tashqari, soliq bizga tegishli bo‘lgan daromad va ish haqining bir
qismidir. 0 ‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish)
bo‘yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisob
lanadi.
Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati
birlashtirib turadi. Ular bir—birlaridan o'zlarining funksiyalari va
maqsadliligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga tegishli
bo‘lgan barcha belgilarning majmui ko'rib chiqilsagina ularni farqlash
mumkin. Xususan, noekvivalent xarakterga ega bo‘lgan va davlatning
mavjudligi natijasida vujudga keladigan jamiyatdagi pul munosa
batlari davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida
moliya mavjud bo‘lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga
o'tsa, u boshqa iqtisodiy kategoriyalarga xos belgilarni o'zida
mujassam etadi.
1.2. M oliyaning funksiyalari
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo'ladi.
Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi:
1. Taqsimlash;
2. Nazorat.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o ‘zida amalga
oshiriladi6
Har qanday (bir) m oliyaviy operatsiya Y alM va M D n i
taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini
anglatadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlashga
yo‘naltirganligidadir. Shunga muvofiq moliyaning bosh yoki asosiy
Moliya
6 Bir vaqtning o ‘zida moliyaning funksiyalari xususida moliyachi-olimlar o ‘rtasida
hamon bir to'xtamga kelingani yo‘q. Ayrim iqtisodchi-olimlaming fikricha, moliyaning
funksiyalari 2tadan lOtagachatebranibboradi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
huzuridagi Rossiya Davlat xizmati akademiyasi iqtisodchi-olimlarining fikriga muvofiq
moliyaning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: taqsimlash va qayta taqsimlash;
rag'batlantirish (tartibga solish); nazorat; tak ro r ishlab chiqaysh; takror ishlab
chiqarishning barcha darajalarida uning jarayonlarini pul mablag'lari bilan ta ’minlash.
(Qarang: Финансы, налоги и кредит. Учебник. Изд. 2-е, доп. и перераб. /П о д
ред. д.э.н., проф. И.Д.Мацкуляка. - М.: Изд-во РАГС, 2007. С.21).
13
А. V. Vahobov. T.S. Malikov
fimksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir.
Moliya YalMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib,
uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning
turli darajalarini (mamlakat, uning alohida mintaqalari va mahalliy
o‘z-o‘zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga
taqsimlashning turli ko'rinishlarini (xo'jalik ichida, tarmoq ichida,
tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug'diruvchi ko‘p bosqichlilik
xosdir.
Eng a w a lo , m oliyaning taqsim lash funksiyasi M D ni
taqsimlashda, «asosiy yoki birlamchi daromadlar» deb nom olgan
holatlarni yaratish (tashkil etish) yuzaga kelganda namoyon bo‘ladi.
Ularning yig'indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy
ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida
shakllanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadh
• moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchi va
xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daromadlari;
• m oddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning
daromadlari.
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo‘jalik ustuvor
tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash,
aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy
pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun
quyidagilar bilan bog‘langan holda MDni yanada taqsimlash va
qayta taqsimlash zarur:
• xo'jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari va jamg'armalaridan
eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag‘larni
tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan;
• ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ishlab chiqarishdan
tashqaridagi sohalarining (maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta
va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan;
• aholining turli ijtimoiy qatlamlari o'rtasida daromadlarni qayta
taqsimlash bilan.
Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki «kelib
chiquvchi» daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga ishlab
14
chiqarishdan tashqaridagi sohalar tarmoqlaridan olingan daromadlar,
soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va
boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar M Ddan foydalanish
borasidagi yakuniy nisbatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib,
moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni
ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga transform atsiya
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida
yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va eng
awalo, bir tomondan pul fondlarining o'lchami va ularning tarkibiy
tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va
iste’mol buyumlarining hajmi va tuzilmasi o'rtasidagi muvofiqlikni
ta’minlashi kerak.
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash
milliy iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor
tarmoqlarini (qishloq xo‘jaligi, transport, energetika va h.k.)
rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta ’minlangan
qatlamlari (nafaqaxo‘rlar, talabalar, yolg'iz va ko‘p bolali onalar
va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi.
Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xojalikning ishlab
chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalari, moddiy ishlab
chiqarish tarmoqlari, mamlakatning maxsus mintaqalari, mulkchilik
shakllari va aholining ijtimoiy guruhlari o'rtasida sodir bo‘ladi.
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YalM va MDni
taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab
chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy
tuzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng
qatlamlari hayotining yuqari sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori
natijalarga erishish, moliya—xo‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardagi har bir xodim va jamoaning moddiy
m anfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga
bo‘ysundirilgan.
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina
MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning
jamg'arilishiga, iste’mol sohasiga ham o‘z ta’sirini ko'rsatadi. Shu
M oliya
15
ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab
chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini
va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
• xo‘jalik sub’ektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘z-o‘zini
boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini
shakllantirishga;
• xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo,
shuningdek ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqaridagi
sohalar, aholi ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashni sodir
etishga;
• xo‘jalik sub’ekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga,
fuqarolar jamg‘armalarini amalga oshirishga imkoniyat va shart-
sharoit yaratib beradi.
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanish-
ning instrum ent sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga
oshirilishini ob’ektiv ravishda o ‘zida aks ettiradi. Uning nazorat
funksiyasi YalMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsad-
ga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali
namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat
funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning
harakati tashkil etadi. Ana shu harakat yo‘nalishiga bog‘liq holda u
jamiyatning pul mablag‘larini taqsimlashda qanday nisbatlar vujudga
kelayotganligi, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoriga moliyaviy
resurslarning o‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi
xususida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Agar moliyaning nazorat
funksiyasi amaliyotda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilniasa, moliya taqsimlash
funksiyasi samaradorligini baholash qiyin kechadi. Bu holat
yuqoridagi har ikki funksiya muvofiqlashtirilishi zarurligini
ko'rsatadi.
Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida moliyaning nazorat
funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik
riv o jlan ish in i t a ’m inlashga, ilm iy-teX nika ta ra q q iy o tin i
jadallashtirishga, milliy xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlarida ish sifatini
uzluksiz yaxshilashga yo‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va ishlab
4
Dostları ilə paylaş: |