Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


’z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini iarbiyalash, o‘z-o‘zini takomil­lashtirish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə95/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

0’z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini iarbiyalash, o‘z-o‘zini takomil­lashtirish ham' psixologik tayyorgarlikning yuqorida tilga olingan vositalari bilan chambarchas bog‘lanib ketgandir. Ular bir-birining ta’sirchanlik samaradorligini to‘ldirib, oshirib turadi. O’zini sportda anglash va o‘zini sport uchun yaratishga faol intilmasdan turib, sportchilar o‘zlarida sport xarakterini tarbiyalay olmaydilar.
Shu sababli ham psixologik tayyorgarlikning samarasi tarbiya o‘z

  • o‘zini tarbiyalash bilan qo‘shib olib borilganda yanada yuqoriroq bo‘ladi. O’z - o‘zini takomillashtirish esa asosan sportchi shaxsinig ijobiy xususiyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

  1. Psixologik tayyorgarlikda individual yondoshuv

Individual yondoshuvning mohiyati shundan iboratki, o'rgatish va mashg‘ulotlar olib borishning biror-bir uslubi, agar u insonning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olmasdan amalga oshirilar ekan, zinhor kutilgan natijalarni bermaydi. .
Tayyorgarlikni individuallashtirishning aniq va muayyan vazifalari — insonning barcha potensial imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, uning xarakteridagi o‘ziga xoslikni va temperamentni, konkret vaziyatlardagi psixik holatni, oldiga qo‘yilgan maqsad va hal etadigan vazifalarini inobatga olgan holda unga ta’sir ko‘rsatishning eng maqbul yo‘llaridan foydalanishdan iboratdir.
0’quv-mashg‘ulot va tarbiyaviy ishlarni individuallashtirish darajasi har xil bo'lishi mumkin. Birinchidan, hammaga bir xildagi tenglashtiruvchi yondoshuvni qo‘llash imkoniyatining mavjudligi. Albatta, bunday vaziyatda individuallashtirishning darajasi nolga teng bo‘ladi. Ikkinchidan murabbiy o‘z qo‘l ostidagilarning har biri bilan individual, ularning pedagogik ta’sirga nisbatan reaksiyasini har tomonlama mukammal o‘rganish asosida ham ish olib borishi mumkin. Bu yerda individuallashtirishning yorqin namunasini ko‘rishimiz mumkin. Nihoyat, uchinchidan sportchilarni ulardagi umumiy jihatlarga ko‘ra alohida guruhlarga ajratib ham shug‘ullanish mumkin. Bu turlarga (yoki tipik o‘xshashliklarga) ko‘ra individuallashtirish deyiladi.
Sportchilarni o‘rgatish va tayyorlashda tipik xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratib individuallashtirish alohida e’tiborga loyiqdir. Ana shunday uslubni qo‘llab, ya'ni sportchining shaxsiy xususiyatlarini qadrlab, ularni muayyan tiplarga ajratib ish yuritish orqali maxsus psixologik adabiyotlarda taqdim etilgan amaliy tavsiyalardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Ayni shunday ishni olib borish uchun mutaxassis-psixologlardan ham aniq maslahat va tavsiyalarni olish mumkin.

Biroq individual yondoshuvga ham “sajda qilish” yaramaydi, ya’ni uni sportchilarni tayyorlashdagi bosh va asosiy ish uslubiga aylantirish juda ham ma’qul emas. Zero, sportchilarning psixologik tayyorgarligini avvalo jamoa ichida va jamoa bilan birga amalga oshirish maqsadga muvofiq. Individual yondoshuv bilan bir qatorda tafovutli yondoshuv haqida ham gapirish lozim bo‘ladi. Bunda sportchilarning bir-birlaridan turli jihatlariga ko'ra tafovuti, ya’ni farqlariga, masalan: jinsi, yoshi, ma’lumoti, tajribasi va hokazolarga ko‘ra ajratib, ish olib borilishi nazarda tutiladi. Tafovutli yondoshuv mohiyatan individual yondoshuvni taqozo etadi. Biroq mazkur masala hozircha u qadar chuqur tadqiq etilmagan. Shu sababli ham tafovutli yondoshuvni tavsiflash uchun zarur bo'lgan eng umumiy ma’lumotlarni keltirish mumkin (A.V.Rodionov).

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin