‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/243
tarix16.12.2023
ölçüsü24 Kb.
#182349
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   243
PEDAGOGIKA

T est topshinqlari:
1. 0 ‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish quyidagi 
funksiyalami bajaradi:
a) bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish;
b) o ‘qitish, tashkil etish, tizimlash;
d) nazorat qilish, o ‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish;
e) umuminsoniy, gumanistik, demokratik.
2. 0 ‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarining yakuniy nazorati 
nima?
a) o ‘quvchilardan so‘rash;
b) yangi bilimlarni mustahkamlash vaqtida so'rash;
d) bo ‘lim yakuni, chorak oxirida, yarim yil yoki o ‘quv yili oxirida 
so‘rash;
e) dars yakunida so‘rash.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 -Q I S M . TARBIYA NAZARIYASI
TARBIYA JARAYONI M O H IYA TI VA M A Z M U N I.
TARBIYA TAMOYILLARI
Tarbiya nazariyasining mohiyati. 
Tarbiva nazarivasi pedagogika 
fanining m uhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, 
shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini 
o ‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtayi nazardan 
yondashish o ‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni 
ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining 
tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o ‘z 
q o idalarin i asoslash u c h u n falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, 
fiziologiya, psixologiya kabilarning m a ’lumotlaridan foydalanadi. 
Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa boMimlari: pedagogikaning 
u m u m iy asoslari, t a ’lim nazariyasi h a m d a xalq t a ’limi tizim ini 
boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya jarayonining mazmuni. 
Tarbiva — muayyan, aniq maqsad 
ham da ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tom onlam a o ‘stirish, 
uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. 
Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad 
yo‘Iida har to m o n lam a voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq- 
atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zam on va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha b o ‘lib, 
uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya 
g'oyasi t u rlic h a ifo dalangan b o ‘lsada, am m o y o 'n a ltiru v c h a n lik
xususiyati ham da obyektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o ‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday 
deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mam ot, yo najot -
yo falokat, yo saodat — yo falokat masalasidur»1. Ushbu fikrlardan 
anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy 
ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli 
boMishi avlodlar tarbiyasiga ko ‘p jihatdan bog‘liq.
0 ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni q o ‘lga
www.ziyouz.com kutubxonasi


kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib 
borilmoqda. Islohotlarning asosiy g ‘oyasi respublikaning rivojlanish va 
taraqqiyot yo‘li deb e ’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy 
jamiyatning Ьафо etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, 
huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o ‘sib kelayotgan yosh avlod 
z im m a s ig a y u k lan a d i. 0 ‘z b e k is t o n R e s p u b l ik a s in i n g « T a ’lim 
t o ‘g ‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham da 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti l.A.Karimovning qator asar va 
nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod — 0 ‘zbekiston taraqqiyotining 
poydevori», « 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida 
mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo ‘lga q o ‘yish maqsadi va 
vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya — shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun 
uyushtirilgan pedagogik jarayon b o ‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga 
m untazam va tizimli t a ’sir etish imkonini beradi.
T a rb iv a jarayoni o ‘q itu v c h i va o ‘q u v c h i ( ta r b iy a c h i va 
tarbiyalanuvchi)lar o ‘rtasida tashkil etiluvchi ham d a aniq maqsadga 
y o ‘n a ltirilg a n
h a m k o r lik
j a r a y o n i d i r .
T a r b iy a
j a r a y o n i d a
tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, 
ijtimoiy hayot uchun zarur b o ‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga 
xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo ‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik 
jihatdan t o ‘g ‘ri uyushtirish g ‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola 
t a s h q a r id a n kelayotgan tarb iy av iy t a ’sirlarg a n is b a ta n m a ’lum 
m u n o sa b a td a boMadi. Bu m u n o sa b a t shaxsning ichki ehtiyoj va 
xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga 
tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) t a ’siri bolaning ularga 
munosabatiga bogMiqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina 
e m a s , balki t a r b i y a l a n u v c h i n i n g bu fa o liy a tg a n i s b a t a n tu rli 
kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o ‘zi uchun 
n im a la r n i olayo tg anligini b ilish i z a ru r. Z e r o , ta r b iy a ijtim oiy 
munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jara y o n id a o ‘q u v c h in i n g o n g ig in a e m a s , balki his- 
tuyg‘ularini h a m o ‘stirib borish, un d a jam iyatning shaxsga q o ‘yadigan 
axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil 
qilish lozim. Bunga erishish uch un o ‘quvchining ongi, hissiyoti va 
irodasiga t a ’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e ’tibordan chetda 
qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga 
0
‘qituvchi
www.ziyouz.com kutubxonasi


rahbarlik qiladi. U o'quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy 
jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy ja ra y o n d a faol ishtirok etish orqali o 'q u v c h ila rn in g
mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o'quvchilar 
jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning 
tengdoshlari va o'zini o'zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o'z 
xulqi, x a tti-h a ra k a ti u c h u n j a m o a oldida javobgarlikni sezishga 
erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo'lib 
qoladi.
Tarbiyani samarali yo'lga qo'yish uchun uning harakatlantiruvchi 
kuchi, tarbiya jarayonining manbayini yaxshi bilish va hisobga olish 
m u h im d ir . Bu ta rb iy a j a r a y o n id a g i ichki va ta s h q i q a r a m a -
qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga 
olish kerak bo'ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar 
vujudga keladi.
F a o liya t ja r a y o n id a hosil b o 'lg a n m alaka va o d a tla r axloq 
m e ’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.
D em ak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri — 
o'quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o'qish, mehnat, ijtimoiy 
ishlar, o'yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus t a ’sir 
etish muhimdir. Aks holda xulq m e ’yorlari, axloq talablarini yaxshi 
tushunm ay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, 
tasodifiy t a ’sirga beriluvchan bo'lib qolishi mumkin.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari 
ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo'ladi.
Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o'rin tutadi. Shaxsni 
shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo'lib, bu borada 
belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda 
belgilangan va puxta o'ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya 
jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'zini-o'zi 
tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o'rin tutadi. Tarbiya 
m azm uni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga 
oshishi uchun m a ’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. 
Ushbu g'oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin