Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə96/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Jinsiy tafovutlar. Odatda kishilar orasida erkaklar ayollarga nisbatan sportga moyilroq, yoki uquvliroq degan, fikr keng tarqalgan. Haqiqatan ham erkaklar o‘z tabiatiga ko‘ra, ayollarga nisbatan sport jangu jadallarida ishtirok etishga moyilroq, ularda raqobatlashuv hissi yuqori, ular turli o'yinlarda, kurashlarda ko'proq raqobatbardosh, izzattalab, faol va tashabbuskordirlar. Ularning kuchli charchoq va bosimlar sharoitidagi faoliyat asnosida turli zo‘riqishlarga ko‘proq chidamli ekanligi to‘g‘risida ham alohida gapirib o‘tish joiz. Qolaversa, erkaklar, taassurotlarga u qadar beriluvchan emas, har narsaga ham xafa bo‘lavermaydilar, janjalkashlikdan, turli ta’sirlarga berilishdan ham nisbatan holidirlar.
Ayollar ham o'z navbatida sport faoliyati talablariga muvofiq keladigan muayyan ijobiy sifatlarga egalar. Masalan, ayollar zargarlardek sinchkovlik, aniqlik, ziyraklik talab etiladigan xatti- harakatlarni bajarishda erkaklarga nisbatan yuqoriroq natijalarni ko‘rsatishga qodirlar, ular bir xil va uzoq vaqt davom etadigan monoton harakatlarga dosh berishda ham erkaklardan ancha ustun, qolaversa ular erkaklarga qaraganda ancha intizoml i bo'lishadi. Ammo ayollar jamoada ancha muammoli. janjalkash bo'ladilar, murabbiylar tomonidan o'zlariga doimiy e’tiborni talab qiladilar, doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadilar. Yutqazishlar, turli ruhiy tushkunlik lahzalarida ularning sabr-chidami yetishmaydi, ularning affekt holatlarida, ya’ni o‘z xatti-harakatlarini boshqara olmaydigan holatlarida isterik reaksiyalar tez-tez va kuchliroq uchrab turadi.
Yoshga oid tafovutlar. Yuqori natijalar sportida bugungi kunda o'spirin yoshidagi (16-18 yosh) va hatto o‘smir yoshidagi (12-15 yosh) sportchilarda ham juda ko‘p uchraydi. Bu yoshda hali inson shaxs sifatida kamolga yetmagan bo‘ladi: uning ongi, dunyoqarashi, intellekti hali to‘la shakllanmagan, fikrlari, munosabati, qarashlari, intilishlari, hayotiy pozitsiyasi, qiziqish va manfaatlari, ehtiyojlari, ma’naviy qiyofasi va hokazolari yetarli darajada shakllanmagan boiadi.
Ammo shunday bo‘lsa-da, ba’zan yoshgina sportchilar ham olamshumul yutuqlarni qo‘lga kiritishlari kuzatiladi. Bu o‘sayotgan organizmning va rivojlanayotgan shaxsning (hozirgacha yetarli darajada o‘rganilmagan) nihoyatda katta jismoniy va psixologik zaxirasidan dalolat beradi. Biroq, yosh sportchilarda, odatda aksariyat hollarda shu narsa kuzatiladiki ular hali o‘zlari bajarayotgan mashqlarning qanchalik qaltis ekanligini va o‘zlari erishayotgan yutuqning ijtimoiy mas’uliyatini har doim ham to‘la idrok etavermaydilar. Bu esa qaysidir ma’noda ularning kuchli psixik zo‘riqishlarni u qadar teran his etmasliklariga sabab boiadi. Odatda, yosh sportchi hamma masalada o‘z sport murabbiysiga ishonadi. Shu sababli ham uning barcha xatti-harakatlari, uning tayyorgarlik jarayonida qollaniladigan shakl va vositalar, yuklamalarning intensivligi va hajmi alohida sinchkovlik bilan o‘ylab chiqilishi lozim. Zero shundagina, sportchi ularni to‘g‘ri qabul qiladi va aniq amalga oshira oladi. Albatta, yosh sportchi o‘z tayyorgarligi jarayoniga juda kam o‘zgartirishlar kiritadi, ba’zan esa umuman kiritmasligi ham mumkin. Shu boisdan ham o‘smirlardan iborat jamoaga rahbarlik qilishda odatda, avtoritar uslubdagi rahbarlik (albatta uning eng yaxshi ijobiy jihatlarini o‘zida jamlagan namunasi) ayni muddao bolib, samarali natijalarni berishi kuzatiladi. .

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin