Quyish sexlari, domna va prokat ishlab chiqarish mutaxassislari. Ular xomashyoni tayyorlash, metallarni silliqlash, ularni qoliðga solish va kesib, tozalash operatsiyalarini atrofni o‘rab turgan havo haroratining keskin o‘zgarishi paytida, har xil shovqin va umumiy tebranishlar sharoitida bajaradilar. Bu kasb egalari texnologik jarayonni vizual va instrumental kuzatib, mashina va agregatlarda ishlaydilar.
Shu bois, ushbu kasb egalari quyidagi sifatlarni o‘zlarida tarkib toptirgan bo‘lishlari kerak:
chaqqonlikning yuqori darajasi, yaxshi rivojlangan muvoza-natni saqlash va vestibulyar turg‘unlik, atrofni o‘rab turgan havo haroratining keskin o‘zgarishiga chidashni;
irodaviy sifatlarning yuqori darajasi — jasurlik, jasorat, qat’iyatlikni;
yurak qon-tomir va nafas olish hamda asab tiziminingyaxshi holatini.
Zamonaviy domna va prokat ishlab chiqarishining mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi ishchilar va muhandistexnik xodimlarning mehnatini yengillashtirdi.
Kemada suzuvchilar tarkibidagi ishchilarning jismoniy mehnati ham avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashning o‘sishi bilan kamaymoqda.
Dengizchilar mehnati va turmushida yetishmayotgan harakat faolligi jismoniy mashqlarga katta e’tiborni talab qiladi. Shuning uchun dengizchilarga suzish, sho‘ng‘ish, suvga sakrash, eshkak eshish va boshqalar bilan ko‘proq shug‘ullanish zarur bo‘ladi. Chaqqonlik va harakat koordinatsiyasi, tezkorlik va sezgirlik harakati, ya’ni reaksiyalar aniqligi, chayqalishga chidamlilik, o‘zgaruvchan iqlim va haddan tashqari issiqlikka moslashish kabi zaruriy jismoniy sifatlar dengizchilarda tarkib topgan bo‘lishi kerak.
Fuqarolik aviatsiya xizmati mutaxassislarining mehnat sharoiti ham o‘ziga xosdir. Mexanik va radistlar yil davomida ochiq havoda har xil ob-havo sharoitida ishlaydilar. Ularning barcha faoliyati, asosan, 15 metr balandlikda, chegaralangan tayanch maydonida (narvonda) o‘tadi. Ishchi holati bir xil va noqulay (cho‘kka tushib o‘tirib, bukilgan holatda, qo‘llari yuqoriga ko‘tarilgan va hokazo), uzoq vaqt zo‘riqish bilan o‘tadi. Smena davomida muhandislar, texnik xodimlar, rahbarlar ko‘p yuradilar. Shuning uchun ularning mehnat sharoiti har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni, asosiy muskul guruhlari kuchini, ayniqsa, maxsus chidamlilikni, uzoq vaqt davomida o‘ziga xos ishlarni bajara olish ko‘nikmasini, egiluvchanlikni talab qiladi.