Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika
SHaxs va jamoa o’rtasidagi munosabatlar. Yuqorida bildoirilgan fikrlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin: 1. Jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi bo’lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan, umumiy maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirishgayo’naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Jamoa o’zida bir necha xususiyat (belgilar)ni namoyon etadi. 2. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo’ysinadigan, uzoq muddatli, murakkab dinamik jarayon bo’lib, ko’pchilik pedagoglarning ehtirof etishlaricha, to’rt bosqichli jarayonda qaror topadi. 3. Jamoani shakllantirish o’ziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo’yilishi jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir. Jamoaning mustahkam bo’lishi ahzolari o’rtasida o’zaro yordam, hamkorlikning qaror topishida jamoa anhanalari muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. «Jamoa» so’zining mahnosini tushuntiring. 2. «Jamoa orqali tarbiyalash» deganda nimani tushunasiz? 3. Jamoaning tuzilishi necha qismdan iborat bo’ladi? 4. Jamoani tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 5. «Jamoaning rivojlanish bosqichi» deganda nimani tushunasiz? 6. «O’quvchilar jamoasi» tushunchasini izohlab bering. 7. Jamoaning shakllanish tamoyillarini jadvalda ko’rsating. 8. Jamoaning rivojlanish bosqichi necha qismdan iborat bo’ladi? 9. Jamoani tashkil etishning ma hnosini tushuntiring. 10. Istiqbol deganda nimani tushunasiz? 11. Jamoaning faoliyatiga qo’yiladigan talablarga nimalar kiradi? 12. «Jamoa anhanalari» deganda nimani tushunasiz? 13. SHaxs vajamoa o’rtasidagi munosabatni izohlang. 14. SHaxs vajamoa o’rtasidagi munosabatlar shaklini chizmada ko’rsating. Yüklə 1,52 Mb. Dostları ilə paylaş: |