8
qilingan va qilinayotgan kashfiyotlar fizikaning qo‘llanilish
doirasini yanada kengaytirmoqda.
Tabiiy bilimlar ichida fizikaning o‘rganadigan sohasi keng
qamrovlidir. Fizikaning har bir o‘rganilgan yangi
qonuniyatlari jamiyat rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonimizda ham fizika fanini
rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Bu ishlar bilan, asosan, O‘zbekiston
Fanlar akademiyasiga
tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy o‘quv yurtlari
olimlari shug‘ullanadi. Mexanik hodisalar bilan Mexanika
va inshootlar seysmik mustahkamligi,
issiqlik hodisalari,
elektronlarga bog‘liq fizik jarayonlari bilan Fanlar
akademiyasining Ion-plazma va lazerlar texnologiyasi hamda
Fizika-texnika institutida ishlar olib borilmoqda. Yorug‘lik
hodisalariga doir ishlar «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab
chiqarish birlashmasida o‘rganilmoqda.
Bundan tashqari,
fizikaning amaliy tatbiqi sifatida «Kibernetika» ilmiy-ishlab
chiqarish birlashmasida bozor iqtisodiyoti sharoitida
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun yangicha
boshqaruv usullari, modellari
va axborot texnologiyalari
yaratish bilan shug‘ullanilmoqda.
Hozirgi kunda jamiyat rivojlanishini fizika fanining
yutuqlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun uni
o‘rganish insonning ilmiy dunyoqarashi o‘zgarishiga olib keladi.
Uning intellektual rivojlanishini rag‘batlantiradi,
eng qiziqarli
mashg‘ulotiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: