Bog‘cha yoshidagi kichik bolalarda ko‘proq obrazli xotira rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ular eshitgan narsalariga nisbatan ko‘rgan narsalami yaxshi eslarida olib qoladUar. Uning asosiy sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalaming idroklari konkret obrazli xarakterga ega. Ikkinchidan, ularda hali nutq, to‘la -to ‘kis shakllanmagan. Bolalar yuqori guruhlarda nutqni anchagina egallab olganlaridan keyingina so‘z bilan ifodalab olingan narsalami esda yaxshi olib qoladigan bo‘ladUar. Bolalar juda ko‘p narsalami asosan turli o‘yin faoliyatlari davomida eslarida olib qoladUar. Shuning uchun ulaming esda olib qolishlari ko‘pincha epizodik va tasodifiy xarakterga ega bo‘ladi, bu esa eslarida olib qolingan narsalami ma’lum bir sistemaga solishni qiyinlashtiradi. Shu tufayli bolalaming xotiralaridagi narsalar tartibsiz, bir-biri bUan aralashib ketadi. Natijada biron narsani esga tushirishlari qiyin bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar xotirasiga xos bo‘lgan tartibsizlikni yo‘qotish va xotirasini o‘stirish juda ko‘p jihatdan tarbiyachilarga bog‘liqdir. Tarbiyachi bolalami esda olib qolishlari lozim bo‘lgan materialni ulaming yosh xususiyatlariga mos qilib tanlashi kerak. Bolalar xotirasini mashq qildirishda turli mazmunli o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Umuman, www.ziyouz.com kutubxonasi
bolaning materialni esda olib qolishini va qayta esga tushirishini tarbiyachi doimo boshqarib borishi zarur. Chunki bog‘cha yoshidagi bola xotirasining barcha tiplari o ‘sa boshlaydi. Biroq shu narsa xarakterliki, xotiraning asosiy turlari orasida (masalan, obrazli, mexanik, mantiqiy kabi) harakat xotirasi nisbatan kuchliroq