Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə92/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Onglilik prinsipi. Sport tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishtirok etuvchilar psixologik tayyorgarlikning sportda erishiladigan muvaffaqiyatlarda tutadigan muhim o‘rnini anglashi, ularning psixologik bilimlardan xabardor bo‘lishlari, olz-o‘zlarini har tomonlama tahlil qila bilishlari, psixologik sifatlarni o‘z-o‘zini tarbiyalash orqali obstirish, ularni nazorat qila bilish, sportda mukammallikka erishmoq uchun doimiy ravishda turli qiyinchiliklar va to'siqlarni yengib o‘tishga duch kelishni to‘g‘ri tushunishlarini belgilaydi.
Onglilik prinsipi sportchi va sport murabbiysi tomonidan muayyan sport turiga xos boigan psixogrammani, sportchining o‘ziga xos psixologik jihatlarini izchil ravishda tahlil qilib borishni, uning psixologik tavsifnomasini doimiy tarzda tuzatib borishni, psixologik tayyorgarlik rejasini muhokama qilishni ko‘zda tutadi.
Faollik prinsipi. Sportdagi psixologik tayyorgarlik samarasi bevosita sportchi tomonidan tavsiya etilgan vositalarni, ya’ni mashqlarni mustaqil bajarishdagi faollikka bog‘liqdir. Zero, faqat shu yo‘l bilangina sportchining psixologik jihatdan rivojlanishidagi muayyan yutuqlarga erishish mumkin. Mazkur yutuqlar, agar sportchining faolligi undagi tashabbuskorlik bilan qo‘shilsa, yanada sezilarli bo'lishi shubhasiz.
Har tomonlamalik prinsipi quyidagilardan iborat:

  1. Sport faoliyatini ishonchli va mukammal ravishda bajarish uchun zarur bo'lgan barcha psixologik jihatlar psixologik-pedagogik ta’sir doirasiga qamrab olinishi lozim. Bunga sportchining shaxs xossalari, psixik, psixomotor jarayonlari va psixik holatlari ham kiradi.

  2. Psixologik tayyorgarlik, sportchini tayyorlashning boshqa barcha tomonlari, ya’ni jismoniy, texnik, taktik tayyorgarlikiari bilan chambarchas bog'liq ravishda amalga oshirilgandagina samarali bo'ladi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin