Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


SPORTDAGI TEXNIK TAYYORGAR- LIKNING PSIXOLOGIK ASOSLARI



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə71/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

SPORTDAGI TEXNIK TAYYORGAR- LIKNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

  1. Sportchining texnik tayyorgarligi va uning psixologik xususiyatlari to‘g‘risida umumiy tushuncha

Sport musobaqalarida sportchining zaruriy texnik tayyor- garligisiz muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. Mazkur sport turining tarkibiga kiruvchi xatti-harakatlarni bajarar ekan, (belgilangan masofaga yugurish, joyidan sakrash va yugurib kelib sakrash, turnikda yoki parallel brusslarda gimnastik kombinatsiyalarni bajarish, disk yoki nayza uloqtirish, basketbol o‘yinida to‘pni savatga tushirish, futbolda raqib darvozasini nishonga olish, boksda raqibga zarba yetkazish yoki raqib tomonidan berilayotgan zarbaga nisbatan himoya choralarini ko‘rish, muqim turgan yoki harakatdagi nishonga aniq o‘q otish va hokazolar), sportchi bu harakatlarni bajarish uchun eng yaxshi natijaviy harakat va usullardan foydalanishi kerak. Ana shunday to‘g‘ri usullarning majmuasi ushbu sport bo‘yicha texnikani tashkil etadi.
Sportchini texnik tayyorlash deyilganda muayyan sportlarda texnik usullarni egallash va ularni takomillashtirishdan iborat pedagogik jarayon tushuniladi.
Sport harakatlarining texnik usullari har xil sport turlarida turlicha psixologik struktura, ya’ni tuzilishga ega bo'ladi. Ayrim sport turlarida, masalan, gimnastikada bu xatti-harakatlar garchi ularni bajarish sportchidan juda katta jismoniy kuch ishlatishni talab etsa-da, o‘z elementlarining nihoyatda yuqori darajada muvofiqlashtirilganligi, ulardagi uyg‘unlik va go‘zallik bilan ajralib turishi, yengil bajarilishi va tashqi tomondan qaralganda hech bir zo‘riqishlarsiz ado etilishi zarur.
Bunda sportchilarning diqqat-e’tibori o‘z xatti-harakatlarini texnik jihatdan to‘g‘ri bajarishga qaratiladi. Bunga esa ulardagi propriotseptiv, muskul-harakat va vestibulyar sezgilarning yuqori darajadagi rivojlantirilishi natijasida erishiladi. Tashqi predmetlarning o'ziga xosligini idrok etish, o‘z vaqtida va aniq ravishda ularga nisbatan reaksiya bildirish gimnastika texnikasida 2-darajali, yordamchi ahamiyatga ega (tayanib sakrashda parallel brusslardan sakrab tushishda gimnastika uskunasini (snaryadini) idrok etish).
Yakka kurashlar va sport o‘yinlari kabi sport turlaridagi sport harakatlari texnikasining psixologik tuzilishi mutlaqo boshqacha ko‘rinishga ega. Bu yerda texnikaning eng asosiy elementi bo‘lib tashqi muhit bilan o‘ta nozik ravishda o‘zaro aloqada boiish xizmat qiladi: texnik uslublar (raqibni aldab o‘tish, koptokni o‘z sheriklariga uzatish, yaqin va uzoq masofadan turib raqibga zarba berish va hokazolar) ular hali tugallanmagan, shakllanmagan holda ham ko‘p jihatdan tashqi muhit bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni sportchini o‘z vaqtida va aniq reaksiya bildirishga majbur qiladigan qo‘zg'atishlarga bog'liq bo'ladi. Bunday sport turlarida texnikaning eng muhim va asosiy psixologik elementi tashqi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan bildiriladigan reaksiya jarayonlari, ularning yuqori tezligi va aniqligi hisoblanadi. Shu sababli ham bu sport turlarida sportchining harakatlarini to‘g‘ri muvofiqlashtirish o‘z-o‘zidan emas, balki sport kurashida yuzaga kelgan vaziyatlardagi muhim o‘ziga xosliklardan ogoh etuvchi qo‘zg‘alishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

  1. O’quv jarayonida jismoniy mashqlar texnikasini bilish va egallash

Nutq - manuqiy tafakkur t; Tuyguiai orqali bilish
(sc7gilai. idroklai) f

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin