Sport tajribasi. Tajribasiz yoki sportga endigina qadam qo‘yayotgan sportchilar, odatda jamoa orasida alohida e’tiborga, yuqori darajada sekundirlashga, umumiy psixologik tayyorlashni batafsil va yanada aniqroq rejalashtirishga, hamda har bir musobaqada taktik harakatlarga muhtoj boladilar. Zero, ular eng kam ijtimoiy himoyaga ega boladilar, (ular o‘z jamoalarida, sport kollektivida ma’naviy qollab-quvvatlanishga eng kam umid qiladilar) o‘zlariga bildirilayotgan munosabatni, tanbehlarni, ko‘rsatma va o‘rgatishlarni va hokazolarni juda og‘riqli tarzda qabul qiladilar. Shu sababli ham bunday sportchilarni tarbiyalashda murabbiyning asosiy vazifasi - sportchida o‘zlariga nisbatan ishonchni va o‘z sha’nini, izzat-nafsini baland tuta bilish tuyg‘usini yuqori darajada shakllantirishdan iborat. Bu sifatlarni shakllantirishda ularni qo‘llab- quvvatlash, rag‘batlantirish, individual suhbatlashish, tajribasizlarga yuqori malakali sportchilar tomonidan maxsus tavsiyalar berish asosida amalga oshirish mumkin. Bunga quyidagi misol juda ibratli bo‘lishi mumkin. Basketbochilar jamoasiga yangi o‘yinchi kelib qo‘shildi. U oliy liga klubiga ilk bor qabul qilinganligi uchun yuqori malakali sportchilar bilan birga o‘ynash tajribasiga ega emas edi. Tajribali o'yinchilardan biri, o‘zining qiziqqonligi va o‘ta his-hayajonga beriluvchanligi tufayli, yangi o'yinchining har bir noto‘g‘ri xatti- harakatidan xato topib, yosh o‘yinchini, lapashanglikda, xomlikda ayblab, “chaqib olaverdi”. Bu holat yangi, yosh o'yinchiga zulm o‘tkazgandek ta’sir ko‘rsatdi. Uning jamoaga ham, jamoadagi sheriklariga ham ko'nikishi nihoyatda qiyin kechdi. Natijada, bu masalaga murabbiy aralashishiga to‘g‘ri keldi. Sport murabbiysi, har bir basketbolchi bilan alohida suhbat qildi. Yosh va yangi o‘yinchiga u, atrofdagilarning tanbehlariga u qadar e’tibor bermasigini, “baqiroq” ammo tajribali o'yinchining baqirib-chaqirishi uning o'zidagi jizzakilik va hovliqish kabi nuqsonlarining ifodasi ekanligini tushuntirdi. Ikkinchi sportchiga esa uning boshqalarni haqorat qilishga haqqi yo‘qligi, bu yosh o'yinchining axloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytdi. Natijada, murabbiyning o‘ta ta’sirchan va sermazmun suhbati har ikki sportchiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.