Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Haiakatlar tiztinnii > o'rganish jarayoni



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə72/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Haiakatlar tiztinnii > o'rganish jarayoni

Sportda jismoniy mashqlar texnikasini o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. Jismoniy mashqlar texnikasini bilish o'ta murakkab jarayondir. 1-sxemaga qarang.
Jismoniy
mashqlar
texnikasini
o’rgatish
psixologiyasi

  1. sxema. Jismoniy mashqlar texnikasini bilish jarayoni

Sxemadan ko'rinib turganidek, jismoniy mashqlar texnikasini bilish jarayoni psixologik nuqtai nazardan muayyan mashqlar tarkibiga kiruvchi xatti-harakatlar tizimi va ular orasidagi o‘zaro aloqadorlik qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Bu fikr mashqlarning shakliga ham, mazmuniga ham bir xilda tegishli. Mashqlar texnikasini o'rganish — ularni amalda egallashning zaruriy shartidir. Bu o'rganish birinchi galda tuyg‘ular orqali, ya’ni sezgi va idroklar orqali bilishdan iborat.
Bu jarayon mashqning bajarilishini o‘qituvchi yoki boshqa sportchilar tomonidan tomoshabin sifatida qabul qilish, mashqning kinogrammalari yoki video yozuvlarini ko'rish paytida amalga oshadi. Biroq, mashqni amalda bajarishga kirishilganda, bu bilishlar endi kinestezik yoki mushak sezgilari va o'z tanasining harakatlarni vaqt va fazoda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishini idrok etishga asoslanadi.
O’z tanasining harakatlarini his qilish va idrok etish tuyg'ulariga asoslangan holda inson ularni bajarish jarayonida o‘z harakatlanish faoliyatini boshqarish, o'z-o'zini boshqarishni o‘rganadi. Biroq, buning uchun harakatlarni faqat tuyg‘ular orqali o‘rganishning o‘zi kamlik qiladi. Atoqli olim P.F.Lesgaftning yozishicha, mushaklar faoliyatiga bog'liq sezgilar tahlil va taqqoslashlar yoii bilan aqliy ishga aylanishi kerak. Demak, o‘rganilayotgan mashqni bajarish texnikasinio'rganish uchun, balki umuman harakat qilish faoliyatining qonuniyatlari va xususan o'z faoliyatining o'ziga xos jihatlarini chuqurroq va kengroq tushunishni o‘rganish uchun tuyg‘ular nutq va mantiqiy tafakkur bilan birlashishi zarur (1-sxemaga qarang).
Xatti-harakatlarni boshqarishning aniqligi, izchilligi va ishonchliligi bir qator psixik jarayonlar amalga oshirilishining darajasi va o‘ziga xosligiga bog'liq bo'ladi. Bularga psixomotor reaksiyalar, ko'rish, eshitish, taktil (teri orqali) va ayniqsa mushak- harakat sezgilari, idroklar, tasavvurlar, tafakkur, diqqat va hokazolar kiradi.
Mazkur psixik jarayonlar xatti — harakatlarni boshqarishning sifati va ishonchliligini takomillashtirish mumkin bo'lgan bazaga, ya’ni sportchilarning texnik tayyorgarligini o'stirish bazasiga aylanadi.
Shuning uchun ham har bir muayyan sport turidagi faoliyati uchun xarakterli bo‘lgan o'ziga xos xatti—harakatlarni boshqarishda ishtirok etuvchi psixik jarayonlarni maqsadli ravishda, individual tarzda takomillashtirish texnik tayyorgarlikning psixologik asosi bo‘lib xizmat qiladi (2-sxemaga qarang).

Ixtisos- lashtirilgan idroklar (vaqtm idrok, to'pni idrok qiiish)

/ Diqqat

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin