Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Sport murabbiysi shaxsining xususiyatlari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə59/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Sport murabbiysi shaxsining xususiyatlari

Tayyorgarlik mashqlari jarayonida sportchilardagi faollik, astoydil harakat qilish, sportga nisbatan uzoq yillar davomida qiziqishni bir xil maromda saqlab qolish uchun sport murabbiysining shaxsi ham nihoyatda muhim motivatsiya omili bo‘lib xizmat qiladi.
Sport murabbiysidagi optimizm, ya’ni faqat ijobiy natijaga ishonish, yaxshi niyat qilish tuyg‘usi sport hayotiga oid har qanday vaziyatlarda, ham mashg‘ulotlarda, ham musobaqalarda ijobiy ahamiyatga ega. Ayniqsa sportchi har bir mashg'ulotni o‘zining bor imkoniyatlarini sarflab tugallaydigan, sport mashg‘ulotlarining nihoyatda og‘ir, katta kuch-quvvatni talab etadigan davrida murabbiyning optimizmi, uning quvnoqligi, kelgusi yutuqlarga ishonchi nihoyatda muhimdir. Bunday paytlarda, qoshlarini chimirib oladigan, doimo sportchilardan yuqori natijalarga intilishni talab etadigan, xo'mraygan pessimist “shuyo‘l bilan sportchilarimni yuksak natijalarga da’vat etayapman”, -deb o‘ylasa, shubhasiz yanglishadi.
Murabbiyning serg'ayratligi, uning sportga nisbatan cheksiz muhabbati, o‘z ishiga o‘ta sadoqati, doimiy ravishda uni takomillashtirishga intilishi ham mashg'ulotlar jarayoni uchun oliy darajadagi ijobiy omildir. Mashg‘ulotlar jarayonida eng yaxshi motivatsiyaga ayni shunday o‘z ishiga jon-jahdi bilan kirisha oladigan murabbiylar erishadilar. Har bir murabbiy sportdagi o‘z ishini chin dildan sevishi kerak. Faqat shundagina u o‘z sportchilarini erkin va tabiiy ravishda sportga yo'naltira olishi, ya’ni o‘zining shaxsiy

fazilatlari bilan ularga namuna ko‘rsatib, sportchilarni motivlarini yuksaltirishi mumkin. Aksariyat murabbiylar o‘zlaridagi “dozalangan fanatizm” bilan ajralib turadilar. Ushbu xususiyat odatiy murabbiylarning asosiy xususiyati bo‘lib, ularning o‘z ishlariga nisbatan munosabatini yanada yaqqolroq ifodalaydi, deyish mumkin.
Sportchilar bilan muloqotda o'ta moslanuvchan va ko'p qirrali boiish ham, ya’ni sportchilar uchun bir paytning o‘zida ham murabbiy, ham maslahatchi, ham katta do‘st bo‘lish, yoki bir vaqtning o‘zida vujudga keladigan sharoitga ko‘ra oqko‘ngil va qattiqqo‘l bo‘lish, ishda o‘ta talabchan, hayotda rostgo‘y va samimiy bo'lish ham sport murabbiysining eng muhim fazilatlaridan sanaladi.
Ikkinchi tomondan olib qaraganda, sport murabbiysi o‘z o‘quvchilari bilan haddan tashqari apoq-chapoq bo'lib ketishiga ham yo‘l qo‘ymasligi lozim, chunki bu holat ertami-kechmi jamoada intizomning buzilishiga sabab bo‘lib, murabbiy uni boshqara olmaydigan holatga keladi.
Murabbiy doimo iroda kuchini namoyish eta olishi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lishi, ijro intizomiga rioya etishi, mehnatsevar bo'lishi, ziyrak va zehnli, o'z maqsadiga intiluvchan, batartib, mas'uliyatli va barcha jihatdan o'z shogirdlariga o'так bo'lishi shart.
Pedagog hech qachon, har qanday bahona bilan darsga, mashg‘ulot va tadbirga kechikishi mumkin emas. Agar bu juda qiyin va mashaqqatli bo‘lsa, unga chidamog‘i shart. Zero, uning qo‘l ostidagi sportchilar qancha qiyinchiliklarga chidaydilar? Agar o‘zi ana shunday qiyinchiliklar va noqulayliklarga shay bo‘lib turmasa, ulardan nimani ham talab qila oladi?
Murabbiy o'z o'quvchisining imkoniyatlariga astoydil va samimiy ishonishi, uning sportda ulkan natijalarga erishishiga umid bilan qarashi va bu ishonchni sportchining o'ziga ham singdirib borishi lozim.
Pedagogik tajribalar o'tkazish natijasidaghu narsa isbotlanganki, agar pedagog tasodifiy tanlangan o‘quvchilarni boshqalardan ajratib, ularda alohida iste’dod va rivojlanish imkoniyati mavjud, deb qarasa va shu tarzda munosabatda boisa. ayni shu guruh o‘quvchilari boshqa o'quvchilarga nisbatan tez orada barcha sobada yuqori natijalarni qo'lga kirita boshlaydilar. Xuddi shu kabi murabbiylar, o‘z sportchisiga qattiq va samimiy ishongan holda, o‘zi bilib yoki bilmasdan sportchida ishonchni qaror topdiradilar va uning ichki motivatsiya mexanizmlarining ishga tushishiga sababchi bo'ladi. Tajribali murabbiylar o'z faoliyatlari jarayonida o'rtacha imkoniyatlarga ega sportchining ayni shunday motivatsiya tufayli o'zlaridan bir necha barobar iste’dodli sportchilarga qaraganda yuqoriroq natijalarni qo'lga kiritishlariga guvoh bo'lishgan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin