muloqotga do‘stona, iliq ohang baxsh etish, bolani o‘z
oldiga
tqazish, bolaning xatolariga ortiqcha e’tibor bermaslik, sinov
su r’a tla rin i bolaning in d iv id u al—psixologik xususiyatlariga
moslashtirish zarur.
Bola bilan o‘tkazilayotgan eksperiment uzoq davom etmasligi,
unga eksperiment jarayonida o‘zgarishlar kiritmaslik kerak. Odatda
eksperimentda tadqiqotchidan tashqari eksperiment bayonnomasini
to‘ldiruvchi shaxs ham ishtirok etadi.
Eksperimentning yana ikki turi-aniqlovchi
eksperiment va
sh ak llan tiru v ch i ek sp erim en t ham farqlanadi. A niqlovchi
eksperimentda bola psixik taraqqiyotiga xos muayyan xususiyatlar
qayd etiladi. Masalan, o ta -o n a la r o‘rtasidagi nizolarnng bola
emotsional holatiga ta’sirini aniqlash mumkin. Buning uchun nizoli
oilada voyaga etayotgan bolalami aniqlash va ulaming emotsional
holatini o ‘rganish hamda olingan natijalami
boshqa bolalaming
natijalari bilan solishtirish kerak bo‘ladi. Solishtirish natijalari shunday
hodisa-ota-onalaming o‘zaro nizosi va bola emotsional rivojlanishi
o‘rtasida aloqadorlik mavjudligini ta’kidlaydi.
Shakllantiruvchi eksperimentda sinaluvchiga faol ta’sir ko‘rsatilishi
oqibatida unda ro‘y beradigan o‘zgarishlar aniqlanadi. Masalan, ota-ona
o‘rtasidagi munosabatlaming yaxshilanishi bola emotsional holatga qanday
ta’sir ko‘rsatishini aniqlash mumkin. Buning uchun ota-onasi o‘rtasidagi
munosabat yaxshilangan bolalar emotsional sohasiga xos xususiyatlar
bilan ota-onasi o‘rtasidagi munosabat nizoli bo‘lib qolayotgan bolalar
emotsional xususiyatlarini o ‘zaro solishtirish yoki bolaning awalgi
emotsional xususiyatlari bilan keyingilarini o‘zaro qiyoslash kerak.
Shuningdek, ayrim hollarda nazorat eksperimenti ham farqlanadi.
Bu eksperiment ko‘p jihatdan aniqlovchi eksperimentga o‘xshab
ketadi. Uni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad faol ta’sir ko‘rsatilgan
guruhdagi o ‘zgarishlarda aynan ta’siming roli qanday bo‘lganini
aniqlashdan iborat. Buning uchun faol ta’sir ko‘rsatilgan
guruh
bilan hech qanday ta’sir ko‘rsatilmagan nazorat guruhining natijalari
o‘zaro solishtiriladi. Agar o‘rtadagi farq ancha sezilarli bo‘lsa, demak,
birinchi guruhdagi o‘zgarishlarga aynan o ‘tkazilgan ta’sir sabab
bo‘lgan degan xulosaga kelinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
So‘rov.
So‘rov —tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita
o ‘zaro muloqoti davomida birlamchi verbal axborot yig‘ishga
yo‘naltirilgan metod. So‘rov anketa yoki intervyu shaklida o ‘tkazilishi
mumkin. Anketa yordamida so‘rov o‘tkazilganda sinaluvchi yozma
savollarga, intervyuda esa og‘zaki savollarga javob qaytaradi.
So‘rov quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
1. “Epigraf”. Bunda sinaluvchining fikrlari muayyan yo‘nalishga
solinadi, sinaluvchilar savollarga javob berishga undaladi.
2. “Ko‘rsatma”. Bunda sinaluvchiga so‘rov jarayonida savollarga
qanday javob qaytarish, undan olingan m aium otlar nima maqsadda
ishlatilishi haqida m aium ot beriladi.
3. “So‘rovga moslashish”. Bunda sinaluvchi savollarga javob berishga
yo‘naltiriladi, unda o‘ziga nisbatan ishonch hosil qilinadi, u bilan
o ‘zaro ishonchga asoslangan munosabat o‘matiladi, unda savollarga
o ‘zing xoxlaganday javob qaytarish mumkin,
degan taasurot hosil
qilinadi. Buning uchun so‘rovda dastlab emotsional-neytral, oson,
umumiy savollar beriladi.
4. “Maqsadga erishish”. Bunda zarur boigan asosiy m aium otlar
qoiga kiritUadi. Buning uchun ushbu bosqichda tadqiqotchi uchun
ham, sinaluvchi uchun ham muhim boigan savollar beriladi.
5. “Zo‘riqishni bartaraf etish”. Bunda so‘rovdagi masalalar va
savollar xususida, butun so‘rov jarayoni haqida yig‘ilgan hissiyotlar
bartaraf etiladi. Buning uchun
soTov
so‘ngida nisbatan oson, ijobiy
emotsional
savollar berilishi, masalan, sinaluvchining ijtimoiy
demografik xususiyatlari haqidagi savollar berilishi mumkin.
Sinaluvchiga beriladigan savoUar bir-biridan alohida va ajralgan
emas. Ular yaxUt bir zanjiming halqalaridir. So‘rovdagi bir savol
keyingisi bilan bogiiq holda idrok etiladi. Shu tufayli quyidagi
holatlaiga so‘rov jarayonida alohida e’tibor berish lozim:
1. Bir savol va unga beriladigan javob keyingi savoUarga beriladigan
javoblarga ta’sir o‘tkazmasligi kerak.
2. Muayyan savoldan keyingi savol umuman boshqa mavzularga
o ‘tib ketgan bo‘lmasligi, bir savoldan boshqasiga o‘tishda mavzu
keskin o‘zgartirilmasligi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Savollaming tashqi ifodalanishi sinaluvchilami u bilan ishlashga
jalb eta olishi kerak (simmetrik to ‘g‘ri bo‘lishi, yozuv yoki og‘zaki
murojaat orqali beriladigan savollar chiroyli va tushunarli bo‘lishi
zarur).
4. Sinaluvchilaming individual xususiyatlari va so‘rovning uzunligi
bir-biriga mos bo‘lishi (masalan, ota-onalar bilan so‘rov o‘tkazishda
5-6 savoldan iborat kichik anketalardan foydalanish) zarur.
5. So‘rov so‘ngida sinaluvchiga minnatdorchilik va tashakkur izhor
etilishi — “Javoblaringiz uchun tashakkur”, “Yordamingiz uchun
rahmat” kabi ifodalaming keltirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: