Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta'siri



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə241/325
tarix29.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#78123
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   325
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

3. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta'siri
Odamlarning mehr-oqibati, bir-birlariga nisbatan o'zaro hurmat e'tiborda bo'lishlari o'zaro muomala jarayonida namoyon bo'ladi. Xalqimizda azaldan muloqot salomlashish madaniyatidan boshlanadi. Salomlashish turli xalqlarda har xil amalga oshiriladi. Xalqimizda salomlashish axloqlilikning yuksak namunasi sifatida e'tirof etilib, uning negizida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shu millatning ruhiy xususiyatlari, o'zaro munosabatlarining ma'naviy asoslari, bo'lajak muloqotning xarakteri, o'zaro hamkorligi aks etadi. "Qur'oni Karim"da salomlashish odobi musulmon ahlining qat'iy majburiy burchi tarzida bayon etiladi: "Ey mo'minlar, o'z uylarin-gizdan boshqa uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad ushbu eslatmadan ibrat olsangizlar"(24.27), (24.61).
Ajdodlarimizning madaniy va ma'naviy merosi, ular yaratgan so'z, xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda mu-him ahamiyat kasb etadi. Bu o'rinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Hisrav Dehlaviy, Abu Hamid G'azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa'diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G'arb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ'ib qilingan. Ular so'zni va nutqni ta'lim-tarbiyada ilohiy ne'mat va hikmat deb bilishgan hamda har bir so'zning o'z o'rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so'z-dan kuchliroq va qudratliroq narsa yo'qligini, tilga e'tibor - elga e'tibor ekanligini, so'z sehri mo"jizalar yarata olishini ta'kidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va shogirdlarning samimiy muloqoti jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning o'nta nishonasi borligini alohida ta'kidlashgan:
- birinchisi: xalq to'g'ri deb topgan narsaga noto'g'ri deb qaramaslik;
- ikkinchisi: yoshlikdan o'z nafsiga erk bermaslik;
- uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik;
- to'rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo'yish;
- beshinchisi: agar gunohkor uzr so'rasa, uzrini qabul qilish va kechirimli bo'lish;
- oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish;
- ettinchisi: doimo el g'amini eyish;
- sakkizinchisi: aybini tan olish;
- to'qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo'lish;
- o'ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo'lish. Muloqot Sharqona tarbiyada axloq ko'rki sanalgan. Muallim har bir
o'quvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan o'zaro muloqotida namoyon boiishini uqtirishgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot - azaldan insonlar o'rtasidagi o'zaro aloqa vositasi bo'lgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. Shuning uchun ham til - aloqa quroli sifatida ta'riflanadi.
Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega bo'lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro'-e'tibor topadi. Ko'p gapirish hech qachon kishiga obro' keltirmaydi. Shuning uchun ham o'tmishda yashab o'tgan mutafakkirlarimiz tilga, aytiladigan har bir so'zga hurmat bilan, o'ylab yondashish lozimligini uqtirib o'tganlar. O'qituvchi "so'z aytishdan awal, har daqiqada so'z ortidan keladigan oqibatlarni o'yla"shi (IP.Pavlov) kerak. Alisher Navoiy o'z adabiy meroslarida muomala madaniyati, xushmuomalalik, timing ahamiyati to'g'risida, shirinso'zlik haqida noyob fikrlarni bayon qilgan. Bygungi kunda ham bu fikrlar o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. "Til shirinligi - ko'ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali, Shirin so 'z sof ko 'ngillar uchun acal kabi totlidir" - deydi alloma.
O'quvchilar nutqini o'stirishda o'qituvchining til boyligi muhim ahamiyatga ega: bir tomondan, shirin tillilik o'quvchilarni o'qitish va tafakkurini rivojlantirishning muhim omili bo'lib hisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o'qituvchining til boyligi nutqining obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo'lishini ta'minlaydi, natijada o'quvchi diqqatini o'ziga jalb etadi. Zotan, til va nutqning teranligi, o'qituvchining mahoratini, ma'naviy boyligini, o'qituvchilik qobiliyatining qay darajada ekanligini ifodalaydigan oichov, ko'rsatkich hisoblanadi. Amerikalik taniqli shoir Rolf Emerson: "Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur qiladi" deydi. Sharq mutafakkirlari ijodida til va nutq vositalari orqali notiq, voiz, badihago'y, qissaxon kabi maxsus san'at ahillari va mudarrislar diniy, ta'lim-tarbiyaviy, islomiy aqidalarni ommaga singdirishgani, pand-nasihatlar qilishgani bayon etiladi. Ushbu nutq sohiblari keng qamrovli bilimga, boy axborotga ega bo'lishgan.
Alisher Navoiy "Voiz olimning o 'zi awalo halol ish ko 'ruvchi bo 'li-shini, lining nasihatidan chiqmaslikni" o'z asarlarida bayon etgan. Shuning uchun til shirinligi va notiqlik san'ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir o'qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas'uliyati xicoblanadi. Ta'lim-tarbiya jarayonida nutqning ta'sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O'qituvchining tili,nutqiy qobiliyati o'quvchilarning o'zlarini tuta bilishlariga, xulq-atvori va fikr yuritishlariga ulkan ta'sir etuvchi kuchli vositalardir. O'qituvchining "til boyligi va notiqlik san'ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan" (A.P.Chexov). Uning his tuyg'usi, intilishlari, iroda va e'tiqodi nutqida aks etadi. O'qituvchi til boyligi bilan o'quvchilarda xursand-chilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g'azablanish, nafratlanish hissiyotlarini uyg'otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun o'qituvchi "tilning xalq o 'tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita" (K.D. Ushinskiy) ekanligini unutmasligi kerak.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin