Asosiy gorizont laxmlarining joylashishi gorizontal va qiya konlar mustahkamlagichlari



Yüklə 16,7 Kb.
səhifə1/2
tarix28.09.2023
ölçüsü16,7 Kb.
#149969
  1   2
Mavzu gorizont haqida tushuncha-hozir.org


Mavzu: gorizont haqida tushuncha

MAVZU: GORIZONT HAQIDA TUSHUNCHA

REJA:

  1. GORIZONT NIMA?


  2. ASOSIY GORIZONT LAXMLARINING JOYLASHISHI


  3. GORIZONTAL VA QIYA KONLAR MUSTAHKAMLAGICHLARI



GORIZONT — aloqa Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) nomi, kechasiyu-kunduzi uzoq, telegraf-telefon radioaloqalarini va «Orbita», «Moskva» sistemalari st-yalari boʻyicha televideniye dasturlarini uzatish, shuningdek, «Intersputnik» yoʻldoshlar xalqaro aloqa tizimidan foydalanish maqsadida uchirilgan. YESY massasi — 2 t, Quyosh batareyalari bilan panellar yoyilgan hollarida kengligi 10 m. Yerga aniq yoʻnalish uch oʻkli sistema yordamida amalga oshiriladi «Gorizont» bortida energiya b-n taʼminlovchi qurilma, axborotni Yerga uzatuvchi radiotelemetrik sistema, orbita parametrlarini aniq oʻlchab boruvchi radiosistema, orbitaga tuzatish kiritib turuvchi tizim mavjud. «Gorizont» orbitaga 4 bosqichli uchiruvchi raketa «Proton» yordamida chiqariladi. 1979 — 83 y. mobaynida 5 ta «Gorizont» statsionar aylanma orbita (balandligi — 36000 km ga yaqin orbita)ga chiqarildi. Asosiy gorizont laxmlarining joylashishi
Juda yupqa ruda tanalarini qazib olishda shtreklarni ruda tanasi bo’yicha, shuningdek ruda tanasi yotgan yoki osilib turgan yon tomondagi tog’ jinslari bo’ylab o’tish mumkin. Eng ko’p qo’llaniladigan usul shtreklar ruda tanasi bo’yicha o’tilishidir.
Qalin konlarda tashuvchi shtreklar odatda yon tomonlarga bog’liq ravishda tanlandi.Qalinligi yuqori bo’lgan konlarda asosiy gorizontda ortlar bilan bir-biriga bog’langan bitta yoki bir nechta shtreklar o’tiladi. Ayrim hollarda, asosan, mustahkam bo’lmagan rudalarda ko’taruvchi shtreklar tog’ jinsining yon tomonidan o’tadigan maydonli tayyorlash qo’llaniladi.
Vosstayushiylar ruda tanasidan asosiy laxmlarni o’zaro va shamollatish gorizontlari bilan bog’lash uchun o’tiladi
Gorizontal va qiya konlar mustahkamlagichlari

Yog’och mustahkamlagich o’rnatishning oddiyligi, ishonchliligi va mexanik qayta ishlash oson bo’lganligi tufayli bizning mamalakatimizdagi shaxtalarda keng qo’llaniladi. Yog’och mustahkamlagichlarni qo’llaganimida laxm ko’ndalang kesim yuzasi shakli trapetsiyasimon, to’g’ri burchakli uchburchak, polygonal, aylana boshqa shaklda bo’lishi mumkin.
Trapetsiyasimon shakl eng ko’p qo’llaniladi. Mustahkamlagich butun, butun bo’lmagan va kuchaytirilgan mustahkamlash ramalaridan o’tiladi (3-rasm). Bir qator hollarda nosimmetrik shakldagi ramalar o’rnatiladi.
3 –ram. Mustahkamlash ramalari shakllari:
а – butun bo’lmagan mustahkamlash ramasi; б – butun mustahkamlash ramasi; полная крепежная рама; в – kuchaytirilgan rama; г va д – nosimmetrik rama

Metall mustahkamlagich. Metal mustahkamlagichlari konstruksiyalari shakllariga ko’ra arkasimon, trapetsiyasimon va xalqasimon bo’ladi. Eng keng tarqalgan shakl arkasimon shakldir. Arkasimon mustahkamlagich ikki, uch va besh sharnirli bo’ladi.


3.1 rasm. Yumshoq metal mustahkamlagich

3.1 – rasmda metal mustahkamlagich bilan mustahkamlangan kon laxmi ko’rsatilgan. Metall mustahkamlagichlar xizmat muddatiga qarab vaqtinchalik yoki doimiy bo’lishi mumkin. Vaqtinchalik mustahkamlagich zaboy siljishi bilan o’rnatib boriladi. Ular o’rnatishda va qismlarga ajratishda oson yig’iladigan bo’lishi kerak. Metall mustahkamlagichlar kon laxmining xizmat muddati 5 – 25 yil bo’lganda gorizontal va qiya laxmlarni mustahkamlashda qo’llaniladi. Tog’ jinslari o’z holida ya’ni massiv butun holida muvozanat holatida bo’ladi. Kon laxmlari o’tilganda ana shu muvozanat buziladi va tog’ jinslari yangi holatdagi muvozanatga o’tishga harakat qilib, laxm atrofida deformatsiyalanadi. Kon laxmlarini o’rab turgan massivda vujudga keladigan kuch kon bosimi deyiladi.


Ko’ndalang kesim yuzasi katta bo’lmagan laxmlarda ularni o’rab turgan jinslar juda mustahkam bo’lgan bir qancha hollarda ular uzoq vaqt davomida mustahkamlagichsiz turishi mumkin. Tog’ jinslari hamma joyda mustahkam bo’lmagan va laxm ko’ndalang kesim yuzasining yetarli darajada katta bo’lishi oqibatida laxm chetlari kon bosimi ta’sirida deformatsiyalanishi va yoriqlar hosil bo’lishi mumkin. Yoriqlar kattalshib borishi borishi bilan tog’ jinslarining qatlamlashishi yuz beradi va ulardan alohida bo’laklar ajralib tusha boshlaydi. Bu hol o’pirilishga olib kelishi mumkin.
Laxmning berilgan shaklini va o’lchamini saqlab qolish maqsadida mustahkamlagichlar o’rnatiladi.
Laxmni o’rab turgan jinslarning deformatsiyalanishiga sabab bo’luvchi massiv holatining kuchlanishi o’zgarishi bir qancha konturlar bo’yicha chegaralanadi. Bunday konturlar chegarasida yotgan tog’ jinslari berilgan laxmning ta’siriga tushmaydi.
Tog’ jinslarining mustahkamligiga laxmga kerakli o’lcham va shakl berish orqali, shuningdek unga mos mustahkamlagich tanlash orqali erishish mumkin. Kon bosimining yuzaga kelish xarakteri va kattaligi turli xil bo’ladi va u tog’ jinslarining yotish sharoiti va fizik-mexanik xususiyatlariga, kon laxmlarining ko’ndalang kesim yuzasi o’lchamlari va shakliga va boshqa bir qator omillarga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 16,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin