bayon etiladi, o‘rganish uchun tavsiya qilinuvchi adabiyotlar ro‘yxati taqdim etiladi, kurs muddatlari va tashkiliy shakllari aniqlashtiriladi. 2. Axborot ma’ruzasi. Bunday turdagi ma’ruzada talabalarga tushunish va eslab qolish talab etiluvchi ilmiy axborot bayon etiladi va tushuntiriladi. Axborot ma’ruzasi oliy maktab amaliyotida eng keng tarqalgan ma’ruza turidir. 3. Umumiy ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruza muayyan kurs yoki uning ma’lum qismi yuzasidan egallangan bilimlami umumlashtirish, www.ziyouz.com kutubxonasi
ushbu sohada qilingan ishlami xulosalash maqsadida qo‘llanadi. Unda egallangan bilimlaming umumiy nuqtalari esga olinadi, o‘iganilgan masalalar va muammolar qisqacha bayon etiladi. Mazkur ma’ruzada alohida savollar va masalalar batafsil muhokama qilinmaydi. 4. Muammoli ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruzada yangi bilimlar talabalarga muammoli savollar, masalalar va vaziyatlami hal etishni taklif qilish orqali shakllantiriladi. Bunda talaba va o ’qituvchi hamkorlikda o‘ziga xos tadqiqot ishini amalga oshiradi — qo‘yilgan muammoli masalani echish orqali yangi bilimlami berish va egallashga erishiladi. 5. Vizuallashtirilgan ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruzada o‘quv materiali o ‘qitishning texnik vositalari ( 0 ‘TV), ya’ni audio- videotexnika orqali vizual shaklda taqdim etiladi. Ma’ruza o‘qituvchining ko‘rsatilayotgan vizual materiallami izohlab, sharhlab borishi bilan amalga oshiriladi. 6
. Binar ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruzada o‘quv materiali ikki o ’qituvchining (yoki ikki xil ilmiy maktab olimining, yoki o‘qituvchi va talabaning) dialogi orqali etkaziladi. 7. Awaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza. Bunday turdagi