Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


o’zaro suhbatlarda o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə56/325
tarix29.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#78123
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   325
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

o’zaro suhbatlarda o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar;

  • bolalar birgalikda, yig`ilganlarida bir-birilari bilan do’stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o’quv materiallarini o’zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o’rganadilar2.

    Burhoniddin Zarnuji (XII asr) «Bilim olish yo’lida o’quvchiga maslahatlar» nomli o’zining ilmiy asarida dars olib borish bo’yicha tavsiyalar beradi. Uning ko’p yillik dars o’tish tajribalari asosida mazkur ilmiy asar yaratilgan va XX asrgacha o’ziga xos pedagogika darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida foydalanilib kelingan. Asarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi yoziladi. O’qituvchi maktabda darsga tushinish va o’zlashtirish mumkin bo’lgan o’quv materiallarini tanlab olishi, darsda o’rganiladigan materiallarni tushuntirib berishi kerak. O’quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda o’zlashtirilsin. Shuning uchun u katta matnlarni qismlarga bo’lish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi3.
    _________________


    1Avesto. Qadimgi Sharq adabiyoti. - Moskva, MDNM, 1984, - 352-b.
    2Rahimov S.R. Abu Ali ibn Sinoning psixologik-pedagogik qarashlari. — Toshkcnt, O’qituvchi, 1978, - 103-bet.
    3Анатомия педагогической мысли Узбекистана. — Москва, 1986.

    XVasrdajamoalio’qitishnitashkiletishg`oyasiniMuhammadTarag`ayUlug`bekdavomettiradi. Mutafakkiro’ziningmadrasalaridaindividualmashg`ulotlartiziminibekorqiladiva «jamoa» sinf-darstizimigayaqinbo’lganshaklinijoriyqiladi. Umumiyma`ruzani50—70 nafarkishidaniboratkattaguruhgaodatda, o’zsohasidamashhurbo’lganolimmudarris (o’qituvchi-professor) o’qiydi, amaliymashg`ulotlarniesa10—15 kishidaniboratkichikguruhdakichikmudarris (o’qituvchi) olibboradi. O’qitishningmuhimmetodlarimunozaravatortishuvlarhisoblangan. Samarqandmadrasasidama`ruzalarniallomaningo’zivaQozizodaRumiy, MavlonoMuhammad, AliQushchi, AvazKirmanikabivaboshqamashhurolimlaro’qiganlar. MuhammadTarag`ayUlug`bekvauningizdoshlaritomonidanmatematika, metafizika, astronomiya, geografiya, tarixfanlaridanyangidarsliklaryaratildi, budarsliklaroddiyvatushunarlishakldayozilgan. Lekin «jamoa» usulidahamo’ziningsalbiytomonlaribo’lgan. JamoausulidaXXasrmaktabidamashhurbo’lganguruhli- laboratoriyametodidabo’lganikabio’zlashtirishniindividualxususiyatihisobgaolinmagan. Yaxshio’zlashtirmaganba`zishogirdlarhamilg`orlarqatoridabirqo’llanmanio’rganishdanboshqasinio’rganishgao’z- o’zidano’tavergan, keraklibilimniegallayolmaganholdamadrasanibitiribchiqadilar1.


    Individual-guruhlishakliningmazmunimashg`ulotlarnio’qituvchibiro’quvchibilanemas, balkitayyorlikdarajasiturlichabo’lganturliyoshdagibolalarguruhibilanolibborishidaniboratedi. O’qituvchi navbat bilan har bir o’quvchidan o’tilgan materialm so’raydi, yangi savollarni tushuntiradi, mustaqil ishlash uchun individual topshiriqlar
    beradi, qolgan bolalar o’z ishlari bilan shug`ullanadilar. O’qishni bunday tashkil etishda, bolalar mashg`ulotlarga yilning turli davrlarida hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari mumkin bo’lgan.
    XV va XVI asrlar davomida, Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi. Ushbu o’zgarishlar bolalarga ta’lim berishning ommaviv shakli yuzaga kelishiga zamin yaratdi.
    Ulardan biri bolalarni guruhli (jamoali) ta’lim sanaladi. U G`arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g`arbiy qismlari) birodarlik1 maktablarida ilk bor qo’llanilgan va o’qish sinf-darsli shaklining asosi bo’lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan «Buyuk didaktika» asarida nazariy jihatdan
    ________________________
    1M.Toxirov. Mirzo Ulug`bekning pedagogik qarashlari. — Toshkent, Fan, 1984.

    asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga o’quv yili, o’quv kuni, dars, mashg`ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta`tillari kabi tushunchalarni kiritdi. Quyosh it yulduzlari turkumida bo’lganida bolalarni dam olishga yuboradilar («ta`til» lotinchada — kunlarning eng qizigan davri deganini bildiradi).


    Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada, bugungi kunda ham keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda.
    Sinf-dars tizimining mazmuni o’quv ishlarini tashkil etish o’ziga xos shakli sifatida, quyidagilardan iborat:

    • bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo’lgan o’quvchilar sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda o’qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoladi;

    • sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida, doimiy dars jadvali bo’yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo’ladi;

    • mashg`ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;

    • dars odatda bir fan yoki mavzuga bag`ishlangan bo’ladi, shu bois o’quvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;

    • darsda o’quvchilarning ishiga o’qituvchi rahbarlik qiladi, u o’z fani bo’yicha o’qish natijalari, har bir o’quvchini alohida bilimini baholaydi va yil oxirida o’quvchini keyingi sinfga o’tishi haqida qaror qabul qiladi.

    Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantiriladi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi.
    K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog`langan quyidagi uchta qismini ajratib ko’rsatadi:

    1. ilgari o’rganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni amalga oshirish va o’quvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadliko’rsatmani yaratishga qaratiladi. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go’yoki «eshik» hisoblanadi.

    2. asosiy masalani hal etishga yo’naltiriladi va darsning muhim, markaziy qismi hisoblanadi.

    3. amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratiladi.


    Yüklə 1,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   325




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin