Romlar lahim o‘qiga tik va bir-biridan ma’lum masofada (0,6—1,0) o‘rnatiladi.
Trapetsiyasimon romlar ustunlari gori- zontga nisbatan 80—85° qiyalikda tiklanadi.
Trapetsiyasimon metall mustahkamlagichlarni o‘rnatish ham yog‘och
mustahkamlagichlarni o‘rnatish tartibi kabidir. Metall mustahkamlagichlarni tiklash kam
mexanizatsiyalashgan bo‘lib, asosan, yo‘l kuchi bilan bajariladi. Ayrim jarayonlami
bajarish uchun o‘rnatgich, ko‘targich kabi mexanizmlardan foydalaniladi. Ba’zida
arkasimon to‘sinlarni ko‘tarishda lahim o‘tuvchi kombayn strelasidan foydalaniladi.
Monolit va temir-beton mustahkamlagichlarni o‘rnatishda yig‘ma yoki suriluvchi
(mexanizatsiyalashgan) opalubkalar qodlaniladi. Yig‘ma opalubka o‘rnatilgandan keyin
lahim de- vorlari beton bilan tiklanadi. Dastlab, 100—150 mm qalinlikdagi qatlam
shaklida beton quyiladi, uni obdon zichlanadi, ikkinchi qatlamni quyib, u ham zichlanadi
va hokazo.
Lahimning har ikki devori beton bilan tiklangandan so‘ng gumbaz ostiga yarimaylana
shaklidagi opalubkani hosil qiluv- chi yig‘ma opalubka elementlari o‘rnatiladi, har ikki
devor tomonidan gumbaz markazi tomon beton quyilib, mustah- kamlagich arkasi barpo
etiladi.
Yig‘ma beton (temir-beton) mustahkamlagichlarini tiklash oddiy va arkasimon bloklarni
(tyubinglar) terib, montaj qilish- dan iboratdir. Mustahkamlagichni barpo etish
lahim
devorlari ostiga poydevor bloklarini o‘rnatishdan boshlanadi. Bloklar
montaj
qilinayotganda ular orasiga, eziluvchanlikni ta’minlash maqsadida, eziluvchan materiallar
(odatda, yog‘och) qo‘yiladi. Lahim devorlari montaj qilingach, mustahkamlagichning arka
qismiga o’tiladi.
Kon lahimlarini o’tishda uni muvaffaqiyatli bajarishga qulay sharoit yaratish maqsadida
asosiy jarayonlar bilan birga qator yordamchi ishlar ham amalga oshiriladi. Yordamchi
ishlar vaqtinchalik mustahkamlagichni tiklash, temir yo‘l yotqizish (konveyerni
uzaytirish), shamollatish quvurini uzaytirish, suv chiqaruvchi ariqcha hosil qilish
kabilardan iboratdir.
0‘tilayotgan lahim kavjoyini vaqtincha mustahkamlash kavjoyda
bajariladigan asosiy
jarayonlar xavfsizligini, ya’ni lahim shiftidagi jins bodaklarining qulab tushishini bartaraf
etishni ta’minlaydi.
Kavjoy surilishi natijasida temir yo‘lni uzaytirib borish talab etiladi. Chunki lahim kavjoyi
har bir lahim o‘tish sikli tugallanishi bilan ma’lum masofaga oldin o‘rnatilgan temir
yo‘ldan (yoki konveyerdan) uzoqlashadi. Yuklangan teng yo‘l tarkibining harakatlanishi
va yerosti suvlarining oqishini yengillashtirish maqsadida ternir yo’lni stvol tomon
yo’nalishda kichik qiyalikda yotqiziladi. Yerosti suvlarini lahimdan chiqarishga
mo’ljallangan ariqcha ham kichik qiyalikda lahim- ning zaminida barpo etiladi. Kon
lahimlari kavjoyini shamol- latish va u yerdagi energiya, ya’ni quvur va kabellar iste’-
molchilarni energiya bilan ta’minlash uchun lahim yon devorining yuqori qismiga ilib
qo’yiladi.
Kon lahimlarini yumshoq bir tarkibli va ko‘p tarkibli jinslardan o‘tish
Gorizontal va yotiq (qiyaligi 10° gacha bo’lgan) lahimlarni yumshoqjins yoki ko’mirdan
odish lahim oduvchi kombaynlar yordamida bajariladi.
Lahim o’tuvchi kombayn — bu lahim odish yoki konjinsini kavjoy massivdan ajratib olib,
uni transport vositalariga yuklab berishni bajaruvchi kombinatsiyalashgan mashinadir.
Shaxtalarda transport vositasi sifatida konveyer va shaxta vagonchalaridan keng
foydalaniladi.
Lahimlarni kombayn bilan o’tishda jinslarni lahim kavjoyidan ajratib olish va uni yuklash
jarayonlari bir vaqtda, parallel bajarilishi tufayli lahim odish tezligi burgdlab-portlatish
usuliga nisbatan 3—5 barobar katta, mehnat unumdorligi 2—3 barobar ko’p, lahim odish
qiymati 50—60% gacha kam bodib, lahim ochish ishlarining xavfsizlik darajasi yuqori
borishi ta’minlanadi. Burg‘ulashga asoslangan lahim ochuvchi kombaynlar lahim
kavjoyini sidirg’asiga qazib olishga mo’l- jallangan bo’lib, ko’mir va jinslarni saralab
qazib ololmaydi. Biroq bu rusumli kombaynlar aylanma shakldagi lahimlarni o’tishda ham
qo’llaniladi.
Yupqa va o’rtacha qalinlikdagi ko’mir yoki ruda yotqiziq- laridan o’tkaziladigan shtreklar
ko’p tarkibli jins massivlaridan o‘tiladigan lahimlar hisoblanadi. Chunki bunday lahimlar
kavjoylarining o'lchamlari ko‘mir yoki ruda qatlami qalinli- gidan ancha katta bo’lib.
kavjoy yuzasining anchagina qismini foydasiz kon jinslari tashkil etadi.
Bunday hollarda lahim o‘tish foydali qazilma va kon jinslarini sidirg‘asiga (birgalikda)
yoki saralab qazib olish aso sida amalga oshiriladi.
Saralab qazib olish asosida lahim o‘tish tor yoki keng kavjoyli usullarda olib borilishi
mumkin. Tor kavjoyli lahim o‘tish usulida oldin ko‘mir qatlami qazib olinib. keyin
foydasiz kon jinslari qaziladi va ular yer yuziga chiqarilib. chiqindi- xonalarga
(ag‘darmalarga) joylashtiriladi. Keng kavjoyli usulda esa foydali qazilma
kavjoyi lahim
enidan bir necha barobar keng qilib olinadi. Bu kenglik miqdori lahim kavjoyidan qazib
olinadigan jinslarni toda joylashtirish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Ko‘p tarkiblijinslardan keng kavjoyli usulda shtrek o‘tishda foydali qazilma kavjoyini
kengaytirish shtrekning bir yoni yoki har ikkala yoni bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Foydali
qazilmani qazib olishdan hosil bo‘lgan bo‘shliqni lahim kavjoydan qazib olingan foydasiz
jinslar bilan to‘ldirish murakkab va ko‘p mehnat talab qiladi, bu jarayon qayta yuklovchi,
yuklovchi mashinalar va maxsus to‘ldiruvchi qurilmalar
yordamida bajariladi
1 — shtrek; 2 — toshdevor; 3 — raskoska.
Shtreklarni keng kavjoyli usulda o‘tishning qator avzalliklari mavjud:
— yo‘l-yo‘lakay foydali qazilma qazib olish hajmining kat- taligi;
lahimdan qazib olinganjinslami shaxta ichida qoldirilishi natijasida tashish va
ag‘darmalarga joylashtirish xarajatlarining yo‘qligi hamda ekologik sharoitiga ta’sir
etmasligi.
Shu bilan birga, bu usulning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor:
lahim o‘tish tezligining kichikligi;
ishlarni tashkil qilishning murakkabligi va jinslarni bo‘shliqqa joylashtirish uchun katta
mehnat talab qilinishi.
Dostları ilə paylaş: