Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi


Amaliy mashg’ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə38/64
tarix23.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#120177
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti maktabgacha ped

Amaliy mashg’ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg‘ulotlar quyidagi mavzular bo‘yicha o‘tkaziladi.

1.Komparativistik pedagogika fani haqida umumiy tushuncha.


2.Komparativistik pedagogika fanining taraqqiyot bosqichlari.
3.Komparativistik pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati.
4.Jaxon mamlakatlarida ta'lim taraqqiyotining ayrim masalalari.
5.Yevropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya masalalarining olib borilishi va Komparativistik tahlili


Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Seminar mashg‘ulotlarda talabalarda Komparativistik pedagogikaga doir bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi.


Seminar mashg‘ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
1.Jaxon mamlakatlarida ta'lim taraqqiyotining ayrim masalalari.
2.Yevropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya masalalarining olib borilishi va Komparativistik tahlili
3.Osiyo mamlakatlarida ta’lim-tarbiya jarayonining o`ziga xos xususiyatlari va ularning Komparativistik tahlili
4.Rivojlangan davlatlarda ta'lim-tarbiya tizimi va Komparativistik tahlili.
5.Markaziy Osiyo davlatlarida ta’lim-tarbiyaning o’ziga xosliklari


Ta'lim muassasalarida tarbiyaviy amaliy mashg’ulotlarni o’tkazuvchi tarbiyachilarga uslubiy tavsiyalar.

Ta'lim muassasalarida amaliy mashg’ulotlarni tayyorlash va o’tkazish. Amaliy mashg’ulotlarda talabalar nazariy materiallarni mustahkamlaydi. Bunda yakka tartibda, guruh va jamoaviy shakllardan foydalanish tavsiya qilinadi. Amaliy mashg’ulotlarda talabalarning erkin va ijodiy fikrlashiga sharoit yaratish muhim.




Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
“Komparativistik pedagogika” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglab, nazariy bilimlarga ega bo’ladi. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarda tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uyga vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, talabalarning dars jarayonida olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzularni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza mashg’ulotlarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har bir dars mashg’ulotlarida amalga oshiriladi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin