Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə68/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Tezlik bo'yicha tayyorgarlik mashqlari psixik funksiyalarga juda katta talablarni qo'yadi. Ma’lumki, tezlik — juda murakkab jismoniy sifatdir. Uning tarkibiga 3 ta elementar jihailar kiradi, ular: avvaldan ma’lum bo'lgan qo'zg'atuvchiga javoban harakatni boshlash uchun talab qilinadigan eng kam vaqt, (oddiy sensomotor reaksiyasi), bitta harakatni bajarish uchun kerak bo'ladigan eng kam vaqt, harakatlarning maksimal chastotasi. (V.M.Zatsiorskiy) Tezlikning bu uchala tarkibiy qismlari bir-biriga mutlaqo tobe emas, balki har biri alohida va mustaqildir. Bir qator tadqiqotlarning ko'rsatishicha, reaksiyaning yashirin (latent) davri tayyorgarlik mashqlari ta’siri ostida qisqarmaydi. Ammo sportda reaksiya yashirin davrining motor komponenti, ya’ni - qo'zg'alish harakatiga kerak bo'ladigan vaqt singari muhim ahamiyat kasb etadi. Tezlikning ushbu elementini mashqlantirish mumkin.
Harakatlarni bajarishdagi tezlikni mukammallashtirish uchun psixologik asos bo'lib, birinchi galda vaqt mikrointervaHarini nozik farqlay olish qobiliyati hisoblanadi. Masalan, sprinter (yuguruvchi) startdan “chiqish” uchun tashlaydigan ilk qadamiga bor yo'g'i 0,3 soniya sarflaydi. Ushbu ko'rsatkichni, karnaytirish, aytaylik, masalan,

  1. 1 soniyagacha qisqartirish masalasi qo'yiladi. Ushbu muammoni, sportchilar avvaldan aniq miqdorlangan nurli yoki tovushli signallar vositasida 0,3 soniya vaqt intervalidan, 0,2 soniya vaqt intervalini farqlashga o'rgatib borilgan bo'lsa, vazifani juda tez va bemalol uddalash mumkin.

Ikkinchidan, sportchida muayyan ko'rsatmani shakllantirish ham psixologik asoslardan biri bo‘lib hisoblanadi. Startni kutish chog'ida ikkita bir-biridan farq qiluvchi ko'rsatmalar bo'lishi mumkin: birinchisi-sensorik ko'rsatma: beriladigan signalni qabul qilishga tayyor bo'lib turish, ya’ni o'z diqqatini ayni signalga qaratish va motor ko'rsatmasi, ushbu xohish harakatni -imkon qadar tezroq boshlashga bo'lgan tayyorgarlikdan iboratdir, ya’ni bor diqqatni oldinda turgan qo'zg'alishni yuzaga keltiruvchi xatti-harakatlarga qaratish. Ushbu ikki ko'rsatmadan sportchiga tezligining namoyon bo'lishi uchun ko'proq motorik ko'rsatma ta’sir etadi. Shu boisdan uni yaxshi shakllantirish kerak.
Xatti-harakatlarning maksimal chastotasini mukammallash- tirish uchun psixologik omil bo'lib, vaqtning mikrointervallarini va ularga tegishlicha tarzda (tezlik) ko'rsatmalarini qayta esga tushirish, idrok etishni aniq qabul qilish ham xizmat qiladi. Bulardan tashqari, sportchining ortiqcha mushak zo'riqishlaridan o'zini xalos etishi (mushaklarning tezda bo'shatilishi, ularning tez qisqarishiga sabab bo'ladi), o'zida zaruriy emotsional qo'zg'alishni hosil qila olish va saqlab tura olish ko'nikmasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ortiqcha emotsional qo'zg'alish ham sportchidagi tezlikning namoyish etilishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Demak, sportchilarda tezlikni oshirish bo'yicha tayyorgarlik jarayoni ularning o'z ichki holatlarini mustaqil ravishda tartiblash- larini taqozo etadi.
Sportchilarda kuchni mukammallashtirish jarayoni maqsadga qat’iy intilish, qat’iyat, matonat kabi irodaviy sifatlarni talab etadi. Bu sifatlar, ayniqsa, sportchilar kuchini rivojlantirish uchun unchalik katta bo'lmagan og'irliklarni ko'tarish orqali bajariladigan mashqlarni ko'p marta takroran uddalashlariga to'g'ri keluvchi jarayonlarda nihoyatda zarur bo'ladi. Sportchilar imkoniyatlari chegarasiga yaqin yoki ular imkoniyatlari chegarasidagi og'irliklar bilan bajariladigan “portlash” xarakteridagi mashqlarni bajarish chog'ida ulardagi jasurlik, diqqatni jamlay olish, o'zidagi bor imkoniyatlarini safarbar qila bilish sifatlari asosiy ahamiyat kasb etadi. Sportchilardan maksimal kuch-quvvatini talab etuvchi mashqlarni bajarish chog'ida

ular barcha qo‘zg‘atuvchilarni unutishlari, hatto mazkur mashqni bajarishning qiyinligi, xavfliligi, uni bajara olmasligi mumkinligi, bajarish paytida xatogayo‘l qo‘yish mumkinligi haqida o‘ylamasliklari kerak.
Bu borada ularga diqqatni oldinda turgan qo‘zg‘alish harakat- idagi asosiy komponentga qaratish, har tomonlama tayyorlik paytidagina, o‘z jismoniy kuch-quvvatlarini, irodaviy zo‘r berishlarini to‘la namoyish etish imkoniyatini beruvchi emotsional qo‘zg‘algan paytidagina mashqni bajarishga kirishish sifatlari yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, ulardan o‘z ichki holatlarini mukammal boshqara olishlari talab etiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, nafaqat musobaqalashuv faoliyatining natijaviyligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida, balki samarali ravishda jismo­niy tayyorgarlik ko‘rish uchun sportchi o‘z ichki his-tuyg‘ularini, psixik holatlarini o‘zi mustaqil tartiblash usullarini va yo‘llarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin