Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə80/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Reaksiyaning motor tipi. Sportchining diqqati reaksiyaning dastlabki davrida javob harakatini tayyorlashga yo'naltirilganligi bilan xarakterlanadi. Albatta, bunda bosh miya qobig'ining harakat markazlari kuchli qo‘zg‘algan boiadi, ayni paytda miyaning boshqa uchastkalarida, shu jumladan eshitish analizatorining miyadagi so'nggi qismda ham tormozlanish yoki sezilarli sustlashish kechayotgan boladi (11-rasm). Shu tufayli ham sportchi o‘ta tezkor va kuchli javob harakatini namoyon etishga to‘la tayyor bo‘ladi.

\
a
I



  1. rasm. Motor tipidagi oddiy reaksiyaning sxemasi.

Dastlabki davrda harakatlanish markazlari qo‘zg‘algan bo'ladi, buning oqibatida signalga javoban qilinadigan xatti-harakatlar o‘ta tez va yengil amalga oshiriladi. Biroq signal (idrok etish markazlarining bo‘shashganligi sababli) aksariyat hollarda noaniq qabul qilinadi, bu esa o‘z navbatida reaksiyadagi xatoliklarni keltirib chiqaradi.
Signal qo‘zg‘atuvchisining javob harakatini amalga oshiruvchi eshitish analizatorida boshlangan qo'zg‘alish, (hatto miya qobig‘ining tegishli qismidagi eng past darajadagi qo‘zg‘alish jarayonida ham) eshitish analizatorining miyadagi oxirgi qismiga tezda ko‘chib o‘tadi va u yerdan assotsiativ markazlarga o‘tadi, zero bu qo‘zg‘alishlar izchil mashqlar tufayli odatiy holga aylanib, unga nisbatan asab jarayonlarining dinamik stereotipi ishlab chiqilgandir. Mazkur qo‘zg‘alish birlashtiruvchi neyronlar orqali miya qobig‘ining harakatlantiruvchi qismiga yetib borsa, u yerda bu qo‘zg‘alishlar javob harakatlarining avvaldan tayyorlab qo'yilgan “asab formulalari”ni topadi, natijada tegishli harakat impulslari bir lahzada harakatlanish a’zolari tomon intiladi.

Shu sababli ham yashirin davrning motor lahzalari nafaqat juda tez, balki ayni paytda juda kam energiyani sarflash orqali ham kechadi (sensor tipdagi reaksiyaning tamoman aksi o‘laroq, bunda harakatlanish markazlarining inertligini yengib o‘tish uchun qo'shimcha energiya, ya’ni kuch-quvvat sarflanmaydi). Shu boisdan motor tipidagi reaksiyalar eng tezkor reaksiyalar hisoblanib, ularning latent davri o'rtacha hisobda 100-125 sigma davom etadi. Ammo aksariyat hollarda ularda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo'yish holatlari kuzatiladi, xususan bu hoi start signalini idrok etish va javob harakatini amalga oshirishda namoyon bo'ladi. Javob harakati ba’zan startga aloqasi bo'lmagan qo'zgatuvchiga javoban, ularni signal o'rnida qabul qilib falstart ro'y beradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin