Tarixdan ma’lumki, axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g‘orlar devorlaridagi rasm va yozuv buning yaqqol isbotidir. Yozuv san’ati asrlar davomida deyarli o‘zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi

Kompyuterlar ishlab chiqilishi va rivojlanishi yozuv san’atini tubdan o‘zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog‘ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga yo‘naltirilgan ko‘plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo‘linadi:

Masalan, e’tiboringizga havola etilgan ushbu darslik ham matn protsessorida yozilgan bo‘lib, turli rasmlar, jadvallar, ranglar va boshqa bezaklardan foydalanilganligini shu mavzudan ham ko‘rishingiz mumkin. Har xil rusumdagi kompyuterlar uchun turli matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Bir rusumli kompyuter uchun o‘nlab matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Блокнот, WordPad va hokazo. Shuni bilingki, Блокнот, WordPad matn muharrirlari siz 5-sinfda o‘rgangan Paint yoki Калькулятор dasturlari kabi ishga tushiriladi.

Ish sohasi. Matn muharriri «ish sohasi» deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ish sohasi matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ish sohasida aks etib boradi. Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ish sohasining qayerida aks etishini ko‘rsatib turadi.
Yurgich, odatda, gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko‘rinishida bo‘ladi.
Menyu satri. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida matnlarni xotiradan o‘qish, xotiraga yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi. Matn muharrirlari, asosan, menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Me nyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qancha ko‘p bo‘lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo‘ladi.
Shriftga oid bu xususiyatlar Format (Формат) menyusining Shrift (Шрифт) bo‘limidan tanlanadi.