Bola ayrim so‘zlarga tushuna boshlagach, kattalar bilan ko‘proq aloqada boiishni xohlaydi. Ana shundan foydalanib, bola bilan imkoni boricha ko‘proq munosabatda boiishga, uning nutqini o‘stirishga harakat qilish lozim. Buning eng oson y o ii bola bilan mashg‘ul boigan paytda unga eng sodda so‘z elementlarini to‘g‘ri ayta bilishni o ‘rgatishdir. Chunonchi, kuchukning rasmini ko‘rsatib “mana, vov-vov”, mushukning rasmini ko‘rsatib, “mana, miyov- miyov”, xo‘roz yoki tovuqning rasmini ko‘rsatib, “mana ku-ku” deyish kerak. Bunda bolalar “vov-vov”, “miyov-miyov”, “kuk- ku” kabi so‘z elementlarini ravon talatTuz qilishga o‘rganadilar. Bundan tashqari 9-10 oylik bolalarga o ‘z tana a’zolarining nomlarini ham o ‘rgata boshlash kerak. Bolaga — “mana bumi”, “mana og‘zi”, “mana ko‘zi”, “mana qoshi”, “mana q o ii” deb bir necha marta takrorlab ko‘rsatilgandan keyin, bola o ‘z a’zolarining nomini aytish bilan ularni birin-ketin ko‘rsatadigan b o iad i. Keyinchalik bolalarda ana shunday sodda so‘zlarni umumlashtirish qobiliyatini ham o‘stirish kerak. Bolaga “oyingning www.ziyouz.com kutubxonasi
ko‘zi qani” , “qo‘g‘irchoqning burni qani”, “akangning q o ii qani?” kabi savollar berilsa, bola a’zolarni to‘g‘ri ko‘rsatishga o ‘rganadi. Bola dastlabki paytlarda tilga tushuna boshlashi katta odamlaming talaffuz intonatsiyalari va bolaga ko‘rsatib qiladigan ishora harakatlariga bogiiq boiadi. Shuning uchun hali yoshiga toim agan bolalar har bir so‘zni shu so‘z orqali ifodalangan konkret narsalar bilan b ogiay olmaydilar. Boshqacha qilib aytganda, yoshiga etmagan bolalarda ayrim so‘zlarni tushunish hali ikkinchi signal darajasiga (ya’ni signalning signali darajasiga)