Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat uninersiteti


Nanofizika asoslari kursining maqsad



Yüklə 62,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü62,92 Kb.
#208076
1   2   3   4   5
xrpt 2tlpmd4th5s56hg3cavzdo9t12l8cnr584jk8d5e8m04vfuyggmjvk4lceiet20ptj2rmvvk0vd (1)

1.2. Nanofizika asoslari kursining maqsad
va vazifalari
Nanofizika asoslari – tanlov fanlarning biri bo‘lib, u
nanotuzilmalar, ularda yuz beradigan fizik hodisalarni
o‘rganadi. Nanotuzilmalarda sodir bo‘ladigan hodisa va
jarayonlar ma’lum qonunlar asosida ro‘y beradi. Bu hodisalar
va ularning qonuniyatlari orasidagi bog‘lanishni o‘rganish har
bir fanning asosiy vazifasidir. Ma’lumki, klassik fizika, asosan,
tabiatda ro‘y beradigan, jumladan, jismlarning o‘zaro ta’siri
va ularning harakat qonunlari, elektromagnit va yorug‘lik bilan
bog‘liq hodisalar, atom va uning yadrosini o‘rganadi. Biroq
nanoo‘lchamli tuzilmalarda ham turli fizik hodisalar yuz berishi
mumkin. Bunday hodisalarni o‘rganishda fizika fanining aniq
chegarasini hozirgi vaqtda ko‘rsatish qiyin. Chunki har bir yangi


8
qilingan va qilinayotgan kashfiyotlar fizikaning qo‘llanilish
doirasini yanada kengaytirmoqda.
Tabiiy bilimlar ichida fizikaning o‘rganadigan sohasi keng
qamrovlidir. Fizikaning har bir o‘rganilgan yangi
qonuniyatlari jamiyat rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonimizda ham fizika fanini
rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Bu ishlar bilan, asosan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga
tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy o‘quv yurtlari
olimlari shug‘ullanadi. Mexanik hodisalar bilan Mexanika
va inshootlar seysmik mustahkamligi, issiqlik hodisalari,
elektronlarga bog‘liq fizik jarayonlari bilan Fanlar
akademiyasining Ion-plazma va lazerlar texnologiyasi hamda
Fizika-texnika institutida ishlar olib borilmoqda. Yorug‘lik
hodisalariga doir ishlar «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab
chiqarish birlashmasida o‘rganilmoqda. Bundan tashqari,
fizikaning amaliy tatbiqi sifatida «Kibernetika» ilmiy-ishlab
chiqarish birlashmasida bozor iqtisodiyoti sharoitida
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun yangicha
boshqaruv usullari, modellari va axborot texnologiyalari
yaratish bilan shug‘ullanilmoqda.
Hozirgi kunda jamiyat rivojlanishini fizika fanining
yutuqlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun uni
o‘rganish insonning ilmiy dunyoqarashi o‘zgarishiga olib keladi.
Uning intellektual rivojlanishini rag‘batlantiradi, eng qiziqarli
mashg‘ulotiga aylanadi.

Yüklə 62,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin