‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


IX—XII asrlarda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlarning



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/295
tarix02.12.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#171704
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   295
Falsafa (1)

IX—XII asrlarda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlarning
ikkinchisi — Ahmad ibn Muhammad al-Farg‘oniy 
(798—865- 
yillar)dir.
Ahmad A l-Farg‘oniy o ‘rta asrlarda yashagan 0 ‘rta Osiyolik 
olim lar orasida buyuk astronom , m atem atik, geograf sifatida 
salmoqli o ‘rinni egallaydi. U Farg‘onaning Qubo (hozirgi Quva) 
shahrida tug‘ilib-o‘sib, o'zining dastlabki m a’lum otini shu yerda 
oladi. So‘ng o ‘z bilimlarini oshirish, o ‘qish va o ‘rganish uchun 
o ‘sha davrning ilmiy m arkazlaridan bo'lgan Bag‘dodga kelib, 
,,Baytul-H ikm a“ („H ikm atlar uyi“ )da ustozlardan saboq olib
o ‘zi ham ilmiy tadqiqotlar olib bordi. U ,,Baytul-H ikm a“ olimlari 
bilan hamkorlikda turli ilmiy asarlarni hind, fors va yunon tillaridan 
arab tiliga taijim alar qiladi.
Ahmad Farg‘oniy Bag‘dodda ,,B aytul-H ikm a“ning yetakchi 
olimlaridan biri sifatida tanilib, shu yerda yashab, ijod etadi. Uning 
8 asari bizga m a’lum bo‘lib, ularning hammasi astronomiyaga oiddir. 
Uning asarlari XII asrdayoq Yevropada lotin tiliga taijim a qilinib, 
muallifining nomi lotinchalashtirilib ,,Alfraganus“ deb atalgan. 
Uning astronomiyaga oid asari X III asrda boshqa Yevropa tillariga 
ham taijima qilinadi va hozir ham universitetlarda astronomiyadan 
asosiy darslik sifatida foydalaniladi.
A l-Farg‘oniyning astronomiyaga qo'shgan hissasi — osmon 
sferalari yoritqichlari va Yerning graduslarini birinchi m arta 
o ‘lchab, aniqlab berishi bo'ladi. Bu asar olam tuzilishini ilmiy 
ta s a w u r etish nin g m uhim asosi b o ‘ldi. A l- F a rg ‘oniy n in g
yozishicha, osm on m anzarasini gavdalantirib beradigan ikkita 
,,belbog‘“ bor, ular — osmon ekvatori va Quyosh ekliptikasidir. 
Osmon ekvatori Yer ekvatorining davomi b o ‘lib, bir tekislikda 
yotadi. Quyosh ekliptikasi esa, Quyoshning Yer atrofida (aslida 
Yerning Quyosh atrofida, tevaragida) harakati natijasida hosil 
bo‘lgan trayektoriyadir. Osm on ekvatori bilan Quyosh ekliptikasi
55


tekisliklari o ‘zaro doimiy burchakni hosil qiladi. Bu burchak 23 
daraja-yu, 35 minutdir. Bu o ‘lchov o ‘z davri uchun g'oyat aniq edi.
A l-F arg‘oniy Yer radiusi yoyining bir darajasi uzunligini 
topib, uni 36,0 ga ko‘paytirib, 40 ming 800 km tashkil qilishini 
aniqlaydi. Bu Yer m eridianining uzunligi edi. Yer meridianining 
hozirgi zamon ilmiy asboblari va usullari bilan o ‘lchangan uzunligi, 
ya’ni „Yer belbog‘i“ 40 ming 8 km ni tashkil qiladi. Shundan 
kelib chiqsak, A l-Farg‘oniyning o ‘lchovi o ‘z davri uchun juda 
katta aniqlik edi.
A l-Farg‘oniy dunyo xalqlarining yil hisoblari kalendarlari 
m uam m osi bilan ham shug‘ullanadi. U hind, yunon, Eron, 
Suriya, 0 ‘rta Osiyo xalqlari yaratgan barcha kalendarlarni taqqos- 
lab, o ‘rganib chiqadi. A l-Farg‘oniyning bu boradagi kashfiyoti 
keyingi davr astronom ik-m atem atik nazariyalarining barchasiga 
asos b o ‘lib xizmat qildi. A l-Farg‘oniy Yer ekvatorida Quyosh ikki 
marta — bahorgi va kuzgi teng kunliklarida zenitda bo‘lishini, osmon 
qutblari gorizont tekisligida yotishini, qutblarda kecha qishga, 
kunduz yozga 6 oydan bo'linishlarini ham ko‘rsatib bergan.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin