B u
kasalliklar, birinchi navbatda, aholi ko‘payishini boshqarish
va tashkil etish yo‘lga q o ‘yilmagan mamlakatlardagi ochlik, oziq-
ovqatlar tarkibida oqsillarning kamligidan ham kelib chiqmoqda.
M a'Iumki, jahon miqyosida ochlik xavfi mavjudligi birinchi
m arta BM T to m o n id a n 1950-yilda ta n olingan. 0 ‘sh an d a
ir.soniyatning qariyb yarmi yetarli miqdorda kaloriyali oqsil iste’mol
qila olmayotgani aytilgan edi. Xalqaro tashkilotning m a’lumotlariga
ko^a^ivojlanayotgan mamlakatlarda 60-yillarda 60 % aholi u yoki
bu darajada ochlikdan azob ko'rgan b o ‘lsa, 20 % aholi m untazam
ochlikdan qiynalgan. 70—80-yillarda bu sohada xalqaro miqyosda
ancha ish qilinganiga qaramay, muayyan darajada ochlikka duchor
bo'lgan aholining mutlaq miqdori 0,8 mlrd ni tashkil etgan.
Ijtim oiy-iqtisodiy sh art-sh aro itlarg a (yetarli m iqdordagi
rnablag‘ning ajratilmasligi,malakali mutaxassislar yetishmasligi va
h.k.) ko‘ra, jahon aholisining 40 % vodoprovod suvi, kanalizatsiya
va sanitariya xizmatidan foydalanmaydi. Bunday ahvol rivojla-
nayotgan m am lakatlarda k o ‘plab uch ram o q d a. 0 ‘z - o ‘zidan
lavshanki, bularning hammasi epidemiyalar tarqalishiga olib keladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda sil, bezgak kabi kasalliklar keng
tarqalgan. Hozirgi vaqtda, bularning qatoriga O ITZ ham qo ‘shil-
moqda. Shuningdek, yurak, ruhiy-asab kasalliklari, rak va shu
kabilarning ko'payayotganligi ham tashvishlidir.
Dostları ilə paylaş: