Go‘dak bola yoshiga to‘lguncha juda ko‘p harakatlami o‘zlashtirib oladi. Bolaning qiladigan turli-tuman harakatlari orasida qo‘l harakatlari psixik taraqqiyot uchun muhim bo‘lgan harakatlardir. To‘rt oylik bola narsalaiga qo‘l cho‘zadigan bo‘ladi, ammo u hali o‘zining q o i harakatlarini idora qila olmaydi. Bola besh oylik bo‘lgach, narsalarni ushlab, uni paypaslab, timirskilab ko‘radigan boiadi. Bolaning q o i harakatlari atrofidagi narsalarni bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalami paypaslab, timirskilab ko‘rish orqali ulaming ayrim xususiyatlarini bilib oladi. Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borishi juda katta rol o‘ynaydi. Bola olti oylik boigach, mustaqil o‘tira oladigan boiadi. Bola o ‘tira boshlagandan so‘ng uning nazar doirasi kengayib, unda yangidan-yangi taassurotlar paydo boiadi. Bola ko‘z o ‘ngida yangi taassurotlaming paydo boiishi idrok, diqqat, xotira kabi psixik jarayonlaming rivojlanishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz oylik boigach yana bir murakkab boigan harakatni, yani emaklashni boshlaydi. Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati kattadir. Emaklay boshlagach, bolaning atrofidagi narsalar bilan munosabatda boiish imkoniyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan- yangi narsalami taniy boshlaydi. Bolani hamma narsa qizitiradi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda bu yoshdagi bolalar biror narsaning qopqogini ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning q o i muskullarini mustahkamlaydi va narsalaming turli xossalarini bilib olishga yordam beradi. Og‘ir kasallikka uchramay, jismoniy jihatdan sogiom o‘sgan