Falsafa boshqa fanlar singari borliqning aniq yoki kichik
sohasini o'rganm aydi, balki barcha fanlarning yutuqlarini nazariy
u m u m la s h tirib , b ir tiz im g a k e ltirib , b o rliq n in g u m u m iy
mohiyatini, qonunlarini ochadi.
Umuman, falsafa bilimlar haqidagi
bilimdir, fanlar ichidagi fandir, muayyan an’ana va qadriyatlarga
tayangan tafakkur madaniyatidir.
Dastawal, falsafa kishilaming borliq haqidagi barcha bilimlarini
o ‘z ichiga olgan. Falsafadan ayrim bilim sohalari ajralib chiqish
(differensiatsiya) jarayoni uzoq davom etdi. Dastlab, falsafadan
matematika, geometriya, astronomiya (m iloddan ilgarigi II—I
asrlarda va yangi eraning I—II asrlarida), keyinchalik geologiya,
geodeziya,
tibbiyot, farmakologiya (X—XIV asrlarda), mexanika
(XV—XVI asrlarda), fizika, kimyo, biologiya, fiziologiya (XVI—
XVIII asrlarga kelib), yana biroz keyinroq esa, gumanitar va ijtimoiy
fanlar (X V III—XIX asrlar davomida) ajralib chiqishi jarayoni
yuz berdi. Falsafadan ajralib chiqqan aniq fanlar o ‘zlarining
dastlabki bosqichlarida asosan dalillar to ‘plash, ularni tartibga solish
va um um lashtirish, m a’lum turlarga,
guruhlarga ajratish bilan
shug'ullanadi. B oshqacha aytganda tabiat, inson va jam iyat
muammolarining har bir sohasini alohida-alohida, boshqa sohalar
bilan bog‘lanmagan holda o ‘rganadilar.
XVII—XVIII asrlarda falsafaning bahs mavzusi dunyoning
turli tom o n larin i alo h id a-alo h id a o ‘rganayotgan
aniq fanlar
o ‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘lanishlarni o ‘rganish, ularning
istiqbolini belgilaydigan metodologik yo‘llanm alar yaratishdan
iborat, deb qarala boshlandi. Bu davr faylasuflari barcha aniq fanlarni
yana qaytadan guruh-guruh qilib birlashtirib (integratsiyalashtirib),
inson bilimlarining hammasini o ‘zida qamrovchi falsafiy qarashlar
tizimlarini tuza boshladilar. Natijada, falsafaga fanlar qomusi sifatida
qarala boshlanadi. Bunga Gegelning falsafiy sistemasi — tabiat
falsafasi, tarix falsafasi,
ruh falsafasi, huquq falsafasi va logikasi
(mantiq)ni misol qilib keltirishimiz mumkin. Lekin tabiat, jamiyat,
inson va uning tafakkuriga oid bilim lar hali yetarli em asdi,
shuningdek, ular o ‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘lanishlar ham to ‘liq
ochilmagan edi.
Inson bilim larida chala jo y lar k o ‘p b o ‘lgan bir vaqtda,
falsafaning „fanlar fani“ga da’vogarlik qilishga haqi bor edi. Chunki,
falsafa bu davrda insoniyat bilimlaridagi bu chala joylarni mantiqiy
mulohazalar yo‘li bilan to ‘ldira boshladi.
Bu davr faylasuflari shu
yo‘l bilan dunyoning turli sohalari o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlar,
24
materiyaning tuzilishi va xossalari haqida hayratom uz farazlarni
o ‘rtaga tashlay boshlagan edilar. M asalan, faylasuflardan I. Kant
falsafaning bahs mavzusi va u o'rganishi lozim bo'lgan m uam
molarni birinchi bo ‘lib, to ‘g£ri ta ’riflashga uringan edi. Uning
kosmologik nazariyasi bu davrda fan taraqqiyotiga katta imkoniyat
yaratgan metodologik asos bo‘lib qoldi. Shu bilan birga,
bu davr
falsafasida, keyinchalik ilm iy ravishda tasd iq lan g an , genial
gumonlar fanlar taraqqiyotiga to ‘sqinlik qilgan ko‘pgina uydirmalar
ham bo‘lgan.
XIX
asr oxiri, XX asr o ‘rtalarida aniq fanlar sohalarida buyuk
ilm iy kashfiyotlar q ilin d i, tab iat, inson va jam iy at o ‘zaro
aloqadorligining yangi tomonlari ochildi. Fanlarning minglab yangi
sohalari, yo'nalishlari
yuzaga kelishi, inson bilimlarini falsafiy
um um lashtirish ehtiyojini kuchaytirdi. Bu esa falsafaning o ‘zi
u ch u n ham , boshqa barcha aniq fanlar u c h u n ham , ijobiy
ahamiyatga ega edi.
Demak, falsafa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan
m a’naviy madaniyatning bir qismi bo ‘lib, insonning o ‘zi va borliq
to ‘g‘risidagi bir butun bilimlar tizim idan iboratdir. 0 ‘z mohiyati
va mazmuniga ko‘ra, falsafiy bilimlar milliy m a’naviyatlarni ham
o ‘zida mujassamlashtirgan um um insoniy m a’naviy qadriyatlar
tizimiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: