo‘lgan har
xil texnik vositalar va dasturlar ta’minlaydi (14 - rasm).
Logistik axborot tizimining moddiy-texnologik bazasi quyida-
gilarni ta’minlaydi:
- logistik axborot tizimining ishini muvofiqlashtirish va
integratsiyalash;
- daromadlar, xarajatlar, byudjet moddalarining bajarilishi
haqidagi axborotlarning tezligi va uzluksizligini;
- xatolar sonini kamaytirish va logistik operatsiyalarni bajarish
paytida
14-rasm. Logistik axborot tizimlarining moddiy-texnologik bazasi
Yaqin kunlargacha logistik axborot tizimlarining infrastruk
turasi logistik operatsiyalarni boshqarish uchun xizmat qilib kelgan
bo'lib, ular asosan transport-logistik tizimlardagi buyurtmalarni
qabul qilish va qayta ishlash, yuklarni iste’molchiga yetkazib
berishda foydalanilar edi. Bugungi kundagi erkin raqobat sharoitida
logistik axborot tizimlari quyidagi masalami yecha olishni
ta’minlashi kerak:
- logistik talablarni rejalashtirish;
- boshqaruv nazorati;
- yechimlaming tahlili;
- yetkazib berish zanjirining integratsiyalashgan boshqaruvini
ta ’minlash.
Logistik axborot tizimlarining asosiy infratuzilmalaridan biri
bu, m a’lumotlar faylidir. M a’lumotlar faylda funksional belgilariga
qarab saqlanadi (rejalashtirish, nazorat qilish va boshqalar).
Transport logistikasining axborot ta ’minotida logistik axborot
jarayonlarining
harakati
avtomatlashtirilgandagina belgilangan
talablarga javob bera oladi. Y a’ni iste’mollarni ishonchli, to iiq va
aniq axborotlar bilan ta ’minlash hamda anglab yetishi uchun qulay
bo‘lgan shaklda uzatilganda amalga oshadi.
Bu yerda xulosa qilib yana shuni ham eslatib o ‘tish kerakki,
axborot va kommunikatsion tizimlar qanchalik rivojlangan bo‘lsa,
transport logistik jarayonlarning ish unumdorligi shunchalik ortadi.
Logistik axborot tizimida axborotlami avtomatlashtrilgan qayta
ilshov berishni hisoblash texnikasi va aloqa vositalari yordamida
amalga oshirish katta samara beradi.
Iqtisodiyotga «Logistika» fanini keng joriy etilishning asosiy
sabablaridan biri moddiy oqimlarni boshqarishda kompyuterlami
keng qo‘llanilishidir. Bugunda boshqa mutaxassisliklar kabi trans
port logistikasi bilan shug‘ullanuvchilarning ishini kompyutersiz
tasavvur etib bo‘lmaydi.
Elektron hisoblash mashinalarining asosiy bloklaridan biri
bo‘lgan hozirgi zamon protsessorlarining geometrik o ‘lchamlari
kichik bo‘lishiga qaramay juda katta xotiraga va tezkorlikka ega.
Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti xodimlarni
o ‘z joyida
o ‘tirib murakkab masalalami yechish imkonini beradi. Kompyuter
texnikasining bu imkoniyatlari moddiy oqimlarning harakatiga
tizimli yondoshish, har bir uchastka orasidagi axborotlami uzluksiz
va o ‘z vaqtida olishni ta ’minlaydi.
52
Hozirgi zamon iqtisodiyotida transport sistemalarida axborot
texnologiyalari (AT) unumdorlikning va raqobatbardoshlikning
asosiy garovi bo‘lib hisoblanadi.
Yangi axborot texnologiyalarini joriy etish undan foydala-
nuvchilar bevosita axborotlarni olishi uchun qulay sharoitlarni
yaratib berishi sababli bir paytda ortiqcha oraliq zvenolarni bartaraf
etilishiga olib keladi. Bu esa, o ‘z navbatida, transport logistikasi
uchun katta nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Agar transport terminali ko‘rsatishi kerak bo‘lgan xizmatlarga
bevosita yo‘l ochib berilsa, jarayonlam i avtomatlashtirish transport-
logistik zanjimi optimal darajagacha qisqartirishga olib keladi. Ichki
logistik operatsiyalar
mukammallashtrilib borgani sari ortiqcha
ichki va xuddi shunday tashqi zvenolar ham bartaraf etiladi.
0 ‘zaro hamkorlikka layoqat transportirovka qiluvchilar orasida
axborotlarni kompyuterlar yordamida amalga oshirish imkonini
beradi.
Shunday qilib, axborot tizimlari va texnologiyalari transport
logistikasiga katta ta’sir etadi va biznes masalalarini yechishning
eng samarali vositasi hisoblanadi.
Yuqoridagilardan
kelib
chiqib,
axborot
texnologiyalari
atamasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: axborotlarni to ‘plash,
qayta ishlash, saqlash, uzatish va foydalanish usuli va vositalari.
Logistikaning axborot texnologiyalarini asosan quyidagilar
tashkil etadi:
- m a’lumotlaming elektron almashuvi;
- aloqa vositalari;
- aloqa kommunikatsiyalari;
- internet;
- pochta;
- shtrix yordamida kodlash;
- integrallashgan logistikani q o ila b quvvatlash.
M a’lumotlaming elektron almashuvi kompyuterlar va zamo-
naviy telekommunikatsiyalar yordamida amalga oshiriladi. U pochta
va xat tashuvchilarga b o ig a n ehtiyojni, hatto faksni ham bartaraf
etadi.
53
Yetkazib beruvchilar va iste’molchilar aloqasi integratsiyasi na-
tijasida ish unumdorligi ortadi, operatsiyalarga sarflanadigan xara-
jatlar kamayadi.
A xborot texnologiyalarini qo'llash har xil transport kompa-
niyalari va turlari bitta yagona tizim va standart asosida ishlashi
uchun imkoniyat yaratib beradi. Birlashtirilgan transport tarm og‘i
har bir transport turining afzalliklaridan to ‘liq foydalanishni
ta ’minlaydi. A loqa vositalari va kommunikatsiyalari yo‘lda ketayot-
gan transport vositalari bilan doimiy aloqani ta’minlab beradi. Bu
y o ‘nalishda amalga oshirilayotgan eng zamonaviy texnolo-
giyalardan biri GPS tizimi orqali aloqani o ‘rnatishdir.
Avtomobil harakati parametrlarining
GPS tizimi avtotrans-
portni ekspluatatsiya qilish davrida uni (dispetcher) nozimlik
boshqaruvini am alga oshirish va ish samaradorligini nazorat
qilishga m o‘ljallangan.
Tizim da ishlatilayotgan jihozlam ing turi va ko‘lamiga ko‘ra
bunda ikki turdagi muolajani amalga oshirish imkoni yaratiladi:
1. H ar bir transport vositasining harakati to ‘g ‘risidagi m a’Iu-
motni uzluksiz olish va tahlil etish;
2. Transport vositasining real vaqt masshtabidagi o ‘rni va
harakatini nazorat qilish.
Birinchi turdagi tizim soddaligi bilan ajralib turadi. Bu tizimda
markaziy server bilan uzluksiz bog‘langan va unga haq to‘lashning
hojati y o ‘q, chunki bog‘lanish muttasil mavjud bo‘ladi. Bundan
tashqari, serverning ham keragi yo‘q, demak, yuqori malakali
mutaxassis, unga haq toMashning ham xojati yo ‘q. Eng asosiysi, bu
tizim nafaqat 0 ‘zbekiston hududida, balki undan tashqarida ham
faoliyat k o ‘rsatishi mumkin.
Bu variantda axborot vaqti-vaqti bilan tahlil etiladi. Buning
uchun avtomobilga o ‘matilgan GPS qabul qilishdagi axborot
o ‘tilgan yo ‘l marshrutini ko‘rib, tahlil etish uchun kompyuterga
yoziladi. Natijada avtomobil marshrutining xohlagan nuqtasidagi
sana va vaqt, yo‘nalish va tezlik, bakdagi yonilig‘i sathi, olib qochil-
ganligi va hokazo m a’lumotlar olinadi.
Ikkinchi variantda yuqoridagi m a’lumotlarning hammasini real
vaqt uchun olinadi, ya’ni o‘tkinchi parametrlar ko‘rib turiladi. Dis
petcher o ‘zining kompyuter monitorida avtomobilning real harakati
54
vaqtidagi tezligi, yo‘li, yonilig‘i sarfi va h.k. lami ko‘rib turadi,
zarur bo‘lsa, haydovchiga tegishli buyruqlarni yuboradi. Lekin
jihozlarning qimmatga tushishi, ulanish kanallarining xizmatini
qoplash zarurligi, asosiysi, uyali aloqa GPS bog‘lanishining Res-
publika va undan tashqarida moliyaviy noqulayligi uning mavqyeini
pasaytiradi.
Aytish joizki, ikkala tizimning texnik vazifasi bir xil, deyish
mumkin.
Avtomobilning marshrutdagi harakatlanayotgan joyi aniqligi 3-
5 metrdan 120-150 metrgacha, harakat tezligi esa bir necha km/soat,
joriy vaqtga bogManish aniqligi 1-3 sekunddan bir minutgacha.
Tadqiqotchilar GPS jihozlarining ikki xilini Intellilog V5 va
Intellilog X8 ni sinab ko‘rishgan. Ikkala tur jihoz ham marshrut
100000 nuqtasining tavsifmi eslab qoladi, jumladan, geografik
kenglik, uzunligi, sana, vaqt, tezlik va hokazolar kabi.
Avtomobil harakati marshrutining sun'iy yo‘ldoshdan olingan
surati
15-rasmda ko‘rsatUgan. Kompyuterdagi m a’lumot matnli
fayldan iborat bo‘lib, uni tahlil etish uchun zarur dasturlar ishlab
chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |