Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Olis maqsadlarni ko‘zlash



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə55/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Olis maqsadlarni ko‘zlash

Sportchi sportning qaysi bosqichida bo‘lmasin, uning oldiga doimo olis, uzoq yillik istiqbolni ko‘zlovchi maqsadlarni qo‘yib borish zarur. Hatto, bu maqsadlar eng yuqori, ro‘yobga chiqishi noma’lum bo'lgan maqsadlar ham bo‘lishi mumkin. Sportchi qanday muvaffaqiyatga erishmasin, unga doimiy ravishda, erishilgan natija hali uning imkoniyatlari oldida hech narsa emasligi, uni oldinda bundan ham yuqoriroq va unga munosibroq maqsadlar, mas’uliyatli vazifalar, judayam olis maqsadlar kutib turganligi singdirib boriladi. Olis maqsadlar, mashg‘ulotlar jarayonida sportchini yanada faol bo‘lishga, har bir mashqni yanada mukammalroq bajarishga da’vat etib turadi. Ushbu maqsadlarga bosqichma-bosqich erishib borish sportchining xotirjam va o‘ziga ishongan holatini qaror toptiradi, unda chempionlik xarakterini shakllantiradi va mustahkamlaydi.
Yuqori maqsadlar yo‘lida sportchi ilgari erishgan maqsadlariga

(o‘zi erishgan, do‘stlari, raqiblari erishgan yutuqlarga) tayanadi va ulardan kelib chiqib harakat qiladi, kelgusi mashg‘ulotlar uchuu motiv kuch oladi.
Sportchilar ongida olis motivatsiyalarni shakllantirish - bu o'ziga xos psixologik-pedagogik vazifadir.

  1. Jamoa psixologik muhitini shakllantirish

Yaxlit, birikkan umumiy intilishlar juda katta kuchni tashkil etadi, kishidagi teran kuch-quvvat resurslarini ochib berib, har bir sportchining o‘z orzu-umidlariga birgalikdagi harakatlar vositasida yetishish ishtiyoqini kuchaytiradi.
Umumiy maqsadlarga, orzu-intilishlarga sadoqat, ana shu ko‘zga ko'rinmas, ulug‘ tuyg‘u - jamoa ichki dunyosini hosil qiladi. Jamoaning har bir a’zosi tomonidan yagona maqsad sari intilish, ularning individual rejalarining amalga oshirilishiga ham xizmat qiladi. Sportning jamoaviy turimi yoki yakka tartibdagi turimi, bundan qat’i nazar, jamoaviy ruhni shakllantirishga intilgan va bunga alohida e'tibor qaratgan murabbiy baribir yakuniy natijalarda ancha yutuqlarga erishadi. Bunda har qanday umumiy maqsad va rejalar ham har-bir sportchi uchun chuqur shaxsiy ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim.
Oqilona tarzda shakllantirilgan jamoaviy manfaatlar murabbiyga ko'plab ziddiyatli va nizoli holatlarni bartaraf etish, ularning chindan ham mojarolarga aylanib ketmasligini ta’minlash imkoniyatini beradi. Hatto jamoa ichidagi raqiblar o'rtasiga o'zaro raqobatdan ham, ularning har biri ongidagi jamoaviy manfaatlarning to‘g‘ri shakllantirilishi tufayli, sportchilarning kamoloti yoiida, shuningdek jamoaning yutuqlari yo'lida samarali foydalanish mumkin.


  1. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin