Mavzu : Ko‘ndalang kesimlar, mustahkamlagich turlari va kon lahimlarini o‘tkazish usullari Reja: Mustahkamlagich materiallari Kon lahimi mustahkamlagichlari Kon lahimlarini o‘tish usullari va texnalogiyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Mustahkamlagich



Yüklə 261,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.09.2023
ölçüsü261,2 Kb.
#150029
  1   2   3
Ko‘ndalang kesimlar, mustahkamlagich turlari va kon lahimlarini o‘tkazish.Yerosti konchilik ishlari



MAVZU
: Ko‘ndalang kesimlar, mustahkamlagich turlari va kon lahimlarini o‘tkazish 
usullari
Reja:
1.
Mustahkamlagich materiallari
2.
Kon lahimi mustahkamlagichlari
3.
Kon lahimlarini o‘tish usullari va texnalogiyasi
4.
Xulosa 
5.
Foydalanilgan adabiyotlar 
Mustahkamlagich materiallari 
Kon mustahkamlagichlarini tayyorlashda ishlatiladigan materiallar mustahkamlagich 
materiallari hisoblanadi. Mustahkamlagich materiallari yuqori pishiqlikka, ya’ni o’zining 
mas- sasiga nisbatan ancha ko‘p bo‘lgan yuk bosimiga vaqtincha qarshilik ko’rsatish sifatiga 
ega bo’lishi. ko‘p va arzon o‘tga chidamli va yengil alangalanmaydigan. zanglamaydigan 
va 
chirimaydigan 
bo‘lishi 
zarur.
Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklardagi kon lahimlarini mus- tahkamlashda 
mustahkamlagich materiallari sifatida yog‘och. metall. beton. temir-beton. tabiiy va sun’iy 
toshlar. 
shuningdek. 
polimer 
materiallaridan 
foydalaniladi.
Kon lahimlarini mustahkamlashda yog‘och materiallari boshqalariga qaraganda ko‘proq 
qo‘llaniladi. Chunki yog‘och o‘z massasiga nisbatan pishiq bo‘lib. osonlikcha qayta 
ishlanadi va nisbatan arzon bo‘ladi. Ammo yog‘och mustahkamlagich materiallari yonish 
xususiyatiga ega ekanligi. chirishga moyil- ligi tufayli ishlash muddati qisqa bo‘lishi kabi 
kamchiliklardan 
ham 
xoli 
emas.
Yog‘och mustahkamlagich materiallari sifatida g‘o‘la. brus. taxta. garbil va shu kabilardan 
foydalaniladi.
G‘o‘la — uzunligi 5 dan 9 m gacha bo‘lgan. yuqori uchi- ning diametri 12 m va undan katta 
bo‘lgan 
daraxt 
tanasining 
bo‘lagi.
Brus — ko‘ndalang kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak. keng- ligi qalinligiga teng yoki undan 
ikki 
barobar 
katta 
bo‘lgan 
arralangan 
yog‘och.
Taxta — kengligi qalinligidan kamida ikki barobar katta bo‘lgan. arralangan uzun yog‘och.
Garbil — daraxt tanasini arralab taxta yoki brus olinganda uning (daraxt tanasining) 
chetidan chiqqan bir tomoni tekis. ikkinchi tomoni sferik shakldagi yog‘och.
Bo‘yi 0.5 m dan 5 metrgacha. yuqori uchining diametri 7 dan 30 sm gacha bo‘lgan g‘o‘la 
shaklidagi 
yog‘och 
shaxta 
(rudnik) 
ustuni 
deyiladi.
Metall ham o‘zining pishiqligi. qayta-qayta ishlatilishi mumkinligi. uzoq vaqt xizmat qila 
olishi. yong‘indan xavf- sizligi kabi qator xususiyatlarga ega bo‘lib. konchilik amaliyotida 
mustahkamlagich 
materiali 
sifatida 
keng 
qo‘lla- 
nilmoqda.
Kon lahimlarini mustahkamlashda cho‘yan va po‘lat quymalaridan. po‘lat profillaridan 
foydalaniladi.
Beton yuqori pishiqlikka ega, uzoq muddat xizmat qila- digan, yonmaydigan va nisbatan 
arzon 
mustahkamlagich 
material 
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda tabiiy toshlar konchilikda mustahkamlagich materiali sifatida juda kam 
qo’llaniladi.


Beton bloklar, pishiq g‘isht kabi sun’iy toshlar kapital kon lahimlarini mustahkamlashda 
qo’llanadi.
Polimer mustahkamlagich materiallaridan oynaplastik, plastikbeton, ko‘mirplast kabi 
sintetik kimyoviy tarkibiga ega bo’lgan sun’iy materiallardan ham kon lahimlarini 
mustahkamlashda 
foydalanilmoqda.
Kon 
lahimlari 
mustahkamlagichlari
Kon lahimi atrofini o‘rab turgan kon jinslarining lahim ichiga qulab tushmasligi, uning 
ko‘ndalang kesim yuzasini va ishlash qobiliyatini saqlashni ta’minlash maqsadida o‘rnati- 
ladigan 
sun’iy 
inshoot 
kon 
mustahkamlagichi 
deb 
ataladi.
Kon mustahkamlagichi yog‘ochdan, metalldan, monolit beton va temir-betondan barpo 
etilishi mumkin. Ruda konlari lahimlarini mustahkamlashda, ayrim hollarda anker mustah- 
kamlagichlardan 
ham 
foydalaniladi.
Yog‘och mustahkamlagichlarning ishlash muddati qisqa (2—3 yil). Ular, asosan, konbosimi 
mo‘tadillashgan, gorizontal, qisman qiya lahimlarda qodlaniladi. Yog‘och mustahkam- 
lagichlar to‘g‘ri to‘rtburchak, aksariyat hollarda esa, trapetsiya- simon shakldagi toda 
bodmagan 
mustahkamlagich 
romlardan 
tashkil 
topadi.
Romlar lahimning uzunlik o‘qiga tik ravishda bir-biriga tirband yoki bir-biridan 0,5—l,0 m 
masofada o‘rnatilishi mumkin. Agar romlar orasida ma’lum masofa qoldirilgan bodsa, u 
holda romlar oraligdga ikki yoni va tepasi bo‘ylab toqilar teriladi. Toqilar lahim shifti va 
yon tomonlaridagi jins bodaklarining lahim ichiga qulab tushishidan saqlaydi (2.3-rasm).
Yog‘och mustahkamlagich romlari diametri 20—25 mm g‘odalardan barpo etiladi. 
Mustahkamlagich ustunlarning ostki uchi qoziqsimon qilib tayyorlanadi va ular yerga 10—
20 
sm
Yog‘och mustahkamlagichning konstruksiyasi: 
1 — to‘sin; 2 — ustun; 3,4 — toqi; 5 — tiralma.
chuqurcha hosil qilib o'rnatiladi. Ustun uchining qoziqsimon bo'lishi 
mustahkamlagichning biroz eziluvchan bo'lib, kon bosimiga moslashishini ta’minlaydi. 
Trapetsiyasimon romlarning ustunlari gorizontga nisbatan 80—85° burchak ostida 
o'rnatiladi. Agar lahim osti (yer) qabarish xususiyatiga ega bo'lsa, u holda ustunlar 
tagsinchga o'rnatiladi. Bunday romlar to'la rom deb yuritiladi. Agar lahim yon devorlari 
mustahkam bo'lsa, ustunsiz mustahkamlagichdan foydalaniladi. Bunda lahim yon 
devorlari tepasida, shift ostida har ikki tomonda chuqurcha hosil qilinadi va to'sin chuqur- 
chalarga kiritib o'rnatiladi.
Lahimning qiyaligi 30 darajadan ortiq bo'lsa, uni to'la mustahkamlagich romlari bilan 
mustahkamlanadi va qo'shni to'sin hamda tagsinchlar o'rtasiga tiralmalar o'rnatiladi. Bu 
esa romlarning surilib ketishining oldini oladi.
Metall mustahkamlagichlar uzoq muddat ishlashi, mustah- kamligi va ta’mirlash 
xarajatlari kamligi tufayli konchilik amaliyotida keng qo'llanilmoqda. Metall 


mustahkamlagichlar trapetsiyasimon, arkali va aylanma shaklida, shuningdek, eziluvchan 
yoki qat’iy (ezilmaydigan) bo'lishi mumkin.
Qat’iy trapetsiyasimon mustahkamlagich romi, asosan, dvutavr balkasi yoki relsdan 
yasaladi. Bunday mustah- kamlagichga biroz eziluvchanlik xususiyatini berish maq- 
sadida ustunlar g'o'la yog'och tagliklar ustiga o'rnatiladi Konchilik korxonalarida qat’iy 
mustahkamlagich bilan bir qatorda maxsus eziluvchanlik konstruksiyasiga ega bo‘lgan 
metall mustahkamlagichlardan ham keng foydalaniladi. Bularga MPK-1T, KMP—T, 
MTPSH rusumli mustahkamlagichlar misol bo‘la oladi.
Shaxtalarda, ko‘pincha, uch yoki besh bo‘g‘inli arkali metall mustahkamlagichlar 
qo‘llaniladi. Bo‘g‘inlarning asosiy vazifasi dastlabki kon bosimini qabul qilishda 
mustahkamlagichga ko‘proq eziluvchanlik xususiyatini berishdir. 2.5-rasmda uch bo‘g‘inli 
eziluvchan arkali mustahkamlagichning romi ko‘rsa- tilgan.
Uch bo‘g‘inli maxsus profillardan tashkil topgan arkali mustahkamlagich:
1 — metalli ustunlar; 2 — yuqori segment; 3 — to‘sinni ustunlarga bog‘lovchi xomut; 4 
— gaykali planka; 5 — bog‘lovchi.
Kon lahimiga barcha tomonlaridan kuchli bosim ta’sir etadigan, buning ustiga uning 
zamini qabarish xususiyatiga ega bo’lsa. bunday lahimlarni to‘rt yoki olti bo‘g‘inli 
aylanma shaklidagi metall mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi
Eziluvchan g‘ildiraksimon (halqasimon) metall mustahkamlagich. 
Monolit beton va temir-beton mustahkamlagichlar. aso- san, uzoq muddat ishlaydigan 
qazish zonalaridan tashqarida bodgan gorizontal, vertikal va qiya kapital (konni ochuvchi) 
lahimlarni mustahkamlashda qodlaniladi. Stvol atrof insho- otlari va kameralari ham, 
asosan, monolit beton bilan mustahkamlanadi.
Monolit beton mustahkamlagichlarining asosiy konstruk- siyasi vertikal devor va 
gumbazsimon yopqichdan (gorizontal va qiya lahimlarda), silindr shaklidagi beton 
mustahkam- lagichdan (vertikal lahimlarda) tashkil topadi.
Shaxtalarda vertikal kon bosimining lahimga ta’siri kuch- liroq bodganligi tufayli, 
ko‘pincha, vertikal devorli va gumbazsimon yopqich shaklidagi monolit beton 
mustahkam- lagichidan foydalaniladi
Eziluvchan yoki qat’iy (ezilmaydigan) armaturali monolit temir-beton mustahkamlagichi 
ham ikki devor, gumbazsimon yopqich va poydevordan tashkil topadi. Monolit beton 
mustahkamlagichlari bilan bir qatorda shaxta va rudniklarda
Monolit beton mustahkamlagichi. 


yig'ma temir-beton mustahkamlagichlardan keng foyda- laniladi.
Yig'ma temir-beton mustahkamlagichlarning elementlari zavodlarda tayyorlanib, kon 
lahimlariga keltiriladi va bu yerda yig'ib, lahim mustahkamlanadi. Yig'ma temir-beton 
mustahkamlagichlarning ishlash muddati uzoq va ular kon bosimi mohadillashgan kapital 
kon lahimlarini mustahkamlashda qo'llaniladi.
rasmda konchilik korxonalarida keng qo'llanadigan trapetsiyasimon va arkasimon 
shakldagi temir-beton mustah- kamlagichlar ko'rsatilgan
Yig‘ma temir-beton mustahkamlagich: 
a — trapetsiyasimon; b — sidirg‘asiga tyubinglardan yasalgan arkasimon.
Konlami yerosti usulida qazib oluvchi korxonalar ama- liyotda monolit beton 
mustahkamlagichlarining yana bir turidan foydalanadilar. 
Mustahkamlagichning bu turi sepma beton mustahkam- lagichi deb yuritiladi.
Bu mustahkamlagich foydali qazilmani qazish zonasidan tashqarida joylashgan kapital va 
kon-tayyorlov lahimlarini mustahkamlashda qo’llanadi. Lahimlar darzdorlik darajasi 
kichik bo’lgan pishiq jinslardan o’tilgan bo’lishi kerak. Lahim o’tilgandan so’ng uning 
yon devorlari va shifti bo’ylab, maxsus mashinalar yordamida beton qorishmasi sepiladi.
Uning qalinligi 50—300 mm bo’lishi mumkin (to’ldirgich materiallari bo’laklarining 
o’lchami 25 mm dan oshmasligi shart). Beton aralashmasini tayyorlashda yuqori rusumli 
(400 dan kam bo’lmagan) sement, beton qotishini tezlashtiruvchi material sifatida xlorli 
kalsiy, suyuq oyna va boshqa material- lardan foydalaniladi.
Ankerli mustahkamlagich turli usullar orqali shpurga (skvajinaga) o’rnatiladigan sterjen 
(anker) bo’lib, lahim shifti va yon tomonlaridagi bo’shoq (darzdor) jins qatlamlarini 
buzilishdan yoki deformatsiyalanishidan saqlaydi.
Ankerning diametri 20 mm va uzunligi 0,6 metrdan 3 metrgacha bo’ladi.
Ankerli mustahkamlagich: 
a — mustahkamlagichning lahimga o‘matilgan holati;
b va d — ponayoriqli va kengayuvchan ankerlar konstruksiyasi.
Shpur yoki skvajinaga mustahkam o‘rnatilish tomoyillariga ko‘ra barcha turdagi ankerli 
mustahkamlagichlar ikki guruhga bodinadi: qulfli — skvajinaning tub qismiga turli 
konstruksiyaga ega bo‘lgan qulflar yordamida mustahkam o‘rnatiladigan; qulfsiz — 
skvajinaning bor bo‘yicha sement, smola yoki boshqa yopishtiruvchi moddalar bilan 
mustahkamlaydigan ankerli mustahkamlagichlar. 


Zamonaviy konchilik korxonalarida qulfli metall ankerlar keng qo‘llanilmoqda.
Bu ankerlar ponayoriqli, kengayuvchan va kengaymaydigan turlarga bo‘linadi
Kon 
lahimlarini 
o‘tish 
usullari 
va 
texnologiyasi
Ma’lum ko‘ndalang kesim yuzasi va uzunlikka ega bodgan yerosti bo‘shliqlarini hosil qilish 
hamda ularni saqlash uchun birin-ketin bajariladigan ishlab chiqarish jarayonlari majmuyi 
kon 
lahimlarini 
o‘tish 
usullari 
deyiladi.
Konjinslarining fizik-mexanik xossalari, lahimlarning baja- radigan vazifalari, ko‘ndalang 
kesim yuzasining maydoni va ishlash muddatiga ko‘ra ularni oddiy (an’anaviy) hamda max- 
sus 
usullarda 
odiladi.
Agar jinslarning xususiyati lahim shifti, hatto qisqa muddat (mustahkamlagich 
o‘rnatilguncha) ochiq holda buzilmasdan turishiga imkon bersa, lahimlar oddiy usulda 
odiladi. Orasidan lahim odiladigan jinslar oda noturg‘un, murakkab geologik va 
gidrogeologik xususiyatlar (sochilma, oqishga moyil va shu kabi xususiyatlar)ga ega bodsa, 
lahimlar 
maxsus 
usullarda 
odiladi.
Jinslarni muzlatish, tamponlash, qoqma mustahkamlagich o‘rnatish yoki kavjoy suv sathini 
pasaytirish kabi boshqa qo‘shimcha jarayonlarni bajarishga asoslangan lahim odish usullari 
maxsus 
usullar 
hisoblanadi.
Konchilik sanoatida keng qodlaniladigan, kon massasini kavjoy massivdan ajratib olish 
(buzish) vositalariga asoslangan lahim odish usullari quyidagilarga bodinadi: kombayn 
bilan lahim odish; burgdlab-portlatish vositasida lahim odish; zarba bolg'asi yordamida 
lahim o'tish; yuqori bosimga ega bodgan suv oqimi (struyasi) ta’sirida lahim o'tish.
U yoki bu lahim o'tish usulini tanlab olishda qator omillarni hisobga olish lozim. Ulardan 
eng asosiylari lahim odiladigan kon massivining kon-geologik va kon-texnik omillaridir. 
Tanlab olinadigan lahim o'lish usuli mehnat xavfsizligi, lahim o'lish ishlarini belgilangan 
reja asosida ishonchli olib borish va maksimum tejamkorlikni ta’minlash kabi talablarga 
javob 
berishi 
kerak.
Lahim o'tish usulini tanlab olishga ta’sir ko'rsatuvchi omillarga jinslarning pishiqligi, ko'mir 
qatlami yoki ruda yertomirining qalinligi, og'ish burchagi, tektonik buzilganligi, jinslarning 
suvliligi, gazliligi hamda kon zarbasi va to'satdan otilib chiqish xavfi borligi kabi sharoitlar 
kiradi.
Kon-texnik omillarga esa, lahimning ko'ndalang kesim yuzasi, uzunligi, bajaradigan 
vazifasi va ishlash muddati, joy- lashgan chuqurligi, qiyalik burchagi, kon massasi va usku- 
nalarni tashish usullari, shuningdek, lahimlarning o'zaro joylashish sxemasi va boshqalar 
kiradi.
Lahim o'tish usulini tanlashda ko'p hollarda jinslarning qattiqligi e’tiborga olinadi. Chunki 
bu omil lahimni kombayn yoki burg'ilab-portlatish usulida o'tishning chegarasini belgi- lash 
bilan bir qatorda, lahim o'tishda qo'llanadigan mexa- nizmlar — burg'ilash mashinasi, 
yuklash mashinasi, transport vositalari va lahim o'tuvchi kombaynlarning rusumlarini ham 
aniqlashni 
taqozo 
etadi.
Hozirgi vaqtda konchilikda burg'ilab-portlatish usulida lahim o'tish keng tarqalgan bo'lib, 
ruda konlarini qazib chiqarishda qariyb barcha lahimlar, ko'mir qazib chiqarishda esa, 
o'tiladigan 
lahimlarning 
65% 

shu 
usulda 
barpo 
etiladi.
Lahim o'tish jarayonlari ikkiga — asosiy va yordamchi jarayonlarga ajratiladi. Kavjoy 
massividan jins yoki foydali qazilmani ajratib olish, uni transport vositasida yuklash va 


tashish, doimiy mustahkamlagichlarni o'rnatish asosiyjarayon- lar hisoblanadi. Bu 
jarayonlar kavjoy yoki bevosita unga yaqin bo'lgan joylarda bajariladi. Yordamchi 
jarayonlar vaqtinchalik mustahkamlagich o'rnatish, temir yo'l yotqizish yoki konveyerni 
uzaytirish, ariqcha hosil qilish, shamollatish quvurlari, kuch va telefon kabel uchini 
uzaytirish 
kabi 
jarayonlardan 
tashkil 
topadi.
Lahim o‘tish texnologiyasi potok (uzluksiz) yoki siklli bo’lishi mumkin. Agar bir necha 
lahim o‘tish jarayonlarini bir vaqtda, parallel bajarishga imkon beradigan, ya’ni kon 
massasini kavjoydan ajratib olish jarayonining uzluksizligi ta’minlansa, bunday texnologiya 
potok texnologiya deyiladi. Bu texnologiyaga kombayn bilan lahim o‘tish misol bo‘la oladi.
Lahim o‘tishning asosiy jarayonlari qat’iy ketma-ketlikda bajarilib, ular davriy ravishda 
qaytarib turilsa, bunday texnologiya siklli texnologiya deyiladi. Burg‘ilab-portlatish asosida 
lahim 
o‘tish 
siklli 
usulga 
misol 
bo’ladi.
Berilgan vaqt birligida lahim kavjoyining belgilangan masofaga surilishini ta’minlashda 
ma’lum tartibda bajariladigan lahim o‘tish jarayonlari majmuyi lahim o‘tish sikli, unga 
sarflangan 
vaqt 
esa 
sikl 
davomiyligi 
deyiladi.
Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklarda lahim o‘tishning quyi- dagi texnologik sxemalari 
qodlaniladi:
burg‘ilab-portlatish 
usulida 
lahim 
o‘tish 
texnologik 
sxemasi;
kombayn 
bilan 
lahim 
usulining 
texnologik 
sxemasi;
tor 
yoki 
keng 
kavjoyli 
lahim 
o‘tish 
texnologik 
sxemasi;
burg‘ilab-tutashtiruvchi mashinalar yordamida lahim o‘tish texnologik sxemasi.
Lahim o‘tish sxemasini tanlab olish ham qator omillarga bo‘g‘liq bo’lib. ulardan asosiylari 
— kon jinslarining fizik- mexanik tavsiflari, kon lahimining yer qobig‘ida joylashish tarzi, 
lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi, lahimning bajara- digan vazifasi va boshqalardir.
Gorizontal 
va 
qiya 
lahimlarni 
o‘tish
Gorizontal va qiya kon lahimlari qattiq, yumshoq, bir tarkibli va ko‘p tarkiblijinslar yoki 
foydali 
qazilma 
yotqiziqlari 
orasidan 
o‘tilishi 
mumkin.
Qattiq va o‘rtacha qattiqlikka ega bo’lgan kon massividan lahim o‘tish texnologiyasi 
burg‘ilab-portlatish usulini qo’llashga asoslangan bo‘ladi. Kon lahimlarini burg‘ilab-
portlatish usulida o‘tish quyidagi alohida jarayonlami ketma-ket yoki ulaming ayrimlarini 
parallel bajarish asosida amalga oshiriladi: shpur va skvajinalarni burg‘ilash: ularni 
portlovchi moddalar bilan zaryadlash va portlatish; lahim kavjoyini shamollatish; kon 
massasini transport vositasiga yuklash va tashish; vaqtincha mustahkamlagichlar qo‘yish; 
doimiy 
mustahkamlagichlarni 
o‘rnatish 
va 
yordamchi 
ishlarni 
bajarish.
Kon lahimlarini burg‘ilab-portlatish usulida o‘tishda shpur va skvajinalarni burg‘ilash juda 
ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon hisoblanadi va lahim o‘tish sikli davomiyligining 25—
35% 
ini 
tashkil 
qiladi.
Gorizontal kon lahimlarini o‘tishda shpurlarni burg‘ilash BUE 1, BUE IM, BKG 2, BUE 
ZT, elektr yuritgichli va BU 1, BU 1M, BUR 2, 1SBU 2 pnevmo yuritgichli burg‘ilash 
qurilmalari yordamida bajariladi. Ushbu burg‘ilash qurilmalari gorizontal va qiyaligi 10° 
gacha bodgan lahimlarni qattiqlik koeffitsiyenti 16 dan kam bodganjins foydali qazilma 
yotqizigd 
orasidan 
odishda 
qodlaniladi.
Kon lahimlari odishda portlatish ishlarining samaradorligi, asosan, shpurlarning kavjoyda 
joylashishiga 
bogdiq 
bodadi.
Shpurlarning kavjoydajoylashish sxemasijinslarning qattiq- ligi, tarkibi, lahimlarning 


ko‘ndalang kesim yuzasi, shakli va boshqa omillarni hisobga olgan holda tanlab olinadi. 
Kon lahimlarini odishda kavjoyda burgdlanadigan shpurlar o‘yuvchi — o‘yma hosil 
qiluvchi, 
buzuvchi 
(parchalovchi) 
va 
chegaralovchi 
turlarga 
bodinadi.
O‘ymaning shakli shpurlarni kavjoyda joylash sxemasini tavsiflovchi asosiy kodsatkich 
hisoblanadi.
Shaxta va rudniklarda prizmasimon va ponasimon shakldagi o‘ymalardan keng 
foydalaniladi. Ayrim hollarda esa, zaryadlanmaydigan skvajinali prizmasimon va boshqa 
shakldagi 
o‘ymalar 
ham 
lahim 
odishda 
qodlaniladi.
Qattiqlik koeffitsiyenti 7 gacha bodgan jinslarda zaryad- langan shpurlar orasidagi masofa 
0,3 m dan 7 m gacha bodsa, qatorlar orasidagi masofa 0,45 m dan kam bodmasligi kerak. 
Chegaralovchi shpurlar orasidagi masofa 0,6—0,8 m bodib, ular lahim chekkalaridan 10—
30 
sm 
masofada 
burg’ulanadi
O‘yma tipidagi shpurlamingjoylashish sxemasi:
a — to‘g‘ri aylanasimon; b — prizmasimon; d — tik ponasimon; e — gorizontal 
pastki;/— qo‘shaloq ponasimon; g — zaryadlanmagan o‘zdirma skvajinali prizmasimon.
Shpurlar burg‘ilangandan so‘ng tasdiqlangan portlatish ishlari pasporti bo‘yicha ularni 
zaryadlashga kirishiladi. Shu bilan bir qatorda mustahkamlagichning holati, shamollatish 
vositalarining ishonchliligi, inert changi va tiqin materialining mavjudligi tekshiriladi. 
Portlatish natijasida ma’lum hajmdagi massiv parchalanib, parchalangan jinslar yoyilmasi 
va lahim kavjoyida portlash mahsuli (zaharli gazlar) hosil bo‘ladi. Shu sababli shpurlar 
portlatilganidan so£ng o'tilayotgan lahim kavjoyini shamollatish zarurati tug’iladi. 
Ishchilarning lahim kavjoyiga kirishiga faqat shamollatish tugagandan so’iiggiiia ruxsat 
beriladi. Lahimlarni o£tish davrida shamollatish mahalliy (местный) shamollatish 
ventilyatorlari yordamida yoki umumshaxta shamollatish havo oqimi bilan bajarilishi 
mumkin.
Umumshaxta havo oqimi orqali lahim kavjoylarini shamollatish faqat bir-biriga yaqin 
qo‘shaloq lahimlarni, masalan, shtrek va prosekni ohishda yoki qisqa lahimlarni ohishda 
qodlaniladi. Bunda havo oqimi kavjoylarga to£siqlar, shamollatish eshiklari va boshqa 
vositalar yordamida yo£naltiriladi. Boshi berk uzun lahimlar kavjoylarini lahim og£ziga 
yaqin ohnatilgan mahalliy shamollatish ventilyatorlari yordamida shamollatiladi. Bunda 
puflama, 
so‘rma 
va 
aralash 
shamollatish 
usullaridan 
foydalaniladi
Puflama va so‘rma shamollatish usullari uzunligi 200—300 m bo’lgan lahimlarni 
shamollatish uchun qodlaniladi. Agar lahim juda uzun bo’lsa. uni shamollatish uchun 
aralash usuldan foydalaniladi. Bunda bitta ventilyator havoni kavjoyga puflab bersa, 
ikkinchisi ishlatilgan havoni sohib, tegishli shamollatish lahimiga chiqarib yuboradi.



Yüklə 261,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin