Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Barcha o'quvchilarga bir xilda talabchan va hurmat bilan munosabatda bo'lish ham murabbiyning bosh fazilatlaridan biridir



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə60/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Barcha o'quvchilarga bir xilda talabchan va hurmat bilan munosabatda bo'lish ham murabbiyning bosh fazilatlaridan biridir.
Albatta, har bir murabbiyning u yoki bu o'quvchisiga nisbatan mehri bo'ladi (yoki aksincha, u biror-bir o'quvchisini yoqtirmasligi ham mumkin). Biroq, murabbiy hech qachon o'z ichki tuyg'ularini tashqariga chiqarmasligi kerak. O’quvchilar bilan mashg'ulot olib borish jarayonida, ularga turlicha munosabatda bo'lish, ba’zilarini asossiz erkalash, siylash yoki ayrimlarini kamsitish muloqotdagi emotsional holatga salbiy ta’sir qilishi, har tomonlama muvofiqlashtirilgan motivatsiyalar tizimini buzib yuborishi mumkin. Ayniqsa bu mashg'ulotlar juda og'ir kechayotgan davrda yaqqol seziladi.
Yuqoridagi fikrlarimizni yakunlab, shunday xulosaga kelish mumkinki, sportchilarni motivatsiya qilish murabbiyning bor mahoratini namoyon etadigan jarayondir, va bu jarayon uning faoliyatini ifodalaydigan ko'zgudir. Shuning uchun ham uzoq yillar o'quvchilarni eng so'nggi imkoniyatlari darajasida mashq qildira olgan va ular bilan doimiy ravishda yaxshi munosabatlarni saqlab qolgan murabbiylarni yuqori toifali murabbiylar deb sanashadi.
Yuqorida sanab o'tgan tayyorgarlik mashg'ulotlari jarayonidagi sportchilarni motivatsiyalash usullari ro'yxati, murabbiy o'z faoliyati davomida foydalanishi mumkin bo'lgan barcha usullarni qamrab olmagan, albatta. Murabbiy sport turidan va sportchining yoshi, moyilligi, qiziqishlari va boshqa asoslardan kelib chiqib, ularning yangi va zamonaviy turlaridan foydalanishi mumkin.

    1. Natijalar motivatsiyasi va mashg‘ulot)ar motivatsiyasining o‘zgarishi

Shuni ham unutmaslik kerakki, sport hayotida ba’zan motivatsiyalarning o‘zgarishi ham yuz berib turadi. Bu haqda langarcho‘p bilan balandlikka sakrash bo‘yicha xalqaro toifali sportchi A.Miller shunday yozadi.
Agar irodasi kuchli va yetarli darajada aqlli bo‘lgan biror-bir sportchi “men qancha ko‘p sport bilan shug‘ullansam, shuncha ko‘p muvaffaqiyatlarga erishaman”, - degan fikrga kelsa, bu albatta noto‘g‘ri bo‘ladi. Sababi, u ana shu fikrga kelgan paytdan boshlaboq, juda ko‘p mashqlarni bajarish orqali o‘z xarakterini ko‘rsatishga intiladi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan darajada ko‘p ishlarni qilishga o‘zini majbur qiladi. O’sha paytdan e’tiboran sport mashg‘ulotlarining o‘zi sportchi uchun uning faoliyatidagi asosiy motivatsiyaga aylanib qoladi. Sportchi aynan tayyorgarlik mashg'ulotlari chog‘ida o‘zini ko‘rsatishga, qanchalik og‘ir mashqlarni qila olishini isbotlash orqali o‘zini namoyon etishga erishadi.
Shundan keyin esa, bu sportchi musobaqalarda ishtirok etadi, ammo u musobaqalarda o‘zi kutgan sport rekordlarini o‘rnata olmaydi va bu holatning sababini ham tushunib yetaolmaydi. U buning sababini avvalo o‘zidan qidiradi, o‘zini iste’dodsiz, ishchanlik qobiliyati past, deb hisoblay boshlaydi, ko‘proq o‘z tanasining mukammalligini oshirish, uni chiniqtirish, mashg‘ulotlarning uslubiyatini o‘zgartirish haqida o'ylaydi, boshqa murabbiy qidirishga, turmush tarzini o‘zgartirishga tushadi, ammo bu jarayonlarda uning o‘ziga bo‘lgan talabchanligi zinhor pasaymaydi, u o‘ziga hech qanday rahm-shafqat qilmaydi.Dam olish uchun, o‘zini tiklab olish uchun vaqt ham ajratmaydi.
Uning butun fikru-zikri, o‘zini yanada barkamol qiladigan nimanidir topishga, izlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shu tariqa tayyorgarlik mashqlari, tinimsiz mashg'ulotlar uning hayotidagi asosiy o‘rinni egallab oladi. Sportchining oddiy va jo‘n hissiyotlarining paydo bolishi ham bevosita uning mashg‘ulot jarayonida erishadigan yutuqlariga bog‘liq bo‘lib qoladi. Agar tayyorgarlik mashqlari yaxshi o‘tgan bo‘lsa — sportchi o‘z hayotidan mamnun bo‘ladi. Lekin mashg'ulotlar orqaga qarab susayib ketadigan bo‘lsa - sportchi o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoladi, hamma narsa uning asabini qo‘zg‘atadi, u hatto ovqat yeyishni ham, o‘qishni ham, ishlashni ham, boshqa ishlar bilan mashg‘ul boiishni ham istamay qoladi, yoki butunlay stress holatiga, tushkunlikka tushib qoladi...
...Vaqt o‘tib, sportchilar o‘zlarini tiklab, o‘zlarini chalg‘itadigau boshqa biror-bir mashg‘ulotni topadilar, boshqa sportchilar bilan muloqotda bo‘ladilar va natijada o'zlariga nimadir yetmayotganligini his qiladilar. Shundan so‘ng ularning hayotida juda g‘alati voqealar yuz bera boshlaydi. Sportchi endi, o‘zi butun mashg‘ulotlari jarayonida orzu qilgan ishlarni qila boshlaydi, vaqt o‘tgan sari juda tez fursat ichida o‘zining test ko'rsatkichlari bo‘yicha rekord natijalarni qo‘lga kirita boshlaydi.’’Sportchida uni faqat sport bilan bog'Iab qo'yishdan saqlab qoluvchi boshqa hayotiy omillar paydo bo‘ladi (Tayyorgarlik mashqlaridan chalg‘ishlar, Z.G. Gapparov). Sportchi o'zi mustaqil ravishda, yoki boshqalarning, murabbiyning yordamida tayyorgarlik mashqlari jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolarini anglab yetadi. Ana shu yerda motivatsiyalarning o'zgarishi yuz beradi. Sportchi uchun musobaqalarda qo‘lga kiritiladigan natijalar yetakchi motivatsiyaga aylanadi. Shuning uchun ham sportchi, nima qilib bo'lsa-da, sport musobaqalariga yaxshi sport tayyorgarligi, yaxshi kayfiyat bilan borishga, ularda yaxshi natijalarni ko‘rsatishga intila boshlaydi.
Bu ikki motivatsiya o'rtasidagi chegara juda nozik. Bu muammo boshlovchi sportchilarda ham, yuqori darajadagi sportchilarni tayyorlash jarayonida ham mavjuddir. Yuqori darajadagi sportchilarni tayyorlash jarayonida ushbu muammo eng iste’dodli sportchilarni ham ruhan sindirib qo‘yishi mumkin.
Shuning uchun ham, murabbiy natijalar motivatsiyasining mashg‘ulotlar motivatsiyasiga aylanishiga, ya’ni mashg‘ulotlarning sportchi hayotining mazmuniga aylanib qolishiga yo‘l qo'ymasligi kerak. Mashq qilmadingmi - demak bir kuning bekorga ketdi, degan aqida hamma vaqt ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Sportchi shuni yaxshi anglab yetishi kerakki, mashg‘ulotlar jarayoni bu o‘zini qiynash emas, balki - yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun tayyorgarlik vositasidir.

    1. Sportdagi psixik stress


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin