Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Psixologik barqarorlik bu



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə64/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Psixologik barqarorlik bu:

  1. Musobaqa sharoitlarida muayyan darajadagi texnik- taktik elementlarni bajarish (masalan, gimnastika bo'yicha ko‘p kurashlarda 9,0-9,3 ballar darajasidagi mashqlarni bajarish, 2-3 ochkolik uloqtirishlarni, har bir o'yinda 40-60% aniqligi va hokazo);

  2. Asosiy musobaqalar, turnir, mavsum, musobaqalar sikli davomida muayyan darajadagi texnik-taktik elementlarni bajarish (mavsum davomida futbol bo‘yicha 6,0-6,5 ballik baholarni olish, volleybolda esa turnir davomida to'pni oshirishdagi xatolar soni 10­30% dan oshmasligi kerak, va hokazo).

/ lbatta, bunda mazkur ko‘rsatkichni pasaytiruvchi yoki uning ko'tarilishiga sabab bo'luvchi obyektiv omillar hisobga olinishi lozim (sportchning kasallikdan keyin musobaqaga qatnashayotganligi, ob- havo, raqib, sport tayyorgarligining holati), biroq bu o'zgarishlar mezonlarning o‘zini emas, balki samaradorlik mezonlarini ko‘tarishi yoki tushirishi mumkin. .
Sportdagi asosiy vazifa bu — muayyan sport natijalarini qo‘lga kiritishdan iboratdir. Masalan, basketbolda yutuq to‘plangan ochkolar soniga qarab belgilanadi, raqibingizdan bor yo‘g‘i bir ochko bo‘lsa ham ko‘proq yig‘ilsa, demak siz g‘olibsiz. Ochkolarning soni barcha o'yinchilarning mo‘ljalni to‘g‘ri olishi foizlaridan aniqlanadi. Agar jamoa bir o'yin davomida 80 tadan 100 tagacha to‘p uloqtirsa va har bir o‘yinchi 50% lik nishonga olish quvvatiga ega bo‘lsa, unda jamoa har bir o‘yinda 80 tadan 100 tagacha ochko yig‘ishi mumkin bo'ladi. Biroq agar har bir o'yinda 20 tagacha to‘p uloqtiradigan o‘yinchi bir o‘yinda 70 % lik samarani ko‘rsatib 30 ochko yig‘sa, qolganlar esa o‘zlarining 60 ochkolarni yig‘ishsa — umumiy natija 90 ochko bo‘ladi. Keyngi o‘yinda esa o‘sha o‘yinchining mahsuldorligi foizi 30 % (10 ochko) boshqalarniki esa o‘zgarmagan holda (ya’ni 60 ochko) bo'lsa, unda umumiy natija 70 ochko bo'ladi va birinchi holatda agar jamoa o'rtacha mahsuldorligi bir o'yinda 70-80 ochko bo'lgan o'z raqiblaridan 20 ochkoni yutib olgan bo'Isa, ikkinchi holatda ayni shu jamoaga 3-4 ochkoni yutqazib qo'yadi. Shuning uchun murabbiy har bir sportchining barqaror ravishda (doimo) o'zining 40-50% lik (yoki № %) ochkolarini qo'lga kiritishini ta’minlashi lozim.
Eng muhimi, agar sportchi barqaror bo'lmasa, murabbiy ham, jamoa ham bu sportchi muayyan musobaqada qanday ishtirok etishini bila olmaydi (u savatga to‘p tashlay oladimi, yoki yo‘qligini bila olmaydi). Albatta, har qanday sportchi ham har bir sport musobaqasi oldidan muayyan his-hayajonlarni va o‘ziga ishonchsizliktuygJularini boshidan kechiradi. O’ziga ishonchsizlik esa yuqori sport natijalarini qo‘lga kiritishning ashaddiy dushmanidir. Bu barcha sport turlari uchun to‘la taalluqlidir. Shuning uchun ham barqarorlik muammosi

  • bu faqat muayyan musobaqadagi sportchining qanday natija ko'rsatishiga oid muammo bo‘lmasdan, sportchida o‘ziga ishonch yoki ishonchsizlikni shakllantirish muammosi hamdir. Shuning uchun ham psixologik barqarorlikni shakllantirish muammosini hal etish jarayonida birinchi navbatda sportchining musobaqalardagi muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlashda asosiy omil bo‘ladigan ishonchni shakllantirishdan iborat psixologik muammoni hal etish kerak bo'ladi.

Bu tahlil musobaqalar muayyan cheklovlarni o'rnatishi to‘g‘risida dalolat beradi.
Masalan, musobaqalar (o‘yinlar) jarayonida sportchi birinchidan muayyan mashqni bajarishga bo‘lgan urinishlarning soni jihatidan cheklangan, xususan sakrashlarda o‘rnatilgan qoida limitlariga ko‘ra sportchiga 3 ta imkoniyat beriladi. Shuningdek musobaqa shartlariga ko‘ra basketbolda raqiblar muayyan sondagi to‘p uloqtirishlarga imkon qoldiradi yoki futbolda ham raqib darvozasiga to‘p kiritish imkoniyatlari cheklangan bo'ladi, yakkakurashlarda ham shunday.
Ikkinchidan, sportchi natijaviy urinishlarni amalga oshirish chog‘ida tartibni tanlash imkoniyatidan cheklangan. Haqiqatan ham, agar sportchining birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz chiqsa, unda sportchiga uning raqibi yoki musobaqaning shartlariga ko‘ra ikkinchi imkoniyatni bermasligi ham mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadaki, agar sportchining texnik elementni bajarishdagi tayyorgarligi samarasi 50 %ni tashkil etib har ikkinchi elementni bajarish natija bersa uning barqarorligi mavjud, deb hisoblash mumkin. Lekin bunda 10 imkoniyatdan so‘nggi 5 tasiga erishish hisobga o‘tmaydi, chunki ana shu 5 ta so'nggi imkoniyat berilmasligi ham mumkin. Shuning uchun ham sportchiga tayyorgarlik mashqlari jarayonida uning psixologik barqarorligini shakllantirish bo‘yicha qo‘yiladigan talablar rasmiy musobaqa talablari bilan bir xilda bo'lishi kerak. Tayyorgarlik mashqlari jarayonida ushbu talablarni bajara olmagan sportchining ularni mas’uliyatli musobaqalar paytida bajara olishiga ishonishi bema’nilikdir.
Shuning uchun musobaqalar jarayonidagi sportchining psixologik barqarorligini shakllantirish vazifasini hal etishga faqatgina tayyorgarlik mashqlari jarayonini “cheklash tamoyili” asosidagina erishish mumkin boiadi. Texnik elementlarni vaqt bo‘yicha (har bir element ustida 20-30 daqiqa ishlab), son bo‘yicha(har bir elementni 50 -100 marotaba bajarishga urinish) rejalashtirish va bajarish o‘rnini ana shu elementni cheklangan urinishlar soni mobaynida bajarish samaradorligini rejalashtirish va qayd etishi egallashi kerak bo‘lib, bu cheklashlar doimiy ravishda kamayib borib, musobaqalarda bajarilishi kerak bo‘ladigan urinishlar soniga yaqinlashishi zarur.
Bunday ish uslubi, ko'rsatilgan vazifalar muvaffaqiyatli hal etilgan hollarda, sportchilarda o‘ziga ishonch hissini shakllantiradi. Sportchi elementni bajarish chog'ida muvaffaqiyatsizlikga uchrashi haqidao‘ylamay qo‘yadi. Chunki u endi texnikusulni bajarishjarayoni haqida ko‘proq o‘ylay boshlaydi. Bu o'z navbatida optimal darajadagi psixik qo'zg'alishning yaratilishiga yordam berib, organizmning barcha funksional tizimlarining (motor, sensor va hokazo) bir biriga muvofiq ravishda ishlashini ta’minlaydi. Shuningdek, ongni “mo'ljalga olamanmi, yoki ola olmaymanmi”. “bajara olamanmi yoki yo'qmi” degan psixologik hayajonlardan avtomatik sohaga yo'naltiradi, ya’ni mazkur texnik elementni bajarish uchun sportchi optimal shart -sharoitlarni qidira boshlaydi.
Biroq, shu bilan birga yana bir muhim psixologik tamoyil kuchga kiradi va bu tamoyil “Xato qilish huquqi” deb nomlanadi. Mazkur tamoyilga ko‘ra sportchiga muayyan foiz xatolarni qilish imkoniyati va huquqi beriladi. O’z navbatida xato qilish huquqini olish — bu texnik - taktik elementlarni hech bir ikkilanishlarsiz bajarish imkoniyatini beradi. Chunki bunday huquqni qo'lga kiritgan sportchida hayajonlanish, havfsirash tuyg'ulari bo'lmaydi va u mazkur elementni muvaffaqiyatli bajarishiga ishonadi.
Psixik barqarorlikni shakllantirish texnologiyalariga o‘tishdan oldin quyidagilarni bilish zarur: har bir psixologik vazifa — mashq ijobiy hal etilishi kerak. Faqatgina mazkur mashqni yoki elementni muvaffaqiyatli hal etgandan keyingina sportchida o'ziga ishonch hissi paydo bo'ladi. Ana shu yerdan boshlab, “cheklash tamoyilidan” foydalanish boshlanadi. Bunda albatta, urinishlar sonining ko‘p miqdoridan boshlagan ma’qul. Bu o‘z navbatida samaradorlikning zarur foiziga erishishga ko‘maklashadi: dastlabki bosqichda texnik elementni bajarish chog'ida 20 ta,urinishdan 50 % lik samaraga erishish, (musobaqalarda beriladigan urinishlar soni) 4 urinishdan 50% ga erishishga qaraganda osonroqdir. Masalan, futbolda, agar hujumchi bor yo‘g‘i 3-5 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilish real imkoniyatiga ega bo‘lsa, tayyorgarlik mashg‘ulotlari jarayonida ayni shu urinishlar soni bilan belgilangan vazifaga erishish lozim bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarda biror-bir mashqni muvaffaqiyatli bajarishdagi psixologik barqarorlik jarayonida shakllantiriladigan o‘ziga ishonch tuyg‘usi kelgusida sportchining har qanday musobaqada ham ishonch bilan ishtirok etishiga zamin bo'ladigan umumiy ishonchni shakllantiradi.
Sportchini psixologik barqarorlikning optimal darajasiga olib chiqish 2 ta bosqichdan iborat.

  1. sportchini psixologik barqarorlikning umumiy (bazaviy) darajasiga olib chiqish;

  2. sportchini psixologik barqarorlikning musobaqalashuv darajasiga olib chiqish.

  1. dastur. Musobaqalashuv sharoitlarida sportchining psixik ishonchliligini shakllantirish.

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining Italiya va Braziliya jamoalari o'rtasidagi final o‘yini nihoyasiga yetdi (1996-yil) hisob 0:0. O’yin tugagach 11 metrlik penaltilar belgilandi. Koptokka chempionatning eng yaxshi o‘yinchisi Italiyalik Badjio yaqinlashdi, zarba, afsuski, koptok darvoza to‘sinining ustidan ancha balandlab o‘tit ketdi. Oqibatda Braziliyaliklar chempion bo'lishdi. Gimnastikachilarning final chiqishlari, ularning chiqishlari juda go‘zal davom etmoqda, mashqlar nihoyasiga yetishiga ozgina qolgan, biroq kutilmaganda oddiy bir mashqni bajarish jarayonida gimnastikachi qo‘lidagi buyumini tushirib yubordi, natijada u olimpiadaning shundoqqina naqd bo‘lib turgan oltin medalidan mahrum bo‘ldi.
Bunday holatlarni sport tajribasida, hamda turli darajadagi musobaqalar jarayonida ko‘plab uchratish mumkin. Bu xatolar texnik sabablar tufayli yuzaga kelmaydi, hatto bu mashqlarni bajarish chog‘ida sportchidagi barqarorlikning yo'qligidan ham sodir bo‘lmaydi, balki ularning mutloqo boshqa sabablari bordir. Bu sabablar ayni, eng mas’uliyatli vaqt kelganda, biror-bir mashqning (texnik elementning), to‘g‘ri bajarilishiga, butun boshli sport chiqishining, sportchining, jamoaning taqdiri, hayot - mamoti hal bo‘ladigan, mana shu mashqdagi ayni shu elementni shu yerda va hozir albatta to‘g‘ri va go‘zal tarzda bajarish lozim bo‘lgan paytda o‘zini namoyon etib, uni to‘g‘ri bajarishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu sabab aslida ana shu elementni to‘g‘ri bajarishning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini his etish orqali yuzaga keladigan yukdan, ya’ni hissiy emotsional zo'riqish yukidan iboratdir. Ayni shu hissiyot tufayli sportchilar musobaqaning eng hal qiluvchi daqiqalarida xatolarga yo‘l qo'yadilar.
Sport psixologiyasida bunday xatoliklar sportchining psixik jihatdan yetarli darajada ishonchli emasligi bilan izohlashadi. Ushbu holatni Chexiyalik psixologlar F.Mann va V.Goshek shunday ta’riflaydilar “ Psixik ishonchlilik birinchi navbatda psixologik noqulay muhitda (mas’uliyat yuqori bo‘lgan, hal qiluvchi urinish hollarida) sport natijalarining (texnik usullarni bexato bajarish orqali) juda sezilar- sezilmas darajada o‘zgarishi bilan xarakterlanadi (Плахтиенко B.A., Блудов Ю.М. Надежность в спорте., 1983.).
Demak, sportchining psixik ishonchliligi — bu musobaqalarning eng mas’uliyatli paytlarida u yoki bu texnik usulni eng oliy darajada, hatto mashg‘ulotdagidan ham ko‘ra yaxshiroq bajara olish qobiliyatidir.
Sportchilarning psixik ishonchliligiga ularga xos bo'lgan bir qancha psixik omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Eng mas’uliyatli musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kirituvchi sportchilarda quyidagi jihatlarning doimiy holda uchrashini kuzatish mumkin: yutuqlarning optimal motivatsiyalan- ganligi, ko'tarinki emotsional barqarorlik, yuqori darajada irodaviy o‘z-o‘zini nazorat qiiish qobiliyati. Psixik barqarorlikning ko'rsatkichlari ichida eng muhimlarid *n biri bu diqqatni uzoq muddat bir narsaga qarata bilishdan iborat.
Psixik barqarorlikni shakllantirishga ko‘maklashuvchi psixologik ko‘rsatkichlardan quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin: o‘z-

o‘zini nazorat qilish darajasi, o'z diqqati va his-tuyg'ulari, ya’ni emotsiyalarini boshqara olish qobiliyati, shuningdek o'zini ideomotor tarzda boshqara olish hamda dasturni to'g'ri bajarishdagi o'ziga bo'lgan ishonch.
Ushbu omillar sportchining psixik ishonchli 1 igini shakl- lantirishga yordam qilishi ham yordam qilmasligi ham mumkin.
Sportchilardagi psixik ishonchlilikni shakllantirishning muhim shartlaridan biri, bu - sportchilarning mazkur jihatlariga situativ, ya’ni muayyan bir qisqa vaqt ichida ta’sir ko'rsatuvchi omillardir.
Sportchilarda psixik ishonchlilikni qaror toptiruvchi omillar qatorida quyidagilar turadi: birinchidan umumiy jismoniy tayyorgarlik. Agar sportchilar yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo'lmasalar, unda juda tez charchab qolishlari mumkin. Jismoniy tayyorgarligi yaxshi bo'lmagan sportchilar, muayyan vazifani, xatti- harakatlarni zarur darajada bajarishlari uchun ularning irodaviy zo'riqishlariga to'g'ri keladi, buesa o'z navbatida ulardagi ishchanlikni zarur darajada ta’minlab beruvchi organizmning funksional tizimlari zo'riqishiga olib keladi. Natijada sportchilar zimmasiga qo'shimcha psixologik yuktushadi. Bu esa musobaqalardagi ekstremal sharoitlarda organizmning funksional tizimlari ishini izdan chiqarib, sportchi butun faoliyatining yomonlashuviga sabab bo'ladi.
Psixik ishonchlilikka ta’sir ko'rsatuvchi ikkinchi omil, bu- sportchining texnik tayyorgarligi darajasidir.
Uchinchi omil-sportchining o'tgan sport hayotidagi to'plagan tajribalaridan iborat. Odatda sportchi o'zining avvalgi musobaqadagi chiqishlaridan kelib chiqib, kelgusi musobaqalardagi chiqishlarini rejalashtiradi, loyihalaydi. Agar avvalgi musobaqalardagi chiqishlari muvaffaqiyatsiz yoki u qadar muvaffaqiyatli bo'lmagan bo'lsa, unda sportchida o'zining kelgusi chiqishlariga ham ishonchsizlik tuyg'usi paydo bo'ladi.
Katta tajribaga ega murabbiylar bu muammoni sportchilardagi ishchanlikni yanada oshiruvchi shart-sharoitlar yaratish, ulardagi sport texnikasini avtomatik darajaga yetkazish orqali hal etishga harakat qiladilar. Bularning barchasi psixologik ishonchlilikni shakllantirishga ko'maklashuvchi poydevorni yaratadi. Ammo bu poydevor ham faqat muayyan vaziyatlarda, avvalo, sportchidan juda kuchli iroda, kuchli sabr va qudrat talab etiladigan vaziyatlardagina asqotadi. Ammo, muvaffaqiyat sportchining o'z diqqatini bir nuqtaga jamlay olishi, o'zini o‘zi boshqara olishi, ya’ni natijalar birinchi galda sportchining o'ziga nisbatan ishonchi, o'z-o'zini nazorat qila olishiga bog'liq boladigan holatlarda hech qanday, hatto eng oliymaqom funksional va texnik tayyorgarlik ham yetarli bo'lmay qoladi. Bunday paytlarda muammoni hal etishga sportchilarda o'ziga ishonch va o'z- o‘zini nazorat qilish qobiliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan psixologik uslublarni qo‘llay bilish orqali erishish mumkin bo‘lib, bu usul bamisoli muammolarni hal etuvchi kalitga aylanadi.
Sportchilardagi o‘z muvaffaqiyatiga ishonch tuyg'usi, awalo, ularning navbatdagi sport chiqishlariga vazifalarni belgilash oldidan o'z imkoniyatlariga real baho bera olishlariga asoslanadi. Bu esa o‘z navbatida texnik usullarni me’yorida va samarali bajarishning muhim omili boigan optimal psixik holatning vujudga kelishiga ko'maklashadi. Sportchilardagi psixik ishonchlilikni shakllan­tirishga ko'maklashuvchi ikkinchi omil, bu - sportchining o'z-o'zini nazorat qila olish qobiliyati bo‘lib, bu fazilat uning uzoq muddat o'z diqqatini ma’lum nuqtaga qaratib tura olishida namoyon bo'ladi. Bu omilning ahamiyati sportchining o'ziga bo'lgan ishonchidan kam emas. (N.I.Naenko, 1977; R.S.Ueynberg, D.Gould, 2001).
Sportchilarning psixik ishonchliligini shakllantirish muam- mosini hal etish borasida talaygina usul-uslublardan foydalaniladi: mashg'ulotlar chog'ida psixologik boshqaruv yo'li bilan o'z-o'zini ishontirish, tayyorgarlik mashg'ulotlari jarayonidagi mashqlarni bajarishda beriladigan vazifalarni tobora murakkablashtirib borish, sportchilar charchagan holatlarda ham ishlashni davom ettirish va hokazolar. Ammo, mazkur uslublar tilga olingan muammoni yuz foiz hal etishi to'g'risida qat’iy xulosa chiqarishga hali erta, chunki sportchilardagi o'ziga ishonch va o'z-o'zini nazorat qilish kabi fazilatlarni shakllantirish uchun zarur bo'lgan psixologik mexanizmlar ba’zi hollarda e'tibordan chetda qolib ketmoqda.
Xo'sh, sportchiga musobaqalar paytida, mashg'ulotlarida o'zi bir-necha marotaba a’lo darajada uddalagan mashqlarini bajarishi uchun to'siq bo'ladigan va xalaqit beradigan qanday psixologik omillar paydo bo'ladi va salbiy ta’sir ko'rsatadi? Ular quyidagilardan iborat:

  1. Ushbu urinishning natijasi uchun o‘ta katta mas’uliyatni his etish. Aynan mana shu urinish uchun shaxsiy mas’uliyatni his etish va uni qayta takrorlash imkoniyatining yo‘q!igi, xato qilgan taqdirda bu xatoni tuzatish mumkin emasligi sportchining ko'nglida qo‘rquv uyg'otadi, bu esa sportchi mashg‘ulotlar paytida hech qachon duch kelmaydigan qo‘shimcha psixologik zo‘riqishdir;

  2. Musobaqaning eng mas’uliyatli davrida bajarilishi lozim bo'lgan urinish imkoniyati odatda faqat bir marotabagina beriladi. Shu tarzda sportchi faqat bittagina urinish bilan cheklab qo‘yiladi, u nimaga qodir bo‘lsa, faqat mana shu birgina urinishda namoyish etishi lozim, undan oldin ham emas, undan keyin ham emas, faqat mana shu urinish chog‘ida...

  3. Texnik usullarning oliy darajada bajarilishi har gal, sportchining imkoniyatlari chegarasida yuz beradi, ya’ni uni bajarish chog‘ida sportchi ma’lum darajada tavakkal qiladi, tavakkal esa-xato qiiish imkoniyatini yanada oshiradi, sportchi tavakkal qilmagan chog‘ida unda bu kabi tuyg‘u bolmaydi. Qolaversa, tavakkal qilishning o‘zi ham qo‘shimcha psixologik zo‘riqishdir. Demak, sportchi musobaqalar jarayonida mashg‘ulotda uchramagan psixologik qiyinchilikni his qiladi, tajriba shuni ko‘rsatadiki, aksariyat sportchilar ana shu psixologik zo’riqish yoki siquvni-pressingni ko‘tara olmaydilar va psixologik ishonchsiz, deb topiladilar.

Agar musobaqalar jarayonidagi muvaffaqiyat eng mas’uliyatli paytdagi birgina urinishga bog'liq bo‘ladigan boisa, ushbu psixologik holat mashg'ulotlar jarayonida ham inobatga olinishi lozim. Tayyorgarlik mashg'ulotlari har jihatdan sportchi eng mas’uliyatli musobaqalardagi chiqishlarida duch keladigan holatlarga imkon qadar yaqinlashtirilishi kerak. Sportchining psixologik ishonchliligini shakllantirishning asosini tashkil etuvchi bosh va o‘ta muhim tamoyil, bu -“Birgina urinish tamoyili” bo‘lishi kerak.
Shunday qilinganda, sportchida organizmning funksional tizimidagi muayyan o‘zgarishlar (vegetativ o‘zgarishlar, emotsional zo‘riqish darajasi, mashqni bajarishga nisbatan emotsional munosabat, irodaviy xatti-harakatlar, diqqatni jamlash va hokazolar)ni, ya’ni bu kabi psixologik stresslarga boy bo‘lgan musobaqalar jarayonida sportchi duch keladigan barcha psixofiziologik komponentlarni o'zida jam etgan ma’lum bir psixologik tartib (stereotip) shakllantiriladi.
Ikkinchidan, agar bu qo‘yilgan vazifalar ijobiy hal etiladigan bo'lsa, bu sportchidagi o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytirib, xato qilib quyishdan qo‘rquv hissini kamaytiradi.
Sportchining hal etuvchi urinishidagi butun psixologik tayyorgarligini “sindirib” qo'yishi mumkin bo'lgan tavakkal bilan bog‘liq muammoni faqat “Birgina urinish tamoyilini” amalga oshirish chog'ida hal etish mumkin. Shunday yo'l tutilganda, ya’ni sportchilar bilan “Birgina urinish tamoyili” asosida ish yuritilganda, sportchilar oldidagi bu muammo o‘z-o‘zidan olib tashlanadi, u faqat xayoliy tarzdagina qoladi. Eng muhimi, bu yerda sportchi “Tavakkal qilish huquqini” qo'lga kiritadi. Ushbu dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim omili quyidagi shartlarni bajarishdan iboratdir:

  1. ushbu dastur faqat “Psixik barqarorlik” dasturini amalga oshirgandan so‘nggina boshlanishi mumkin;

  2. ish tizimli tarzda olib borilishi zarur;

  3. sportchi faqat o‘zini texnik jihatdan ishonch bilan baja- rayotgan paytlardagina tavakkal qilish huquqiga ega bo'lishi kerak.

  1. dastur. Sportchining (jamoaning) mashqlangan holatini cho‘qqisiga olib chiqish.

Eng yuqori sport natijalarini qo‘lga kiritish uchun (biror-bir sportchi uchun) uning musobaqadagi ishtiroki paytida eng oliy darajadagi sport tayyorgarligi holatida, ya’ni pik holatida bo'lishi nihoyatda muhimdir. Bu holatga erishishda uning psixologik jihatdan tayyorgarligi ham asosiy jihatlardan birini tashkil etadi.
Ushbu muammo hal etilishining o‘ta muhimligi, yana shu bilan belgilanadiki, sportchining eng oliy darajadagi sport tayyorligi holatiga (pik holatiga) keltirilishi uning (jamoaning) muayyan musobaqadagi aniq biror-bir chiqishi bilan bog‘liq bo'ladi.
Odatda sportchi o'zining eng oliy darajadagi sport tayyorligi holatida (pik holatida) 1-2 hafta bo'ladi, shuning uchun ham bu holatga oldindan belgilangan muddatda chiqishga erishish mavsumning eng muhim musobaqalarida yuqori sport natijalarini qo'lga kiritishning asosiy shartlaridan biridir.
Eng yuqori darajadagi sport tayyorligiga ega bo'lish (Pik holati)

  • bu butun boshli tarkibiy tuzilma bo'lib uning ichiga quyidagilar kiradi:

  1. Sportchining optimal darajadagi funksional va jismoniy tayyorligi;

  2. Texnik-taktik harakatlarni deyarli avtomatik ravishda bajarish ko'nikmasi va optimal texnik-taktik tayyorlik;

  3. Mazkur sport turi uchun xos bo'lgan psixik jarayonlar darajasida optimal ishlay bilish (diqqat, xotira, tafakkur);

  4. Psixik ishchanligi qobiliyatining yuqori darajasi;

  5. Motivatsiyalar va emotsional barqarorlikning optimal darajasi. Ushbu holatlar sportchining musobaqada qatnashish istagida va o‘z kuchiga to‘la ishonch hamda o‘z-o‘zini nazorat qila olishning optimal darajasida namoyon bo'ladi;

Sport tayyorgarligining eng oliy darajasiga chiqish haqida gapirilganida sportchi (jamoa) tomonidan erishilgan texnik-taktik ko'nikmalar darajasi, shuningdek ular ega bo'lgan va ma’lum darajada barqaror funksional va texnik-taktik bazani ham hisobga olish zarurdir.
Endi, keyingi vazifa, sportchini eng oliy darajadagi psixik tayyorlik holatiga chiqarish bo'ladi.
Musobaqalarga faqat jismoniy va texnik jihatdan tayyor bo'lishning o'zi yetarli emas, bu tayyorgarliklar faqatgina optimal darajadagi psixik tayyorlikka ega bo'lgan holatlardagina yuqori natijalarni berishi mumkin. Aksariyat murabbiylar aynan sportchilarni jismoniy va funksional tayyorlash borasida ko'p ijobiy natijalarga erishganlar. Shuning uchun ham mas’uliyatli musobaqalarda sportchining muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashda murabbiylar tomonidan ularning oliy darajadagi psixik tayyorlik holatiga yetkazilishi o'ta muhimdir. Buning uchun sportchining bu darajadagi holatining psixologikjihatlarini ta’minlovchitexnologiyaga asoslangan tamoyillarni ishlab chiqish zarur bo'ladi.
Mas’uliyatli musobaqalar oddiy musobaqlardan birinchi galda, ularga jismoniy va psixik jihatdan tayyorgarlikning juda yuqori darajada bo'lishi va shu tufayli kelib chiqadigan psixik zo'riqish bilan ajralib turadi. Bu esa organizmning bir maromdagi (sinxron) ishga o'rganib qolgan funksional tizimlari shu jumladan psixologik tizimlari uchun ham bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi (L.D.Gissen, 1990; A.V.Rodionov, 1983; R.Ueynberg, D.Gould, 2001). Ammo, amaliyotda tayyorgarlik mashg'ulotlarini tashkil etish jarayonida shu narsa aniq bo‘lib qoldiki, sportchilar doim ham o‘ta muhim va mas’uliyatli musobaqalashuv jarayonlaridagi zo'riqish sharoitida faoliyat yuritishga moslashgan bo‘lavermaydilar. Buning sababi shundaki, agar tayyorgarlik mashqlari sharoitida jismoniy zo‘riqishlarni (maksimal darajada) hech bir muammosiz yaratish mumkin bo‘lsa, musobaqalar paytida paydo boiadigan psixologik bosim va zo‘riqishlarni tayyorgarlik mashqlari jarayonida hosil qilish ancha murakkabdir. Chunki psixik zo‘riqishlar musobaqalashuv motivatsiyasining muayyan darajalarida, shuningdekvahima, hayajon, muvaffaqiyatga ishonish yoki ishonmaslik, o‘z xatti - harakatlari natijasi uchun boshqalar oldida mas’uliyatni his qilish, boshqalarning va o'zining omadsizlik va omadga nisbatan munosabati kabi va boshqa ko‘plab psixologik omillarning kelib chiqishi sharoitida yuz beradi. Bular albatta mashg‘ulotlar jarayonida mavjud emas yoki qisman mavjud bo‘ladi.
Ayni shu omillar psixik zo‘riqishning u yoki bu darajasini keltirib chiqarib, musobaqada ishtirok etish chog'ida u yoki bu psixik tayyorlik holatida bo‘lishga sabab bo'ladi, ayniqsa bu musobaqaning o‘ta mas’uliyatli lahzalarida yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.
Sportchi yuqori darajadagi yoki aksincha juda past psixologik zo‘riqish ostida: vahimalilik, yoki omadsizlikdan qo‘rqish, ortiqcha hayajonlanish yoki parishonxotirlik domiga tushib qoladi. Optimal zo‘riqish darajasida esa u o‘z kuchini to‘g‘ri safarbar qila olish, sport chiqishlaridan muvaffaqiyatni kutish va o‘z-o‘zini boshqara olish holatida boiadi. Ammo ekstremal sharoitlarda ham psixik zo‘riqishning optimal darajasini hosil qilish uchun mazkur stressli musobaqa sharoitlari uchun maxsus psixologik moslashish usullaridan foydalanish zarur. Bunga esa faqat, kuchli psixologik zo'riqish ostida kishining o‘z psixik holatini boshqarish mexanizmlarini o‘zi boshqarishiga yo'naltirilgan tayyorgarlik mashqlari orqali erishish mumkin bo‘ladi.
Shu sababli ham sportchining eng oliy darajadagi psixologik tayyorgarlik holatiga olib chiqishning psixologik jihatlari asosan kuchli psixologik zo‘riqish sharoitlarida avvaldan olib boriladigan ishlarda tashkil etilmog‘i lozim. Ammo bunday holatlarda amalga oshiriladigan ishlar ortida mas’uliyat, maqom, kishida psixik

zo‘riqishni va muayyan psixologik holatlarni hosil qiluvchi psixologik omillar turishi lozim.
Garchi, tayyorgarlik mashg'ulotlari jarayonida motivatsiya jihatlarini butunlay yaratishning imkoni bo‘lmasa-da. musobaqaning (yuqorida tilga olingan) boshqa psixologik komponentlarini yaratish imkoniyati mavjuddir. Demak, tayyorgarlik mashg‘ulotlari jarayonida psixik zo‘riqishning zarur darajasi yaratilib, pirovardida u sportchiga oldinda turgan musobaqa sharoitlariga moslashish imkoniyatini beradi va shu yo‘l bilan musobaqaning eng mas’uliyatli paytlarida bu qiyinchiliklarga yuzma-yuz kelishga shay turishi uchun imkoniyat yaratadi.
Demak, sportchini eng oliy darajadagi psixologik holatga olib chiqishning asosiy tamoyili bu — Mas’uliyatli musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish chog'ida Psixik Zo'riqishni Tartiblash tamoyili hisoblanadi.
Nazariy va amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdi-ki, sportchining tayyorgarlik holati musobaqalashuv mavsumida ba’zan tushib, ko‘tarilib turadi. Binobarin, sport tayyorgarligining o‘rtacha darajasi unga erishilgandan keyingi 1,5-2 oy davomida saqlanib tursa, shu muddat o‘tganidan keyin uning pasayishi ko‘zga tashlanadi. Sport tayyorgarligining oliy darajasi, ya’ni cho‘qqi holati 1-2 haftagacha saqlanib qoladi. Sport tayyorgarligi holatiningcho’qqi darajasidan yoki tushishidagi pasayishining chiqurligi va davomiyligi murabbiyning bu pasaishni qanday rejalashtirishiga bogiiq bo'ladi. Agar murabbiy sportchining tayyorlik holatining pasayishini rejalashtirmagan bo‘lsa va uning tabiiy ravishda kelishini kutib turgan boisa, odatda bu pasayish kutilmaganda yuz beradi va yanada chuqurroq tarzda kechadi. Ushbu tushish yoki pasayish aynan psixologik tomondan boshlanishi sababli murabbiy ko'pincha shu so'zlarni takrorlaydi: “Hech tushuna olmayapman nega bu sportchi (jamoa) bunchalik natijasiz o‘yin ko‘rsatmoqda, holbuki ularning “jismoniy” va funktsional ko‘rsatkichlari joyida, lekin baribir ular yomon o‘yin ko'rsatishmoqda”. Shuning uchun ham murabbiy jismoniy va funktsional ko‘rsatkichlarning keskin pasayib ketishini kutib o‘tirmasligi, balki o‘zi oldindan ana shu pasayishni rejalashtirmog‘i kerak. Shunday qilinganda bu jarayon ancha yengil kechadi va uni boshqarish mumkin bo‘ladi va kamroq vaqtni egallaydi.
Eng yuqori sport tayyorgarligi holati (cho‘qqi holati) ga bir musobaqa mavsumida (sport turiga bog‘liq holda) 2-4 marotabagacha ko‘tarilish mumkin. Bu holatda qancha muddat turilishi yuqorida aytilgandek (1-2 hafta). Sportchini sport tayyogarligining yangi eng yuqori cho'qqisiga olib chiqish imkoniyati, uning oldingi cho‘qqi holatidan kamida 4-6 haftadan keyin yuz berishi mumkin. Shuning uchun ham yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda ishni to‘g‘ri rejalashtirish sportchini muayyan sport turi bo‘yicha eng yuqori sport tayyorgarligi holatiga olib chiqishning birinchi sharti hisoblanadi.
Ikkinchi shart psixik zo‘riqishlarni hisobga olgan holda jismoniy va funksional yuklamalarni to‘g‘ri rejalashtirish hisoblanadi.
Kuchli jismoniy zo‘riqishlardan keyingi qayta tiklanish katta hajmli va izchil ishlar amalga oshirilganidan keyingi 2 haftadan so‘ng belgilanadi va yana 2 hafta atrofida saqlanib qoladi. Shuning uchun ham psixik yuklamalarni kuchaytirib borish startgacha 3 hafta oldin boshlanadi va so‘nggi haftada ularning kuchi biroz pasaytiriladi. Shunday qilinganda sportchining jismoniy va funktsional tayyor­garligi sport psixologik tayyorgarligining eng yuqori darajasiga (cho'qqi holatiga) yetgan paytida juda yuqori darajada bo‘ladi.
Maksimal jismoniy zo‘riqishlardan (musobaqalardan) keyingi tiklanish odatda 2-3 haftani talab qiladi. Uzoq davom etgan va kuchli psixologik yuklamaga ega bo‘lgan musobaqalardan keyingi psixik qayta tiklanish esa 3 haftadan 5 haftagacha bo'lgan vaqtni talab qiladi.
Mashqlarni bajarish chog‘ida cheklash tamoyili va birgina urinish tamoyili asosida psixologik zo‘riqishlarni hosil qilish mumkin.
Ushbu dastur va texnologiyalar tizimi muayyan psixologik vazifalarni hal etish bilan birga yana bir muhim vazifani bajaradi. Ya’ni u murabbiy va sportchini ular uchun odatiy boigan shart- sharoitlarda ham, ular sportchini texnik, taktik va boshqa tayyorgarliklar bo'yicha ish olib boradigan sharoitlarda ham psixologik tayyorgarlikni rejalashtirish va amalga oshirish ishiga jalb etish imkoniyatini beradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin