Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Muvaffaqiyatga erishish ko‘rsatmasini shakllantirish va da ’vat etish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə56/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Muvaffaqiyatga erishish ko‘rsatmasini shakllantirish va da ’vat etish.

Tobora yuqori natijalarni bosqichma-bosqich qo'lga kirita borish, sportchida mashg'ulotlar jarayonidagi g‘ayrat-shijoat va faollikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda sportchidagi erishilgan yutuqlardan qoniqish hissi, yangi marralarni zabt etish ishtiyoqi bilan almashtimisni lozim. Aks holda, muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga intilish o'rnini, mag'lubiyatdan qochish maqsadi egallashi mumkin. Bunday paytda sportchi tashqi jihatdan o'zining halolligi va faolligini saqlagan holda, erishilgan natijalarning yetarli ekanligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri va o'zi ham hali to‘liq anglab yetmagan tuyg'ular ta’siriga tushib qolishi mumkin.
Faoliyat juda ham qizg‘in kechayotgan paytda, sportchi o‘zi erishgan yutuqdan ko‘ra yuqoriroq natijaga erishish mumkinligiga ishonmay qo‘ygan holatlarda, mashg'ulotlar jarayoni uni qoniqtirmaydi (chunki, u o‘z natijalarining ko'tarilishiga ishonmaydi va mashg‘ulotlarga qatnashishni ham xohlamay qo‘yadi). Bunday paytlarda sportchi sportga qiziqarli o‘yin sifatida emas, balki og‘ir mehnatga qaraganday qaray boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida mashg‘ulotlardagi mashqlarning emotsionalligini pasaytirib, sportchining kuch-g‘ayrati imkoniyatlarini kamaytiradi. Oqibatda sportchi ko‘rsatadigan natijalarning o‘sishi mahol bo‘lib qoladi. Bu ayniqsa yuqori sport natijalariga tegishlidir. Shu sababli ham sportchi ni motivatsiyalash borasida ilgari o‘rnatilgan va shakllantirilgan sportchini doimiy qo‘llab- quvvatlash, ya’ni uni doimiy ravishda g‘alaba qozonishga, izchil ravishda o‘sib borishga, takomillashishga, rivojlanishga da’vat etish nihoyatda muhimdir.
Sportga oid motivlarning ijobiy jihatlarini o'stirishga sportchi erishgan yutuqlarni ko‘z - ko‘z qiiish ham yaxshi yordam beradi. Yaxshi faoliyat yuritayotgan, namunali sport klublarida, jamiyatlarida sport inshootlarining devorlarida hamisha mazkur jamoadagi eng yaxshi sportchilarning fotosuratlarini, rekordlar jadvalini (jahon, Yevropa, O’zbekiston, Shahar, viloyat, jamiyat, klub, bolalar sport maktabi va hokazo), gazeta va jurnallardan olingan maqolalarni, musobaqalar davridagi tabriklarni ifodalovchi tezkor plakatlarni uchratish mumkin. Shuningdek bu borada sportchilarning o‘zlari erishgan sport sovrinlarini: medallari, nishonlari, faxriy yorliqlari, sovrinlari, xullas o‘zlarining sportda erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi har qanday esdalikni, jumladan matbuotdagi maqolalarni ham yig‘ib borishlari nihoyatda foydalidir. Yuqori darajada sport natijalarini qo'lga kiritish hamda sportga doimiy qiziqishni, mashqlar jarayonida faollikni saqlab turishda sportchi ishtirok etgan musobaqalar to‘g‘risidagi radioeshittirii’i va teieko'rsaiuvlauiing ham anamiyati katta.


  1. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin